Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni


Maxsus moliya-kredit muassasalari



Download 246,5 Kb.
bet5/5
Sana19.02.2023
Hajmi246,5 Kb.
#912672
1   2   3   4   5
Bog'liq
Banklar va bank tizimi Reja

6. Maxsus moliya-kredit muassasalari

Maxsus moliya-kredit muassasalariga sug’urta kompaniyalari, lizing va faktoring bo’yicha maxsus moliya muassasalari, kredit uyushmalari, jamg’arma banklari va boshqa turdagi moliya-kredit muassasalari kiradi.


O’zbekiston Respublikasining «Sug’o’rta faoliyati to’g’risida»gi (2002 yil, 5 aprel) qonunning 3 moddasiga binoan «Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar tulaydigan Sug’urta mukofatlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqyea (Sug’urta xodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga Sug’urta shartnomasiga muvofiq Sug’urta tovonini (Sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini ximoya qilish tushuniladi.
Sug’urta faoliyati deganda Sug’urta bozori professional ishtirokchilarining Sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi.
Jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki Sug’urta korxona va aholi mablag’larini markazlashtirish va ularni xo’jalik oborotiga jalb etishning samarali instrumenti hisoblanadi.
O’zbekistonda Sug’urta ishini shakllanishi ikki yo’nalishda, ya’ni Gosstrax tizimini takomillashuvi va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib yangi Sug’urta kompaniyalarini tashkil etish yo’lidan bordi. Respublikada 1993 yilda «Sug’urta to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1994 yildan «O’zbekinvest» milliy kompaniyasi tashkil etildi, xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikni qullab-quvvatlash bo’yicha «Madad» Sug’urta agentligi to’zildi. Chet el investisiyalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan ximoyalash bo’yicha o’zbek-amerika «UZ-AIG» kompaniyasi to’zildi.
1997 yildan mamlakatda davlat Sug’urta tizimida islohatlarga kirishildi. Bunda O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi qoshidagi Sug’urta davlat bosh boshqarmasi zaminida «O’zagroSug’urta» davlat aksioner Sug’urta kompaniyasi to’zildi. Shu yilning o’zida «Kafolat» va O’zagroSug’urtaga Gosstrax ning shaharlardagi barcha majburiyatlari berildi.
1997 yilning fevralida «O’zbekinvest» eksport-import milliy kompaniyasiga aylantirildi (eksport shartnomalari va tijorat banklari kreditlarini Sug’urtalash bo’yicha).
Keyinroq «O’zagroSug’urta» qishloq xo’jaligini Sug’urtalash bilan, «Kafolat» - shaxar joyidagilarni Sug’urtalash bilan shug’ullangan.
Xozir respublikada 21 Sug’urta tashkiloti mavjud bo’lib, ularning 9 tasi aksioner jamiyatlari hisoblanadi. 4 tasida davlat mulki mavjud. Umuman O’zbekistonda to’zilayotgan Sug’urta kompaniyalarining muassislari bo’lib banklar va boshqa Sug’urta kompaniyalari hisoblanadi. Banklar 75% Sug’urta tashkilotlari muassislari tarkibiga, 25% Sug’urta kompaniyalari muassislari tarkibida chet el investorlari hisoblanadi.
«Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga binoan Sug’urta quyidagi sohalarga bo’linadi:
- Xayotni Sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning xayoti, sog’ligi, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarni Sug’urta qilish. Bunda shartnoma bo’yicha Sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi).
- Umumiy Sug’urta (shaxsiy, mulkiy Sug’urta, javobgarlikni Sug’urta qilish, hamda hayotni Sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa Sug’urta turlari).
O’zbekiston Respublikasi Sug’urta tashkilotlarini jami ustav kapitali 2004 yilning boshiga 10,3 mlrd. so’mni tashkil etadi yoki 1997 yildagidan 2,3 barobar ko’p.
Xozirgi qonunchilikka ko’ra respublikada Sug’urta faoliyati davlat nazoratini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoshidagi Sug’urta nazorati davlat inspeksiyasi olib boradi. Uning faoliyati 1999 yil fevralidan boshlangan.
Respublikamizda Sugurta bozorining rivojlanishiga kuyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
- aholining past Sug’urta madaniyati (ishonchning kamligi, axborotning kamligi)
- ko’pchilik aholining Sug’urta mahsulotlarini sotib olish uchun pulining yo’qligi.
Shaxsiy Sug’urtaning rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- sog’liqni saqlash tizimini taraqqiy etmaganligi, xizmatlar bahosini yuqoriligi;
- shaxsiy Sug’urtaga pul qo’yishni rag’batlantirilmasligi.
O’zimizda hali ayrim Sug’urta mahsulotlariga o’tilgan emas. Jumladan, Yaponiyada ayollar uyda, ko’chada yoki transportda ta’qib qilinganida Sug’urta asosida yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash mumkin.
Buyuk Britaniyada boy erkaklar Sug’urta kompaniyalariga bo’lajak xotinlaridan Sug’urta qilishni so’rab murojaat qilishmoqda, qaysilar nikohdan keyin sevimli xotindan uni schyotidagi pul bilan, mulki bilan qiziqadigan yomon ayolga aylanishi mumkin.
Buyuk Britaniya fuqarosi 26 yoshli Nikol Djouns chiroyli bo’lmay qolishdan o’zini Sug’urta qildirgan. Bu shartnomani u o’zining Eri Simonni tug’ilgan kuniga taqdim etgan. Buni uchun ayol Sug’urta kompaniyasiga yiliga 200 funt to’laydi. Ayoldagi o’zgarishlarni 10 kuruvchidan iborat komissiya aniqlaydi, chunki uning eri ham kuruvchi.
Amerikalik rokon-rol qo’shiqchisi Tina Terker ma’lum so’mmaga barcha tana qismlarini – ovozini 3,2 mln. $ ga, oyog’ini 3 mln. $ ga, kukragini 790 mln. $ ga va barcha a’zolarini 8 mln. $ ga Sug’urta qildirgan.
Umuman O’zbekistonda ham talabdan kelib chiqib Sug’urta mahsulotlari turini yanada rivojlantirish lozim.
Kredit kooperativlari o’zaro yordamning tashkiliy-xuqiqiy shakli sifatida dastlab Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo’jalik va kredit kooperativlari shaklida tashkil topgan.
XX asr boshida Yevropa kredit kooperativlari AŠSh, Kanadada taraqqiy etib, Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi.
O’zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo’lib 2002 yil 4 aprelda «Kredit uyushmalari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi.
Qonun 30 moddadan iborat bo’lib uning 3-moddasiga ko’ra – «Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng xuquqli a’zolik asosida to’ziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e’tirof etiladi».
Kredit uyushmalarini davlat ruyxatidan o’tkazish ularga lisenziya berish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunning 7-moddasiga binoan kredit uyushmasi a’zolarining soni 50 tadan kam bo’lishi mumkin emas. Kredit uyushmasining ustavi uning ta’sis xujjatidir. Kredit uyushmasi a’zolari pay badallarining umumiy so’mmasi ustav fondi hisoblanadi. Ustav fondi faqat pul mablag’laridan shakllantiriladi va uning eng kam miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Kredit uyushmasining yuqori boshqaruv organi bo’lib uyushma a’zolarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi.
Kredit uyushmasi kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra, ixtiyoriy ravishda, lisenziya bekor qilinganda va uyushma bankrot deb e’lon qilinganda (28-modda) tugatiladi.
Kredit uyushmalarining tijorat banklaridan asosiy farki katta foyda olish emas, balki o’z a’zolarining biznesini rivojlantirishga past foizda kredit-moliya yordami ko’rsatish. Uning kreditlaridan foydalanishni rasmiylashtirish oddiy tushunarli hisoblanadi.
O’zbekistonda 2005 yilning oxirida 23 ta kredit uyushmalari mavjud bo’lib ular jumlasiga Xazina va Sherdor (Samarqand), Ishonch (Jizzax), Lastochka (Navoiy), Marvel va Tayanch (Namangan), Buxoro tadbirkori va Umid (Buxoro), Madadkor (Andijon), Baraka va Taraqqiyot (Toshkent viloyati) va boshqalarni kiritish mumkin.
Samarqandning «Sherdor» kredit uyushmasi O’zbekistondagi birinchi kredit uyushmasi hisoblanadi. Ushbu kredit uyushmasi 2002 yilda to’zilgan bo’lib uni 4300 a’zosi mavjud.

Kredit uyushmalarining asosiy maqsadi odamlar o’z faoliyatini rivojlantirib o’z farovonligini oshirishni o’zlashtirsin. Bu borada xalkda «Agar och qolganga baliq sovg’a kilsang yaxshi ish qilgan bo’lasan, agar sen uni baliq tutishga o’rgatsang ikki barobar ko’p ish qilgan bo’lasan» degan ibora mavjud.


Shu jihatdan kredit uyushmalari kichik tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham kredit uyushmalari butun dunyo bo’ylab rivojlanishga ega. Bu kredit uyushmalarining jahon tashkiloti (Wossi) ni mavjudligi bo’lishi ham ahamiyatli. Bu tashkilot 30 yillar oldin to’zilgan bo’lib unga 90 mamlakatdagi 32 ming dan (112 mln. a’zosi bilan) ortiq kredit uyushmalari kiradi. Uni kredit uyushmalarinin rivojlantirish bo’yicha bir loyihasi O’zbekistonda ham amalga oshirilmoqda.
2003 yilni sentyabrida Beshkek shahrida ushbu xalqaro kredit uyushmasi boshchiligida «Markaziy Osiyoda barqaror kredit uyushmalarini to’zish to’g’risida» birinchi xalqaro konferensiya o’tkazildi.
Ќar yilni 20 oktyabrida xalqaro kredit uyushmalari kuni utkaziladi. Bu kun 1948 yildan beri nishonlanadi. Ќozir ushbu xalqaro tashkilotga (Wossi) 96 mamlakat a’zo.
O’zbekistonda 2005 yilning sentyabriga kredit uyushmalarining jismoniy va yuridik shaxslardan a’zolar 27 000 ni tashkil etadi.
O’zbekiston kredit uyushmalarining aktivlari 6,5 mlrd. so’mni, kredit portfeli 5,8 mlrd. so’mni, depozit va pay badallari 5,8 mlrd. so’mni tashkil etadi.
2005 yilning iyunida O’zbekistonda kredit uyushmalari assosiasiyasi to’zildi.
Respublikamizda kredit uyushmalari to’g’risidagi qonunga Oliy Majlis tomonidan 2006 yilning 24 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritildi.
Lizing inglizcha ijara ma’nosini bildiradi. Eramizdan oldingi to’rtinchi asrda yashagan grek faylasufi Aristotel – «Boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir», - degan shu fikr bilan olim lizing g’oyasiga asos solgan.
Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish xuquqi tushunchalari mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli ijara munosabatlari, keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy ijara – lizing vujudga keldi.
Tarix ma’lumotlariga ko’ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer davlatida mavjud bo’lgan, Venesiyada rivojlangan.
Uni rivojlangan bosqichi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning dastlabki yillariga to’g’ri keladi. Avstriyalik olim V.Xayor 1877 yilda o’zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish kerak» nomli kitobida «Bell» telefon kompaniyasida o’zi ishlab chiqargan telefon apparatlarini ijaraga berganligi va shu orqali katta foyda ko’rganligi to’g’risida gap yuritadi. Bunda iste’molchilar nafaqat telefon apparatidan foydalanish xuqiqini, balki kelishilgan tulovlarni bajarganlaridan so’ng uning egasi bo’lish xuquqini ham qulga kiritishgan.
Buyuk Britaniyada XX asr boshlarida konchilar temir yo’l vagonlarini avval ijaraga olib keyin sotib olishgan.
Bugungi zamonaviy lizing (moliyaviy ijara) XX asrni 50 yillarida AŠSh da shakllanib takomillashdi. Vositachi sifatidagi birinchi lizing kompaniyasi 1952 yilda San-Fransisko shahrida ishbilarmon Genri Shonfeld tomonidan asoslangan «United States leazing corporation» dunyoga keldi.
AŠShdagi lizing bo’yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada davom etdi. Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish bo’yicha Xalqaro Moliya korporasiyasi (XMK) ish boshladi.
Bugungi kunda XMK 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investisiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.
1995 yilda O’zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O’zbeklizing interneyshnl AJ» ning ta’sischilaridan biri ham XMK hisoblanadi.
O’zbekistonda birinchi xalqaro lizing operasiyasi 1993 yilda tashqi iqtisodiy faoliyat banki tomonidan «O’zbekiston havo yo’llari»ga chet el kompaniyalaridan samolyotlar xarid qilingan.
Respublikamizda lizing operasiyalarining rivojlanishi 1999 yilni 14 aprelida qabul qilingan va 2002 yil 13 dekabrida tegishli o’zgartirishlar kiritilgan «Lizing to’g’risida»gi qonunni qabul qilishi bilan bog’liq.
Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo’lib bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi) dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib uni to’lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi.
Lizing munosabatlarining asosiy xujjati bo’lib shartnoma hisoblanib u quyidagi qismlardan iborat:

  1. Shartnomaning mohiyati va maqsadi

  2. Texnikani olib ketish tartibi

  3. Texnikaning qiymati

  4. U bo’yicha to’lovlar

  5. To’lovlar tartibi

  6. Texnikani yetkazib berish

  7. Bo’nak to’lovlarini to’lash

  8. Lizing to’lovlarini to’lash

  9. Tomonlar xuquq va majburiyatlari

  10. Foydalanish shartlari

  11. Tomonlarning javobgarliklari

  12. Nizolarni hal qilish

  13. Amal qilish muddati

  14. Boshqa shartlar

  15. Tomonlarning rekvizitlari

Lizing obyekti bo’lib iste’mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qullaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu jumladan yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari, binolar, inshoatlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa kuchar va kuchmas mulklar hisoblanadi.
Moliyaviy lizingning mohiyati mulk qiymatini bo’lib-bo’lib to’lash asosida sotib olishni ifodalaydi va tovar krediti shakliga ega bo’ladi. Bunga lizing muddati davomida lizing beruvchining barcha xarajatlarini to’liq koplashga yetarli bo’lgan va unga foyda keltirishni ta’minlaydigan lizing to’lovlari yig’indisini ko’zda tutadi.
Lizing to’lovi lizing obyekti qiymatini, mulkni Sug’urtalash xarajatlariini va kredit uchun lizing (foiz) stavkasini o’z ichiga olgan so’mmani tashkil etadi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida lizing munosabatlarining rivojlanishida 1999 yil 30 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Qishloq xo’jalikmashlizing aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to’g’risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 noyabrdagi «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing tizimi taraqqiyotini yanada rivojlantirish choralari to’g’risida»gi farmoni muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagi Prezident farmoniga ko’ra iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa kichik va o’rta biznes subyektlarini zamonaviy texnologik uskunalar bilan ta’minlash maqsadida 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab:

  1. Lizing to’lovlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi. Chetdan lizinga berish uchun respublika xududiga keltiriladigan texnologik uskunalar bojxona to’lovi va qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi.

  2. Lizing oluvchi – xo’jalik subyektlari lizinga berilgan mulk bo’yicha lizing shartnomasi davrida mulk solig’idan ozod etiladi. Lizinga beruvchining yalpi daromadidan lizinga berish uchun olingan mulk bo’yicha kredit to’lovi bo’yicha foizlar va boshqa to’lovlar chiqariladi.

Umuman yuqoridagi farmon va qarorlar lizingdan foydalanuvchilarni tegishli mulkka ega bo’lish bo’yicha katta imkoniyat va imtiyozlarni beradi.
Download 246,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish