Banklarning kredit portfelini boshqarish samaradorligini oshirish


Pul massasi va naqd pullar ulushining o’sish sur’atlari (foizda)



Download 0,63 Mb.
bet2/3
Sana17.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#558787
1   2   3
Bog'liq
Banklarning kredit portfelini boshqarish samaradorligini oshirish lotin

Pul massasi va naqd pullar ulushining o’sish sur’atlari (foizda)

Keng pul massasi tarkibida naqd pul ulushi 26,6 foizdan 23,2 foizgacha kamaydi, buni naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining ko’payishi va to’lov tizimlarining yaxshilanishi natijasi deb qarash mumkin. Depozitlarning ulushi 73,4 foizdan 76,8 foizgacha o’sdi. Keng pul massasi o’sishi va tuzilishidagi o’zgarishlar pul-kredit siyosati 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlashga qaratilganligini ko’rsatadi.


Bir vaqtning o’zida mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirishda qator muammolarning mavjudligi investitsion jarayonlar faollashuviga, investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Jumladan:
- tijorat banklari depozit bazasining mustahkam emasligi;
- qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanish darajasi sust ekanligi;
- mamlakatimizda asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmida tijorat banklari investitsion kreditlarining salmog’i past darajadaligi;
– investitsiya jarayonlarining rivojlanishiga investitsiya faoliyatini moliyaviy ta’minlashning tayanchi hisoblangan tijorat banklari sonining kamligi.
SHuningdek, bu boradagi dolzarb muammolardan biri muddati o’tgan investitsion kreditlar miqdorining mavjudligi hisoblanadi. Ko’plab investitsion loyihalarning o’zini oqlamasligi respublika tijorat banklari tomonidan berilgan investitsion kreditlarning o’z vaqtida qaytarilmasligiga sabab bo’ladi.
Banklarning kreditlari hisobidan moliyalashtirilgan investitsion loyihalarning o’zini oqlamasligining sabablari quyidagilardan iborat:
- korxonalarning xorijdan keltiriladigan xom ashyoga o’ta bog’liqligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talab yo’qligi, loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarining puxta olib borilmasligi;
- korxonalarning loyhada belgilangan quvvatda ishlamasligi;
– investitsion loyiha bo’yicha olingan xorijiy valyutadaga qarz mablag’i xorijiy valyutada qaytarilishi ko’zda tutilgan bo’lsa-da, amalda mahsulot eksport qilinmagan yoki juda kam eksport qilinganligi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida 12.05.2020 yildagi PF-5992-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish topshirig’I berildi2. Unga ko’ra:

  • kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;

  • yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish;

  • tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;

  • kreditlashning o‘sish sur’atlari mo‘tadilligini ta’minlash va kredit portfeli sifatini yaxshilash;

  • davlat ulushi mavjud banklar aktivlari sifatining mustaqil baholashdan o‘tkazilishi va, shu jumladan harakatsiz kreditlarga amaliy ko‘maklashish orqali ularning kredit portfellari sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi;

  • biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish;

  • eng yuqori tavakkalchilikka ega — yirik, tizimli ahamiyatga molik banklar, yuqori yoki yomonlashayotgan tavakkalchilik-profiliga ega va/yoki biznes faoliyati jarayonida tavakkalchiliklarni boshqarish sifati past bo‘lgan va yuqori darajadagi ichki tavakkalchiliklarga ega banklarga nisbatan nazoratga oid resurslarni ajratishni nazarda tutuvchi tavakkalchiliklarni boshqarishga asoslangan nazoratga (tavakkalchilikka yo‘naltirilgan nazorat) o‘tish kabi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shu kabi bank tizimini isloh qilishni nazarda tutgan farmon va qarorlarni ijrosini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan bir qator amaliy ishlar qilindi. Xususan, “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda 2020 yilda kredit faoliyatini sifat jihatidan yanada rivojlantirish va kredit portfeli hamda uning tarkibi bo’yicha miqdoriy ko’rsatkichlarga erishish bo’yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan. 2020 yilda kredit ajratish hajmi 1 200 mlrd. so’m miqdorida rejalashtirilmoqda. Kredit portfelining qoldig’i (brutto) 2020 yilning oxiriga kelib 2 026 mlrd. so’mni tashkil etadi. Kredit portfelining (sof) yalpi aktivlarga nisbati 66 foizni (2021 yil 1 yanvar’ holatiga) tashkil etadi. Ehtimoldagi zararlarga qarshi zahira qoldig’i 30,0 mlrd. so’m miqdorida rejalashtirlmoqda, bu esa kredit portfeli umumiy hajmining 1,5 foizini tashkil etadi. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Yo’l xaritasida ko’zda tutilgan chora-tadbirlar doirasida 2020 yilning oxiriga qadar qisqa muddatli kreditlar (lizing) portfelini 300 mlrd. so’mgacha ko’paytirish, ularning kredit portfelidagi ulushini 15 foizgacha oshirishish rejalashtirilgan. Qisqa muddatli muddatli kreditlari portfelini oshirilishi aktiv va majburiyatlar o’rtasidagi likvidlik farqini kamaytirish imkonini beradi.

Biznes jaraѐnlarni kreditlashtirish sohasida optimallashtirish choralarini amalga oshirish maqsadida skoring modellarining yangi uslubiyatlarini qo’llash va kredit tarixi institutlari bilan chakana kreditlashning zamonaviy turlarini jaoriy etish bo’yicha hamkorlikni yanada kengaytirish ko’zda tutilmoqda. Bank tomonidan yirik savdo va investitsiya loyihalarini respebulikaning va xorijning tijorat banklari bilan sindikatlashgan holda kreditlash imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha ishlar olib boriladi. SHuningdek, ta’lim muassasalarini bitirgan ѐsh tadbirkorlarning, oilaviy tadbirkorlik sub’yektlarining, shuningdek mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirshga xizmat qiladigan ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega boshqa istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish ishlari davom ettiriladi. Kichik biznes korxonalarining uzoq muddatli istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish manbalari bo’lib, bankning o’z resurslari, xalqaro moliya institutlarining, xususan Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom korporatsiyasining, Umumjahon bankining kredit liniyalari xizmat qiladi. Bank tomonidan kredit portfelining mos ravishda diversifikatsiyalanishini ta’minlash choralari ko’riladi. CHakana kreditlashni kengaytirish doirasida bank tomonidan chakana kreditlar portfelini kamida 600 mlrd so’mga ѐki bank kredit portfeli yalpi hajmining 30 foizi miqdorida ko’paytirish rejalashtirilmoqda. Jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning asosiy qismini iste’mol kreditlari, mikroqarz va kredit kartalar tashkil etadi. CHakana kredit mahsulotlarini ommaviy tarzda ilgari surish maqsadida reklama aksiyalarini o’tkazish, korporativ mijozlarning mehnat jamoalarida kredit mahsulotlari taqdimotiini o’tkazish, mahalliy tovarlar va xizmatlar iste’molchilari bilan tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun iste’mol kreditlarini taqdim etish borasida muzokaralar uyushtirish mo’lajallanmoqda. Bank yuzaga kelgan bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda kreditlarning daromadliligining mos darajasini ta’minlashni ko’zda tutmoqda. Kelgusi yili bank tomonidan kreditlash jaraѐnida yangi bank mahsulotlarini va texnologiyalarini eng yaxshi mahalliy va xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda yo’lga qo’yish bo’yicha ishlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda.3
Shuni ham takidlash kerakki O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlar berish amaliyotini takomillashtirishva usni samaradorligini oshirishda quyidagi taklif va tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
1. Tijorat banklarining investitsion kreditlar berish zarur bo’lgan resurs bazasini mustahkamlash maqsadida, ular tomonidan bir yildan ortiq muddatga chiqarilayotgan obligatsiyalarning emissiya hajmini oshirish va investorlarning mazkur obligatsiyalardan oladigan daromadlarini foyda (daromad) solig’idan ozod qilish lozim.
2.Tijorat banklari faoliyatidagi iqtisodiy risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish zarur. Birinchi navbatda, valyuta riski muammosiga barham berish lozim. Ushbu muammoning mohiyatishundaki, respublikamizning yirik tijorat banklarida valyuta zahiralarining diversifikatsiya darajasijuda past. Bundantashqari, valyuta zahiralarining diversifikatsiya darajasining pastligi oqibatida banklarimizda AQSH dollarida bir tomonlama qisqa yoki uzun valyuta pozitsiyasi yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha zarar ko’rish ehtimoli ortadi.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish