Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi Tayyorladi: HBA-81 guruh talabasi Asqarova O'g'iloy REJA: - Banklarning vujudgaa kelishi va mohiyati
- Banklarning turlari
- Banklarning iqtisodiyotdagi roli
Bank o'zi nima? - Bank – bu moliyaviy muassasa bo'lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag'larga ehtiyoji mavjud bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to'lovlilik va ta‘minlanganlik asosida kredit beradigan va ular uchun turli vositachilik xizmatlarini ko'rsatuvchi tijorat tashkilotdir.
- Bank – tadbirkorlik faoliyatining o'ziga xos turi bo'lib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya‘ni ularni jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bog'liqdir, degan fikr ilgari suriladi.
Bankir kim? - Bankir ssuda kapitalistidan farqli o'laroq, turli ko'rinishdagi xizmatlarni taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o'z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslarning mablag'lari hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e‘tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: - – banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga e‘tibor qaratish lozim;
- – banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e‘tibor qilish lozim;
- – banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish asoslari, ya‘ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi;
- – banklarning mohiyati – bu o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan obyektning tarkibini anglatadi;
- – banklarning mohiyatiga qator ta‘riflar shakllantirilgan bo'lib, muammoni o'rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e‘tibor qaratilayotganligi muhim hisoblanadi.
Banklarning turlari
Mulkiy jihatdan
Davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokidagi qo'shma banklarga bo'linadi.
Huquqiy hijatdan
Banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida tafsiflanadi.
Banklar bajaradigan funksiyasi jihatidan
Emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg'armali banklar sifaida tavsiflanadi.
Banklarning turlari
Banklar bajaradigan operatsiyalarning tabiati jihatidan
- Universal va ixtisoslashgan banklarga bo'linadi
Xizmat ko'rsatadigan tarmoqlar bo'yicha
- Filiallarining soni bo'yicha
- Xizmat ko'rsatish doirasi bo'yicha
Kapita;ninh hajmi bo'yicha
- Banklar kichik, o'rta va yirik tijorat banklariga guruhlanadi.
Banklarning logotipi Banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;
qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi
milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
Banklarning iqtisodiyotdagi roli - Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. SHu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |