Foiz stavkalarga ta’sir qiluvchi omillar
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari aktivlarining asosiy qismini kreditlar tashkil qilib, bank faoliyati natijalari va samaradorligi bevosita shu operatsiyalarga bog’liq hisoblanadi. Bu esa, tijorat banklarining kreditlash jarayonini to’g’ri tashkil qilish va samarali kredit siyosatini ishlab chiqishni talab qiladi. Eng asosiysi esa, banklarda kredit operatsiyalarining samaradorligi bank kreditining bahosi shakllanishiga bog’liq hisoblanadi. Kredit bahosining to’g’ri o’rnatilishi bank faoliyatida yuzaga keluvchi kredit risklarini kamaytirish va ularni samarali boshqarishga yordam beradi.
Umumiy omillar Xususiy omillar
Kredit resurslariga bo’lgan talab va taklif darajasi
|
|
|
Markaziy bank pul-kredit siyosati holati
|
|
|
Inflyatsiya darajasi
|
|
|
Mamlakatda pul bozorlarining rivojlanish darajasi
|
|
|
Raqobatdagi takliflarning mavjudligi
|
|
|
Valyutani tartibga solish borasidagi siyosat
|
|
|
Mamlakatning coliq-fiskal siyosati
|
|
|
Dunyodagi siyosiy-iqtisodiy holat
|
Bankning jalb qilgan resurslari qiymati
|
|
|
Mijozning kredit tarixi va bank bilan munosabatlari
|
|
|
Mijozning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlari va uni baholash
|
|
|
Kredit ta’minoti sifati
|
|
|
Kredit maqsadi va yo’nalishi
|
|
|
Kredit riski darajasi
|
|
|
Kreditni muddati va uni to’lash shartlari
|
|
|
Kredit valyutasi va miqdori
|
rasm. Foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi omillar tasnifi67.
Shunday ekan, optimal kredit bahosini shakllantirish, uning darajasi nafaqat bank manfaatlari, balki mijoz manfaatlariga ham mosligiga erishish muhim masala hisoblanadi. O’zbekistonda ikki pog’onali bank tizimining shakllanishi va turli mulkchilik shaklidagi tijorat banklarining faoliyat yuritishi banklararo raqobatni shakllantirib, ular o’rtasida moliyaviy bozorlarda mustahkam o’ringa ega bo’lish intilishlarini keltirib chiqardi. Mamlakatimiz bank
66 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari /
– T.:O’zbekiston, 2009. - 48 b.
67 Muallif ishlanmasi
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri ham banklararo raqobat bo’lib, uning to’la qonli shakllantirilishi bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Tijorat banklari foiz siyosatiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish va uni tahlil qilish foiz stavkalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Quyida keltirilgan rasmda foiz stavkalar shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni tasnifini keltirib o’tamiz.
Ushbu rasmda foiz stavkasiga ta’sir qiluvchi umumiy va xususiy omillarga tasniflanishini ko’rib chiqdik. Unga muvofiq umumiy omillar makro darajadagi ko’rsatkichlar o’zgarishlarini o’zida ifoda etadi. Xususiy omillar esa, bank kredit operatsiyasini amalga oshirish tartib-qoidalari, resurslar qiymati va mijozlar bilan sherikchilik munosabatlarini ifodalaydi.
Mamlakat Markaziy banki pul-kredit siyosatining holati ham albatta foiz siyosatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi. Chunki, Markaziy bank pul-kredit siyosati, uning bosh maqsadi ya’ni mamlakat pul birligining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu esa, o’z navbatida mamlakatda pul muomalasini boshqarish bilan chambarchas bog’liq. Pul muomalasini boshqarish esa, pul massasiga, uning miqdori pul bozori va bozordagi pulning bahosiga bog’liqdir.
Markaziy bankning pul muomalasini boshqarishga qaratilgan har qanday pul-kredit siyosati kredit foiziga o’z ta’sirini ko’rsatish orqali namoyon bo’ladi. Markaziy bankning “arzon pullar” (ekspansion) siyosati kredit foiz stavkasini pasaytirsa, uning “qimmat pullar” (restriktsiya) siyosati kredit foiz stavkasi darajasini oshishiga olib keladi.
Nazariy jihatdan qaraganda pul ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan, tovar, umumiy ekvivalent. Shunday ekan, inflyatsiya darajasi har qanday tovarning bozordagi bahosiga ta’sir qilgani kabi, pulning bahosi ya’ni kredit foiziga ham ta’sir qiladi. Ular o’rtasidagi bog’liqlik to’g’ri proportsionaldir, ya’ni birinchisining o’sishi ikkinchisining ham o’sishiga olib keladi va aksincha.
Mamlakatda pul bozorining rivojlanish darajasi asosan quyidagilarga bog’liq:
tijorat banklari resurslarining miqdori va sifati;
mamlakatda mavjud vaqtincha bo’sh mablag’larni bank aylanmasiga jalb qilinishi darajasi (shu jumladan, aholining ham);
banklararo kredit bozorining faoliyati;
banklararo vaqtincha bo’sh resurslardan foydalanish imkoniyatlari;
resurslardan mobil ravishda foydalanish uchun bank texnologiyalarining mukammalligi kabilar.
Albatta, bir bankda mavjud vaqtincha bo’sh turgan resurslardan boshqa banklar tomonidan tez va samarali foydalana olishi kredit foiz stavkasi darajasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Raqobatdagi takliflar deganda tijorat banklaridan tashqari pul bozoridagi pulning taklifini nazarda tutiladi. Bu birinchi navbatda Markaziy bankning pul taklifiga ta’siri, qolaversa mamlakatda mavjud nobank kredit tashkilotlari pul takliflari, g’arb mamlakatlarida omonat kassalari, pochta, sug’urta va lizing kompaniyalarining pul bozoridagi faoliyatlari ham kredit foiziga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Mamlakatda Markaziy bankning valyuta munosabatlarini tartibga solish uchun amalga oshiradigan valyuta interventsiyasini yoki valyutani tartibga solish bilan bog’liq operatsiyalari pul taklifiga ta’sir ko’rsatadi. Pul taklifining o’zgarishi esa, albatta uning bahosini ya’ni kredit foiziga ta’sir etadi.
Mamlakatda pul muomalasini boshqarishda pul-kredit siyosati bilan bir qatorda soliq-fiskal siyosati ham muhim rol o’ynaydi. Ular bir-birlari bilan uyg’un va mutanosib ravishda olib borilgandagina ko’zlangan maqsadga erishiladi. Soliq-fiskal siyosatidagi o’zgarishlar pul taklifi va talabiga ta’sir ko’rsatadi, natijada kredit foizining ham o’zgarishiga olib keladi.
Dunyodagi iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarning kredit foiz stavkasiga ta’siri 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yaqqol namoyon bo’ldi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimiz kabi foiz stavkalariga xususiy omillarning ta’siri alohida olingan kreditlar va kredit oluvchi o’rtasidagi kredit munosabatlarida yuzaga keladi. Kreditorlar odatda, kreditning qaytmaslik va foizlarning o’z vaqtida undirilmaslik risklarini yumshatish maqsadida alohida kredit turlari va alohida mijozlar uchun turli kredit foizlarini o’rnatishga
urinishadi. Masalan, ishonchli mijoz yoki likvid ta’minot uchun kredit foiz stavkasi ishonchsizroq mijozga yoki sifatsiz kredit ta’minoti uchun foizlarga nisbatan pastroq bo’ladi.
Foiz stavkasiga ta’sir etuvchi omillar68 1-jadval Do'stlaringiz bilan baham: |