3. Xususiy kapital. 1. Oddiy aksiyalar va Imtiyozli aksiyalar toʻlangan qiymat boʻyicha, yaʼni ularni chiqarishda yuzaga keladigan qoʻshimcha kapitalni hisobga olgan holda koʻrsatilishi lozim. 2. Sotib olingan xususiy aksiyalar toʻlangan kapitalning umumiy summasidan xarid qiymati boʻyicha chegirib qolish sifatida aks ettiriladi. 3. 330-satr “Jami: Aksiyadorlik kapitali” satri boʻyicha 300 va 310 satrlar umumiy summasidan 320-satr chegirib qolingandan keyingi natija koʻrsatiladi. 4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qayta baholash zaxirasi boʻyicha, sotish uchun moʻljallangan mavjud investitsiyalarni qayta baholashdan, shuningdek, xorijiy shuba xoʻjalik jamiyatlari moliyaviy hisobotlarini qayta hisoblashda yuzaga keladigan kurs farqlaridan paydo boʻlgan zaxiralar boʻyicha qoldiqlar summasi 340- satr “Qayta baholash zaxiralari” boʻyicha aks ettirilishi lozim. 5. 350-satr “Taqsimlanmagan foyda (jamlangan defitsit)” umumiy zaxira hisobga olingan holda aks ettirilishi lozim. 6. 330 dan 350 gacha boʻlgan satrlarning umumiy yigʻindisi 360-satr “Jami: Xususiy kapital” boʻyicha aks ettirilishi lozim. 7. 280 va 360-satrlarning umumiy yigʻindisi 370-satr “Jami: Majburiyatlar va xususiy kapital” boʻyicha aks ettirilishi lozim
80. Banklarda moliyaviy hisobotlarning tuzilishi va axborotlarni ochib berish.
Moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik subyektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan ifodasidir. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi turli foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali boʻlgan, tadbirkorlik subyektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taʼminlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan quyidagi jihatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taʼminlaydi: aktivlar;
majburiyatlar;
capital;
daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qoʻyilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
pul oqimlari.
Ushbu maʼlumotlar, izohlardagi boshqa maʼlumotlar bilan birga, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga tadbirkorlik subyektining kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini bashorat qilishda yordam beradi (BHXS, 1-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”, 2005-y.). Jahon iqtisodiyotida mavjud boʻlgan vaziyat banklarning naqadar iqtisodiy holatga bogʻliq ekanligini, unda boʻlayotgan har qanday oʻzgarish banklar faoliyatiga taʼsir etmay qolmasligini va aksincha yirik tijorat banklarda boʻlgan inqirozlar butun bir davlat iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatishini amaliyot isbotlab turibdi. Ushbu holatda, banklarning erishayotgan natijalari, ularning holati oshkora, albatta qonunchilik doirasida aks ettirilishi aholining, investorlarning ishonchini ortishiga sabab boʻladi. Bank faoliyati natijalari ularning moliyaviy hisoblarida oʻz aksini topadi va ularning toʻgʻri tuzilishi hamda taqdim etilishi muhim hisoblanadi. 1-sonli MHXS “Umumiy yoʻnalishdagi moliyaviy hisobot muayyan maʼlumot olish uchun qoʻyiladigan alohida talablarga javob beradigan hisobotni talab etish imkoniyati boʻlmagan foydalanuvchilarning talablarini qondirish uchun tayyorlanadi. U alohida taqdim etiladigan yoki ommaviy hujjatlarning bir qismini taqdim etadigan hisobot shakllarini oʻz ichiga oladi”. Moliyaviy hisobotlar xoʻjalik birliklarni pul qiymatidagi modellaridir. Garchi hisobot ishlarning haqiqiy holatini toʻliq aks ettira olmasa ham (hamma narsani ham pul bilan oʻlchash mumkin emas), ammo bunga erishishda buxgalter tomonidan qilingan harakatlarning eng oqilonasidir.
Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur boʻlgan butun axborotni oʻz ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; bankning boʻlgʻusi pul oqimiga baho berish; tijorat bankiga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; bank boshqaruvi ishiga baho berish. Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar guruhning moliyaviy hisobotlari boʻlib, unda bosh tashkilot va uning shuʼba tadbirkorlik subyektlarining aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromadlari, xarajatlari va pul oqimlari yagona iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektga tegishli sifatida taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |