Бош ва ёрдамчи китобларни текшириш тартиби (бухгалтерия ходимлари, шахсий ҳисобварақлар, дебет ва кредит бўйича ёзувлар, кун бошидаги қолдиқ суммалари)
23.Бош ва ёрдамчи китобларни текшириш тартиби (бухгалтерия ходимлари, шахсий ҳисобварақлар, дебет ва кредит бўйича ёзувлар, кун бошидаги қолдиқ суммалари). Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar Bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:
-balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari — kunlik balans;
-balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari — aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
-oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin.Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi. Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Bosh va Yordamchi kitoblarni tekshirish
Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqlardagi barcha yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o‘tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to‘g‘ri o‘tkazilganligi tekshiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlar aylanmalardagi har bir debet va kredit bo‘yicha yozuvlar summalarini bankning o‘zi rasmiylashtirgan pul hisob-kitob hujjatlari va boshqa banklardan kelgan elektron to‘lov hujjatlaridagi summalari bilan birma-bir solishtirish orqali tekshiriladi.Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o‘tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi. Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik aylanma-qoldiq summalar qaydnomasi bo‘yicha hamda quyidagilar taqqoslash yo‘li bilan tekshiriladi:
-hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi).
Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato bo‘lmasa, summalar teng chiqadi.