Banklarda buxgalteriya hisobi


Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari



Download 68,11 Kb.
bet11/15
Sana31.12.2021
Hajmi68,11 Kb.
#232069
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash operatsiyalari, ular hisobining tashkil etilishi va takomillashtirish

1.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, u iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni, shu jumladan, mehnat sohasidagi jarayonlarni ham o‘rganishni taqazo etadi.

Bozor iqtisodiyotining eng muhim kategoriyalari bo‘lgan, mulkchilik shakllarining xilma-xilligi asosida amalga oshiriladigan erkin tadbirkorlik, tovar va xizmatlar, talab hamda taklifni o‘zaro bog‘liqligi, resurslar cheklangan sharoitda tovar va xizmatlar qiymatini aniqlashdagi o‘ta foydalilik, mehnat narxi va boshqalar ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zamonlaridagi mehnat iqtisodiyotiga asos qilib olingan nazariy qoidalarni qayta idrok etishni taqazo etmoqda.

Mehnat faoliyati jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari tufayli yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tashkil etishning zamonaviy nazariyasini makro va mikrodarajada tadqiq etish bir tomondan respublikamizda mulkchilik munosabatlarining rivojlanishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fan-texnika taraqqiyotining mehnat samaradorligini oshirishdagi va odamlarning yashash sharoitini yaxshilaydigan barcha vositalarni rivojlanib borayotganligidir.

Har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy asosini yaratuvchi kuch bu –mehnatdir.

Mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlar (buyumlar, tovar xizmat, fan, madaniyat, san’at asarlari va hokazolar) ni ishlab chiqish bo‘yicha ongli, maqsadli va legitm (taqiqlanmagan) faoliyatdir. Shu tufayli mehnatning harakterinio‘rganish hamisha dolzarb bo‘lib kelgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni harakterini tadqiq qilish faqatgina nazariy jihatdan emas, amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Har bir sohada ish bilan band bo‘lgan xodimlar mehnatining harakterini o‘rganmasdan shu sohaning iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida tutgan o‘rnini, davlatimizning ichki yalpi mahsulotiga va yalpi milliy mahsulotiga qo‘shgan hissasini aniqlash murakkab. Qaysiki, bu ko‘rsatkichlar shu davlatning qudratini, aholining ijtimoiahvolini, iqtisodiy o‘sish darajasini, boshqa davlatlar o‘rtasida tutgan o‘rnini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir.

Masalaning muhimligi shu muammolarning bir qancha nazariy jihatlarini hozirgi davr nuqtai-nazaridan o‘rganish va talqin qilishni talab qiladi. Bular jumlasiga, ko‘p mulkchilik sharoitida Oilaviy biznes sohasidagi mehnatning harakterini (uning unumli yoki unumsizligini), uning qaysi sohaga mansubligini (ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish), mahsulot natijasini qanday baholashni (mehnat unumdorligi, mehnat sig‘imi, mehnat samaradorligi, ish haqi jamg‘armasi darajasi, mehnat haqining mehnat naiijalaridagi hissasi) aniqlash kabi muammolar kiradi. Bu muammolarning hal qilinishi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, bular mavjud mehnat salohiyatining qancha qismini shu sohada jalb qilish zarurligini, ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini, turli xil mulkchilikka asoslangan mazkur sohaning jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatiga qanday hissa qo‘shayotganligini aniqlashda nazariy asos bo‘lib hisoblanadi.

Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy nisbatlar holati bozor konyunkturasini ifodalaydi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanib borishi erkin tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Raqobatchilik esa har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati samaradorligi oshishini talab etadi.

Mehnatning harakteri xuddi shu jarayonlarga bog‘liq ravishda davlatning ustqurmaviy elementlariga muvofiq holda shakllanadi. Bunda davlatning ustqurmaviy elementlari sifatida mehnat sohasidagi siyosat, huquqiy va normativ tizim tushuniladi.

Bizning fikrimizcha, unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi tushunchalarga munosabat bildirib, nazariy tahlillarga tayangan holda, mehnat unumsiz bo‘la olmaydi degan xulosaga keldik. Har qanday mehnat odamlarning ehtiyojini qondirish, odamlarning ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlarni, foydali narsalarni ishlab chiqarishdir. U unumli, moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin, lekin bunda ular ne’mat bo‘lmasdan qolmaydi.

Unumli mehnatga mehnatkash nuqtai nazaridan ham yondashish lozim. Agar mehnatkash sarf qilgan mehnati evaziga oladigan mehnat haqi bilan o‘zining va oilasining yashashini ta’min qilsa, ish kuchini takror ishlab chiqara olsa, bu mehnat ish kuchi, mehnatkash uchun unumlidar. Mehnatkash u moddiy ne’mat ishlab chiqarayaptimi, yo chiqarmayaptimi yoki xizmat sohasi bilan bandmi, uni qiziqtirmaydi. Uni qiziqtirgan narsa o‘z mehnati uchun (unumli yoki unimsizmi qatiy nazar) oladigan mehnat haqidir.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, umuman mehnatning harakterini tadqiq qilishda bozor iqtisodiyoti sharoitida, unga asosan mulk egasi, sohibkor nuqtai nazaridan yondashish lozim. Ammo har qanday sohibkor o‘zi yashab turgan davlatning ichida, shu jamiyatning a’zosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan uning mehnatiga faqat o‘zining iqtisodiy manfaatidan kelib chiqmasdan, balki jamiyat manfaatini ham hisobga olish lozim. Jamiyatning a’zosi sifatida har bir mehnatkashning ham o‘z manfaati bor. Shu tufayli mehnatning harakteri tadqiq qilinganda uning manfaati ham chetda qolib ketmasligi lozim. Demak bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatning natijasini baholashda sotsiolizmdagidek faqat jamiyat nuqtai nazaridan qaralmasdan, balki mulk egasi, sohibkor, jamiyat va mehnatkash manfaatlarining mushtarakligini ta’minlash nuqtai nazaridan qarsh lozim.

Mehnatning harakteri mehnat qanday namoyon bo‘lishini, uning jihatlari, belgilari, alohida xossalari va xususiyatlari qandayligini ko‘rsatadi. U xodimning ishlab chiqarish vositalari bilan birlashishiga bog‘liq bo‘lib, mehnatning ijtimoiy tabiyatini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan bugungi kunda ishlab chiqarish munosabatlari takomillashayotgani, boshqaruv iqtisodiy usullarining amal qilish sohasi kegayib borayotgani, samaradorlik va sifatiga, xodimlarning haqiqiy moddiy va ma’naviy manfaatdorligiga, ularning chinakkam xo‘jayinlarga aylanishiga yo‘naltiruvchi xo‘jalik yuritishning yangi shakllari yaratilayotgani tufayli mehnat tabiatida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayni paytning o‘zida mazkur mehnat mazmuni va funksiyalaridagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, bir qolibdagi, zerikarli, malakasiz, og‘ir qo‘l mehnati mavjudligi, uning zararli sharoitlari hali uzoq vaqt davomida mehnatkashlar ancha qismining ijodiy qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxsning uyg‘un rivojlanishiga, mehnatga ongli va ijodiy munosabatni tarbiyalashga xalaqit beradi. Oila xo‘jaligining funksiyalari ko‘p qirralidir. Chunki u jamiyatning hamma asosiy jixatlari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Oila funksiyalari sistemasini quyidagi uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir

Birinchi bosqichda, oilaning moddiy bazasi yuzaga keltiriladi, ya’ni oila byudjetining yaratilishi, uning foydalanilishi va uy xo‘jaligining yuritilishi.

Ikkinchi bosqichda, oilada farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasi amalga oshiriladi hamda rekresiyali funksiya bajariladi. Har holda “inson kapitali” ni ishlab chiqarish uchun: moddiy zahiralar, tovar va xizmatlar bo‘lishi shart.

Uchinchi bosqichda, realizatsiya masalalari yechiladi, ya’ni bozor xo‘jaligida oila a’zolarining aloxida yakka holatda qatnashuvi: oilaviy biznesni uyushtirish, uy xo‘jaligini yuritish, daromadlarni yuzaga keltirish va ularning taqsimotini amalga oshirish ta’minlanadi. Shu bilan birga oila xo‘jaligining “inson kapitali” ni qaror toptirishdagi vazifalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligi farovonligi muammosi ko‘p jixatdan funksional tahlilni talab etadi, shu jihatdan oila xo‘jaligi funksiyalarini, uning farovonligini ta’minlovchi omillar sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, oila xo‘jaligi funksiyalari quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan tarkib topmoqda:

- yosh avlodni tarbiyalash va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish;

- oilaning iste’mol talabini qondirish;

- oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritish;

- oila jamg‘armasi hisobidan investitsion imkoniyatlarni vujudga keltirish, mulkiy daromadlardan samarali foydalanish;

- davlat bilan «ichki» iqtisodiy aloqalar (soliqlarni to‘lash, transfert to‘lovlardan foydalanish), chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar, xususan, turli xil pul o‘tkazmalar va mehnat shartnomalari tuzish va boshqalar.

Bulardan shunday xulosa qilish mumkinki, oila xo‘jaligi funksiyalari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning hammasi ham ma’lum darajada daromadlarni va harajatlarni ko‘zda tutadi.

Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaliklarining xayotiy faoliyati nuqtai nazaridan ko‘rinishi, oilalarning yangi imkoniyatlari va ehtiyojlari, rivojlanish shart-sharoitini vujudga keltirish va uning iqtisodiy funksiyasini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, ijtimoiy himoyani ta’min etish va sifatli turmush tarzini ta’minlash bilan vujudga keladi. Zamonaviy oila va unga asoslangan oilaviy tadbirkorlik shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ehtiyojlarini shu jumladan, oilaning o‘zini va jamiyatni ham bir butunlikda qondirishni amalga oshiradi.

Bugungi kunda oilalarning har tomonlama rivojlanishida o‘ziga xosb murakkab jarayonlar vujudga kelmoqda: oilalarning daromadlar bo‘yicha tabaqalanishi, uni barqarorligining o‘zgarishi, kam bolali oilalarning paydo bo‘lishi, oiladan tashqari yashovchilar va x.k. Bu to‘g‘rida mashhur sotsiolog olim A.Golov shunday ta’kidlaydi: “mavjud oilalar bozor iqtisodiyotining ijobiy qonun qoidalariga moslashishda shubhasiz qiyinchiliklarga uchramoqda”. Bu jarayonlarning barchasi oilalarni chuqur ilmiy tahlil qilishni va jamiyatning ushbu tendensiyalarga munosabatini talab etadi.

Oila xo‘jaligi, ta’kidlanganidek, bozor munosabatlarining eng asosiy ishtirokchilaridan hisoblanadi. Ular iqtisodiyotni ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlaydi, ularni resurslar bozoriga yetkazib berib moddiy daromad oladi va oila a’zolarining ehtiyojini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar iste’moli uchun harajatlarni amalga oshiradi. Oila xo‘jaligi iqtisodiy munosabatlarning eng muxim ishtirokchisi sifatida, davlat va firmalar bilan iqtisodiy aloqadorligi 1.1-rasm asosida tasvirlangan.

Oila xo‘jaligi iqtisodiyotning doiraviy aylanishi natijasida davlat, firmalar va moliyaviy institutlar bilan bozor munosabatlarini olib boradi. Oila xo‘jaligi tovar va xizmatlarni iste’mol qiluvchi sifatida emas, balki ular iqtisodiyotning ko‘plab sohalari bilan birgalikda xo‘jalik faoliyatini yuritadi. Oila daromadini ko‘paytirish va ekspertlarning baholashi bo‘yicha oila xo‘jaligi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar bajarish jarayonida iqtisodiyotning 14 soxasi bilan aloqadordir. Ularning asosiysi: qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy xo‘jaligi, transport, madaniyat, san’at va boshqalar.

Oilaviy biznes sohasida xizmatlarni yaratadigan mehnat jarayoni va ularni iste’mol qilish jarayoni bir butun bo‘lib qo‘shilgan bo‘ladi. Xizmatlar faoliyat shaklida mavjud bo‘ladi, ularni yig‘ib bo‘lmaydi.

Aholiga oilaviy biznes sohasini rivojlantirish texnik taraqqiyot, ya’ni texnologiya jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga tayanadi. Bu sohada texnologik operatsiyalarni mashina va apparatlar yordamida mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi hamda odamlar mehnatini yengillashtiradi.

Ob’ektiv iqtisodiy qonun hisoblangan mehnat unumdorligining uzluksiz oshib borishi Oilaviy biznes sohasida xizmat ko‘rsatish natijalarini son va sifat jihatdan samaradorligini oshib borishi uchun zamin yaratadi. Shunday ekan, Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteri o‘rganilganda, albatta, uning natijasini baholash samaradorligini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Oilaviy biznes sohasida mehnat natijasini baholash yakuniy natijalarga bog‘liq ravishda uning samaradorligi bilan foydalilik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir.


Download 68,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish