Rejali tekshirishlar reja asosida o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini aniqlash hamda uning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida tekshirishlar kompleks tarzda o’tkazadi.
Tekshirish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni nobank kredit tashkilotlari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish o’tkazilishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati yillik rejaga asosan yilda bir marotaba tekshirishdan o’tkazadi. Tekshirish davri avvalgi tekshirish davri tugagan sanadan navbatdagi tekshirish boshlangan oyning birinchi sanasigacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |