4
Kirish
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
ta‟lim standartlari asosida ta‟lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini
takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan
talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning mustaqil
ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ko‟nikmalarni shakllantirishda kurs
ishining o‟rni beqiyos.
5230700 – “Bank ishi” bakalavr ta‟lim yo‟nalishi uchun mutaxassislik
fanlaridan biri hisoblangan “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi yozish,
ularning keyingi kursda bitiruv malakaviy ishini samarali tayyorlashga zamin
yaratadi.
Banklar har kuni bir necha yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va turli
xil bank xizmatlarini ko‟rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya hisobida
aks ettiriladi va tegishli hisobotlarda qayd etiladi.
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish nafaqat bank
mijozlari va aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‟rsatish, balki bank aksiyadorlari,
kreditorlari, investorlari va davlat moliya muassasalarini zarur axborot bilan
ta‟minlash hamda moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samadorligini nazorat qilishda
muhim o‟rin tutadi.
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanini o‟qitishning maqsadi – kelgusida yuqori
malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‟lib etishadigan talabalar uchun banklarda
buxgalteriya hisobini tashkil etish, bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobining
xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‟yicha nazariy bilim
berish orqali ko‟nikmalar xosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga bank buxgalteriyasini tashkil etishning nazariy,
huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlari berish, tijorat banklarida buxgalteriya
hisobini halqaro standartlar asosida yuritishni tashkil qilish, bank buxgalteriyasi
operatsiyalarini rasmiylashtirilishi va hisobini o„rganishdan iborat.
Bank tizimining halqaro talablar asosida faoliyat ko‟rsatishi banklarda
buxgalteriya hisobini zamon talablarida asosida tashkil etishga zarurat tug‟dirdi.
Banklarda buxgalteriya hisobida banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish
asoslari, xujjatlar aylanishi va bank nazorati, bosh va yordamchi kitoblar bo‟yicha
sintetik va analitik hisob, naqd pulsiz hisob-kitoblarning rasmiylashtirilishi va hisobi,
qimmatli qog‟ozlar bo‟yicha operatsiyalarning rasmiylashtirilishi va hisobi,
banklararo
hisob-kitoblarning
hisobi,
qisqa
va
uzoq
muddatli
kredit
operatsiyalarining rasmiylashtirilishi va hisobi, kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish
va hisobga olinishi, bank ichki operatsiyalari, daromadlar va xarajatlarning hisobi,
banklarning buxgalteriya hisobotlari kabi masalalar ko‟rib chiqiladi.
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanining sir asrorlarini yanada chuqurroq
o‟zlashtirishlari uchun talabalar kurs ishini tayyorlaydilar va himoya qiladilar.