1. Kurs ishiga qo’yiladigan umumiy talablar.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
5230700 - “Bank ishi” bakalavr ta‟lim yo‟nalishi o‟quv rejasiga muvofiq
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishini yozish va uni himoya qilish
ko‟zda tutilgan. Kurs ishining talabga javob beradigan darajada bajarilishi va
muvaffaqiyatli himoya qilinishi fanni yanada to‟liqroq o‟zlashtirishga, shuningdek,
ilmiy ish bajarishi uchun dastlabki pog‟ona bo‟lib hisoblanadi.
Kurs ishning maqsadi - talabalarning “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan
olgan nazariy bilimlarni chukurlashtirishdan iborat. Kurs ishi talaba tomonidan
bajarilgan mustaqil izlanish bo‟lib, aniq bir mavzuga bag‟ishlab yoziladi.
Kurs ishining asosiy vazifalari qo‟yidagilardan iborat:
- mutaxassislik fanlar bo‟yicha talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini bir
tizimga solish, ularni mustahkamlash;
- mutaxassislik va uning aniq bir sohasi bo‟yicha olingan bilimlarni yanada
chuqurlashtirish va kengaytirish;
- talabani nazariy jihatdan ilmiy xulosa qilish va mustaqil fikrlashga o‟rgatish;
-nazariy jihatdan olingan bilimlarni sintez qilish va amaliyotdagi analitik
materiallarni tahlil qilish asosida muammolarning to‟g‟ri echimini topishni o‟rganish;
-amaliy hisobot materiallarni ilmiy jihatdan asoslangan holda xulosala olish.
Kurs ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muxim omili – bu talabaning o‟z
qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi xisoblanadi. Shuning uchun
ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va ma‟suliyatli bo‟lishi lozim.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Kurs
ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustaxkamlashga va ijodiy fikrlashga
qaratilgan bo‟lishi bilan bir qatorda zamon talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Kurs ishini bajarish uchun mavzu tanlab olgan talaba uni yozishdan oldin
darslik, o‟quv qo‟llanma, ilmiy-amaliy jurnallar, davriy nashrlar, me‟yoriy hujjatlar
va internet saytlari bilan tanishishi tavsiya qilinadi. Tanishishni birinchi navbatda,
Prezidentimizning mavzuga oid asarlari, O‟zbekiston Respublikasi qonunlari,
Hukumat qarorlari va boshqa me‟yoriy hujjatlarni o‟rganishdan boshlash maqsadga
muvofiq. Bundan tashqari, bank sohasiga oid qonunlar va maxsus me‟yoriy hujjatlar
to‟plamidan ham foydalanish mumkin. Talaba mavzuga mos adabiyotlar bilan
tanishib bo‟lgandan so‟ng, uni o‟rganishni boshlashi kerak. Ushbu mavzuga oid
adabiyotlarni yig‟ib bo‟lib, undan foydalanish tavsiya qilinadi.
Kurs ishi mavzusini tanlash va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda
katta ahamiyat kasb etadi. Talaba kurs ishi yozishda o‟zi uchun qiziqarli va tushunarli
mavzuni tanlashi lozim. Tanlangan mavzu bo‟yicha reja tuzishda, uning ahamiyatini,
huquqiy asoslari etarliligi, dolzarbligi va bu muamolarni bartaraf etish mumkinligini
adabiyotlardan foydalangan holda o‟rganib chiqadi. Shuningdek, talaba kurs ishi
materiallarini tahlil qilishda e‟lon qilingan bank moliyaviy hisobotlari, statistik
ma‟lumotlardan keng foydalanishi lozim.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |