Banklarda buxgalteriya hisobi


Lizing shartnomalarining risklari va ularni boshqarishning ahamiyati



Download 48,37 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi48,37 Kb.
#247033
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5195340746462334191

4. Lizing shartnomalarining risklari va ularni boshqarishning ahamiyati

Lizing operatsiyalari boshqa bank operatsiyalari kabi riskli operatsiya hisoblanadi. Lizing risklari turlari bo‘yicha ularni quyidagi holatda sinflashtirish mumkin.

Marketing riski – jami jihozlarga ijarachi topa olmaslik riski. U, asosan, operativ lizingga xos. Sug‘urtalash usuli bu lizing to‘lovida riskli mukofotni olish hisoblanadi. Shartnoma uchun ommabop jihozlar va boshqa texnika turini ishlatish; lizing shartnomasining muddati tugagandan so‘ng obyektning bozor konyunkturasini hisobga olgan holda sotish.

Baho riski – foydaning potensial yo‘qotilish riski bo‘lib, u lizing shartnomasi muddatida lizing obyektining bahosi o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bu riskning minimal darajasi har bir lizing to‘lovini amalga oshirishda (o‘zgarmaydigan) belgilangan summada o‘rnatish. Lizing to‘lovlarining summasi shartnoma tuzilayotgan paytda

bitim obyektining qiymatini bozor qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Nobalans likvidlik riski. Bunda moliyaviy yo‘qotishlar vujudga kelishi mumkin. Bu moliyaviy yo‘qotishlar lizingga beruvchining balans passivi bo‘yicha majburiyatlarini qoplay olmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu risk ijarasi ssuda kapitali bozori da jalb etilgan resurslar hisobiga to‘lov muddati yetib kelmagan aktiv operatsiyalarni qayta moliyalashga qobiliyati yetmaganda vujudga keladi.

To‘lay olmaslik riski. Ijaraga oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarini to‘lay olmaslik. Bu riskni kamaytirish uchun ijaraga oluv chining moliyaviy holatini yaxshilab o‘rganish, uchinchi shaxs dan kafolat olish, to‘lay olmaslik tavakkalchiligini

sug‘urtalash lozim.

Valuta riski. Bu valuta kursi orqali pul mablag‘larining yo‘qotilishi.

Siyosiy va huquqiy risklar. Bu risklar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bular xalqaro lizing operatsiyalarida yaqqol ko‘rinadi.

Siyosiy risk. Bu moliyaviy yo‘qotish xavfi bo‘lgan mamlakat siyosiy holatining o‘zgarishi, ish tashlash, davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Huquqiy risk. Bu huquqiy-me’yoriy aktlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar.Lizing shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni boshqa rish

bank va xo‘jalik subyektlari faoliyatining samaradorligiga olib kelishi mumkin.

Ijara muddati tugagandan so‘ng ijaraga berilgan mol-mulkka egalik qilish to‘g‘risidagi savol bank uchun ham, ijarachi uchun ham muhimdir. Bu yerda bir qancha variantlar bo‘lishi mumkin, ulardan bittasi lizing kelishuvida aniqlab qo‘yiladi:

– ijaraga oluvchi asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha

sotib oladi;

– lizing obyekti lizingga beruvchi bankka qaytariladi;

– qonunga muvofi q imtiyozli stavka bo‘yicha qisqa muddatga yangi bitim tuziladi.

Lizingga oluvchi o‘zining grafi giga muvofiq, ijara to‘lovi majburiyatini, mol-mulkni saqlash va normal ekspluatatsiya qilishni o‘z zimmasiga oladi. Agar bu shartlar bajarilmasa, bank tezda lizing shartnomasini bekor qiladi. Bu haqda u shartnoma

shartlariga rioya etmagani uchun unga zararni o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan ijaraga oluvchiga xabar qiladi. Bundan tashqari, ijaraga oluvchi mol-mulkni qaytarishga yoki uning qoldiq qiymatini to‘lashga majbur. Agar shartnoma ijaraga beruvchi aybi bilan bekor qilingan bo‘lsa, ijaraga oluvchi lizing kelishuvida

ko‘rsatilgan miqdorda jarima olish huquqiga ega.

Lizing firmasida asosiy fondlar butun kelishuv davomida balansda turadi, to‘lovlar esa xo‘jalik subyektining joriy xarajatlariga kiradi, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritiladi va o‘z navbatida soliqqa tortiladigan daromad miqdorini kamaytiradi. Lizing fi rmasi asosiy fondlarning sifati bo‘yicha javobgar emas. U muddati cho‘zilgan to‘lovlar uchun kafolatli garov va lizing shartnomasi bo‘yicha qandaydir shartlar bajarilmagan taqdirda to‘la qaytarib olishi mumkin bo‘lgan asosiy fondlarga egadir. Mulkni yetkazib beruvchi uchun lizing firmalar bilan birga ishlash, lizingni o‘z moliyaviy barqaror lizingi va kreditga layoqatliligini oshiradigan hamda mahsulotni sotish bozorini ko‘paytiradigan vosita sifatida ishlatib turish imkonini beradi.

Shunday qilib, lizing uzoq muddatli kreditning alohida shaklidir. Uning ijaraga oluvchi uchun afzalligi qanday? Birinchidan, ijara to‘lovi mahsulot tannarxiga qo‘shiladi va soliq solinadigan foyda summasini kamaytiradi. Ikkinchidan, ijaraga berilgan molmulk bank balansida hisobga olinadi, ijaraga oluvchi korxona balansi likvidliligini saqlashga imkon beradi. Uchinchidan, lizing

korxonaga asosiy fondlarni olish va ulardan foydalanishni boshlash imkoniyatini tug‘diradi va bunda oborotdan pul jalb qilinmaydi, lizing uchun to‘lov esa ijaraga berilgan asbob-uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasidan tushum schoti bo‘yicha hisoblanadi.

Bank uchun lizing shu darajada qulayki, unda nafaqat to‘lov ta’minoti kafolatlangan, balki asbob-uskunalarning o‘zi shu davrdagi joriy operatsiyalar bo‘yicha garov sifatida bo‘ladi, qaysiki bank lizing shartnomasi shartlari bajarilmaganda, o‘ziga qaytarib olishi mumkin bo‘ladi. Biroq, hozirda kreditlashning bu turi bizning mamlakatimizda keng rivoj topmagan, bu esa, korxona larning nobarqaror moliyaviy holati bilan iqtisodiyotni umumiy

o‘zgaruvchanligi, investitsiya tovarlari bozorini o‘rganmaslik bilan bog‘liq.



Xulosa

Bank tizimi nazoratini Ba’zel qo’mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish, bank tizimini va alohida banklarni yuqori xalqoro reting baholariga ega bo’lishini ta’minlash, tijorat banklarining resurs bazasini yanada kengaytirish, ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish hamda iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish, ishilab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha strategic muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab – quvvatlashga yo’naltirilgan kreditlar hajmlarini ko’paytirish kabi muhim chora tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Yuqoridagi fikr muiohazalardan kelib chiqib biz quyidagi xulosa va

tavsiyalarni berilishini maqsadga muvofiq deb bildik:

- Respublikamiz tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga erishihsimiz zarur.

- Lizing munosabatlari bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasining o’rganish va ularning ijobiy jixatlarini o’rganish Respublikamiz amaliyotida qo’llanilishini ta’minlash.

- Respublikamizning investitsiya dasturlarida korxonalarni modernizatsiya

qilish, texhologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlaariga tijorat banklari tamonidan etibor kuchaytirilgan siyosatni amalga oshirish .

- Respublikamiz tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish , investitsion kreditlarni berish va ularga xizmat ko’rsatish bo’limlarini ushbu yo’nalishdagi malakali kadrlar bilan ta’minlash.

- Respublikamizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va

texnologik jihatdan yangilash, qishloq joylarda loyixaviy yangi turar joylarni barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tamonidan minitexnologiyalarni sotib oli sh kabi investitsiya loyihalarini ko’paytirish va ularni amalda bajarilishini taminlash.

Xulosa o’rnida lizing operatsiyalari hozirgi har bir davlatda judayam keng qo’llanilayotgan operatsiyalardan biri hisoblanadi

Demak,Respublikamizda lizing munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiyotda

ishlab chiqarishni o’sishiga va tijorat banklarining xizmat ko’rsatish

faoliyatini kengayishi uchun xizmat qiladi.

Ushbu bildirilgan xulosaviy fikr va ta’vsiyalarimiz ishlab chiqarish

amaliyotida o’z o’rnini topishiga va muxim ahamiyat kasb etishiga ishonib

qolamiz.


Lizing munosabatlarni rivojlantirish va amaliyotda keng qo’llanilishini

taminlash uchun Respublikamizda etarli shart - sharoitlar yaratilgan.

Xulosa qilishimiz mumkinki , keyigi yillarda kichik biznes sub’ektlari

va tadbirkorlik sohasida qo’lga kiritgan yutuqlar, avvalo, mamlakatimiz

iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa

muddatda biz uchun mutlaqo yangi, iqtisodiyot tarmoqlarini barpo etish,

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash

dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakillantirish

borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan va uzoq istiqbolga

mo’ljallangan ishlar natijasidir.




Download 48,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish