Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim.
Sotib olish xarajatlari
Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik sub’ektiga keyinchalik qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq boshqa jami xarajatlar kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan chegirilib tashlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |