Boshqa xarajatlar TMZlar tannarxiga, faqatgina TMZlarni hozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish uchun sarflangan xarajatlar hajmidagina, kiritiladi. Masalan, no-ishlab chiqarish ustama xarajatlari yoki maxsus mijozlar uchun mahsulotlarni yasash xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritish o‘rinli bo‘lishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritilmaydigan va ular kelib chiqqan davr xarajatlari sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi:
(a) me’yoridan tashqari sarflangan xom ashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari summasi;
(b) saqlash xarajatlari, agar bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlari uchun talab etilmasa;
(v) tovar-moddiy zaxiralarni xozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’muriy ustama xarajatlar; va
(g) sotish xarajatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |