30-modda. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati Yuridik shaxsning — ishonchli boshqaruvchining o‘ziga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan:
qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qog‘ozlarni;
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‘larini shu shaxsning yoki u ko‘rsatgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, o‘z nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatdir.
31-modda. Transfer-agent faoliyati Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning o‘tkazilishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs transfer-agentdir.
Emitent, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir.
Transfer-agent emitentga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga haqlidir.
32-modda. Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyati Investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxs qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisidir.
Oldingi tahrirga qarang. Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 33-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar Oldingi tahrirga qarang. Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha pul mablag‘larining hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son) Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.