27-modda. Banklarning O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajarishi
Markaziy bankning topshirig‘iga ko‘ra banklar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajaradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”.
28-modda. Banklarning kredit stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilash huquqlari
Bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Davlat dasturlarini moliyalash uchun Markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank ushbu banklar qarzdordan undirib oladigan foiz stavkalarining eng ko‘p miqdorini belgilashi mumkin, bunda markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va banklarning xarajatlari o‘rnini qoplash hisobga olinadi.
29-modda. Banklarning hisobot va boshqa axborotni taqdim etish majburiyatlari
Banklar o‘z faoliyatlariga doir hisobot va boshqa axborotni Markaziy bankka o‘z vaqtida taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
291-modda. Banklarning moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari bo‘yicha axborot taqdim etish majburiyati
Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar to‘g‘risidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlari shart.
Bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi, korxonaning to‘lanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, ko‘zda tutilmagan holatlarning alohida hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(291-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin ularning nomiga kelib tushayotgan mablag‘lar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi.
Foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarda jamlangan mablag‘lar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning budjet va budjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarini qoplash uchun, qolgan summa esa ularning kreditorlik qarzini to‘lovlarning kalendar navbati bo‘yicha qoplash uchun yo‘llanadi.
Korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiya korxona faoliyatini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran bu korxonaning hisobvaraqlari tasarrufi tegishincha korxonaning o‘ziga yoki tugatish komissiyasiga o‘tadi.
(291-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |