Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi



Download 94,14 Kb.
bet14/58
Sana09.06.2022
Hajmi94,14 Kb.
#648789
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
2-JN Bank huquqi

33-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi
Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko‘rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.).
34-modda. Kreditlar qaytarilishini ta’minlash
Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘char va ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744 — 748-moddalari.
Banklar ta’minlanmagan kredit (e’timodli kredit) berish haqida qaror qabul qilishlari mumkin.
35-modda. Qarzdorlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni bank to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so‘rab, iqtisodiy sudda da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
IV. BANKLARGA VASIYLIK QILISh
36-modda. Vasiylikni tayinlash
Bankning muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish haqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bankning oldindan vasiydan rozilik olmay qilgan harakatlari haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat № 570, 19.12.1998-y.).
37-modda. Vasiyning vakolatlari
Vasiy bankning mansabdor shaxslari va uning aksiyadorlari vakolatlariga, shuningdek bank ahvolini normallashtirish uchun zarur choralar ko‘rish, jumladan qonun hujjatlariga muvofiq filiallarni yopish, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi.
Vasiy istalgan paytda fuqarolarning depozitlari va investitsiyalari bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga qisman yoki to‘la to‘xtatib qo‘yilganligini e’lon qilishi mumkin, bunda depozitlar va investitsiyalarning taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar ko‘rilishi shart.
Basharti, vasiylik vaqtida yoki vasiylik davrining oxirida bankni sog‘lomlashtirishning iloji yo‘qligi Markaziy bank tomonidan aniqlansa, u litsenziyani chaqirib oladi va belgilangan tartibda bankni tugatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat № 626, 11.02.1999-y.).

Download 94,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish