Bankdagi boshqa maxsus schetlar auditi


- «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va to’liqligini tekshirish



Download 26,99 Kb.
bet2/4
Sana22.05.2023
Hajmi26,99 Kb.
#942602
1   2   3   4
Bog'liq
10. BANKDAGI BOSHQA MAXSUS SCHETLAR AUDITI

5110 - «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va to’liqligini tekshirish. Auditor dastavval, hisob-kitob schyoti bilan bog’liq bo’lgan bank muomalalariga doir namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tasniflagichi bilan tanishib chiqishi zarur. Bu eng ko’p uchraydigan muomalalarni aniqlash va schyotlar bog’lanishining to’g’riligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada bunday tasniflagich yo’q bo’lsa, Bosh daftardagi schyotlar bog’lanishidan foydalanib, tegishli axborotga ega bo’lish mumkin. Bunda korxona faoliyatiga xos bo’lmagan muomalalarga doir schyotlar bog’lanishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Agar bank xizmati ko’rsatish shartnomasida bank tomonidan korxonaning pul mablag’laridan foydalanishi ko’zda tutilgan bo’lsa, auditor olingan foizlarning korxonada har oyda daromad sifatida aks ettirilishi yoki ularning hisob-kitob schyotiga haqiqatda o’tkazilishiga qarab aks ettirilishini tekshirishi lozim. Olinadigan foizlarni noto’g’ri aks ettirish nafaqat hisobot davridagi moliyaviy natijalarning buzib ko’rsatilishiga, balki korxonaga nisbatan soliq organi tomonidan moliyaviy jazo choralari (jarimalar) qo’llanilishiga olib kelishi mumkin.
shuningdek, auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida quyidagilarni ham tekshiradi:

  1. hisob registrlarini yuritish tartibi;

  2. bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo’yicha sintetik hisob registrining yuritilishi, yig’ma registr tuzilishi;

  3. hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari harakatiga doir muomalalarning sintetik hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishi; har bir bank ko’chirmasi ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi;

  4. bank ko’chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi.

Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning debeti bo’yicha yozuvlar 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» bo’yicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit ko’rinishida olingan pul mablag’larining kirimi, pul mablag’larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan qabul qilinishi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari», 6820-«Qisqa muddatli qarzlar», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari», 7820-«Uzoq muddatli qarzlar», 5510-«Akkreditivlar», 5520-«CHek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar», hamda bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo’yicha buxgalteriya hisobi registrlarining yozuvlari qaramaqarshi solishtirish yo’li bilan tekshiriladi.
Bank kassasiga topshiriladigan naqd pul mablag’larining to’liq kirim qilinishini tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank ko’chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining krediti bo’yicha yuritiladigan hisob registri ma’lumotlari qaramaqarshi tekshiriladi.
Pul mablag’laridan qanchalik haqqoniy va asosli foydalanishni aniqlash uchun, ularning mol yetkazib beruvchilardan qarzlarni qoplashga hisob-kitob schyotidan o’tkazilishini, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti bo’yicha hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish bo’limida tahlil qilish kerak.
5110 Hisob-kitob schyoti»ning krediti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2720-«Boshqa ishlab chiqarishlar» va boshqa xarajat schyotlarining debeti bo’yicha muomalalar sinchiklab tekshirilishi kerak. CHunki, mazkur holatlarda bajarilmagan ishlar va ko’rsatilmagan xizmatlar uchun pul o’tkazish yashiringan bo’lishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan pul mablag’larining hisobdan o’chirilishini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlarni, xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar bilan bog’liqlikda batafsil tekshirish va tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlariga qilingan sarflarni, ijtimoiy-madaniy xizmatlar uchun to’lash va boshqa xarajatlarni hisobdan o’chirishga doir xatolar aniqlashga yordam beradi. Bunday xatolar moliyaviy natijalarning buzib ko’rsatilishiga va soliq bilan bog’liq noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan hisobdan o’chirilgan naqd pul summalari (bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan hujjatlar, 5110-schyotning kredit oboroti yuritiladigan registr bo’yicha) va naqd pul mablag’larining kassaga kirimini (kassir hisoboti va 5010-schyot debet oboroti yuritiladigan registr bo’yicha) tekshirish hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda qaramaqarshi tekshiruv bo’lib hisoblanadi. Bunda auditor tomonidan quyidagilar aniqlanishi lozim:

  1. hisob-kitob schyotidan naqd pul mablag’ini hisobdan o’chirish muomalasi aks ettirilgan bank ko’chirmasiga kassa kirim orderi kvitansiyasi ilova qilinganligi va uning to’g’ri rasmiylashtirilganligi;

  2. 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oboroti (2-jurnal-order) va 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debet oboroti (1-jurnal-orderning vedomost tomoni) bo’yicha sintetik hisob registrlari yozuvlarining tengligi tekshiriladi.

Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish chog’ida aniqlangan kamchiliklarni auditor ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik tekshiruvining mazkur bo’limi bo’yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik hisobotida aks ettiradi.

Download 26,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish