Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisobkitoblarda zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit siyosatida valuta mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina qolmay, balki dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning oltin-valuta zaxira lari qiymatini saqlab turish imkoniyatini yaratadi. Boshqa mo liya muassasalari, korxonalar va jismoniy shaxslar ham xorijiy valutaga ega bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |