Bank operatsiyalari



Download 14,84 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi14,84 Kb.
#458342
Bog'liq
Bank operatsiyalari


Bank operatsiyalari — banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga boʻlinadi.

1. Banklar pul omonatlarini qabul qiladilar va joylashtiradilar, kreditlar beradilar hamda jalb etadilar, mijozlar va gumashta banklarning topshirig‘iga ko‘ra hisob-kitoblarni amalga oshiradilar va ularga kassa xizmatini ko‘rsatadilar.


Banklar qonunga xilof bo‘lmagan va o‘z ustavlarida ko‘zda tutilgan boshqa operatsiyalarni ham, jumladan quyidagi operatsiyalarning hammasini yoki ayrimlarini, chunonchi:
a) mijozlar va gumashta banklarning hisob raqamini yuritishni;
b) investitsiyaga sarflanadigan mablag‘lar egasining yoki ularni tasarruf etuvchilarning topshirig‘iga ko‘ra kapital mablag‘larni pul bilan ta’minlashni;
v) to‘lov hujjatlari va boshqa xil qimmatli qog‘ozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar) chiqarishni;
g) davlat to‘lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, sotish va saqlash hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni;
d) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etishni nazarda tutuvchi kafillik, kafolat berish va boshqa majburiyatlar olishni;
e) tovarlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelib chiqadigan to‘lovni talab qilish huquqini olish, bunday talablarning bajarilishini va ularning inkassatsiyasini tavakkal qilib o‘z zimmasiga olishni (faktoring);
j) asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulklar sotib olish va ularni ijara shartlari asosida o‘tkazishni (lizing);
z) chet el valyutalarini tashkilotlar va fuqarolardan xarid qilib olish hamda ularni sotishni;
i) chet elda qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek qimmatbaho metallardan hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni xarid qilish va sotishni;
k) qimmatbaho metallarni hisob raqamlariga va omonatlariga jalb etish hamda joylashtirish va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq ravishda ana shu boyliklar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalarni bajarishni;
l) mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni jalb etish va ularni joylashtirish, qimmatli qog‘ozlarni boshqarish hamda boshqa ishlarni bajarishni;
m) bank faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan maslahatlar berishni amalga oshirishlari mumkin.

2. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirig‘iga binoan respublika budjetining bajarilishi bo‘yicha kassa operatsiyalarini amalga oshirishlari shart.


3. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z vakolati doirasida beradigan ruxsatga ko‘ra boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan operatsiyalar respublika hududida muomalada bo‘lgan pul birliklarida o‘tkaziladi.
Download 14,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish