O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“BANK-MOLIYA XIZMATLARI” FAKULTETI
“BANK ISHI” KAFEDRASI
“BANK ISHI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: “PUL MUOMALASI QONUNLARIVA ULARDAN KELIB CHIQADIGAN TALABLAR”
Bajardi: 2-kurs Bank ishi va audit Shokirov.A.
Ilmiy rahbari:
Topshirgan sanasi:
Himoya qilingan sanasi:
Baho:
Samarqand-2023
Kirish.
I bob. Pul muomalasi qonunlari.
Pullarning inson hayotidagi vazifalari,kelib chiqishi va turlari.
1.2 Pullar taklifi va uni tartibga solish asoslari.
II. Pul massasini tartibga solish usullari.
2.1 Pul massasini tartibga solish. Naqd va naqdsiz shakldagi pul aylanishi.
2.2 Pul bazasi va pul multiplikatorlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Pul inson kashfiyoti bo`lib, u juda qadimdan ma`lum. Pulning taqdiri ayirboshlashga borib taqaladi. Insonning yana bir muhim kashfiyoti bo`lgan ayirboshlash va uning rivoji pulni yuzaga keltirgan.
Pul birdaniga hozirgi shakliga aylangani yo`q. Bu uzoq davom etgan taraqqiyot natijasidir. Ayirboshlash boshida bevosita tarzda amalga oshgan, ya`ni tovar bevosita tovarga almashilgan. Bu jarayon kengayishi bilan vositachilik zaruriyati tug`iladi, uning oddiy shakllari murakkablashib, pulning va uning hozirgi holatining paydo bo`lishiga olib keladi.
Tarixda pul vazifasini sharoitga qarab turli tovarlar (masalan, tuz, asal, quritilgan baliq, sadaf, mo`yna kabilar) bajargan. Kengroq tarqalgani chorva bo`lgan. Lotinlarda pul "pessiya" deb atalib, chorva so`zidan olingan. Kapital "kapit" so`zidan olinib, bu ham lotincha chorva boshi degan mazmunni bildiradi. Tarixda halqasimon katta-kichik toshlar, bug`doy, un, choy, fil suyagi pul o`rnida ishatilganligi ma`lum.
Pulning paydo bo`lishidagi keyingi davr metall pullar bo`lib, bunda kumush va oltin etakchilik qilgan. Aytaylik, Buyuk Britaniya pul birligi funt sterlingning ma`nosi bir funt kumushni anglatadi. Rossiya pul birligi rubl kumushning bo`lagi, bo`lingan qismi ma`nosini bildiradi. Dollar va taller ham "tahler", ya`ni katta kumush tangalar degan ma`noni beradi.
Pulning eng keyingi ko`rinishi qog`oz pullar bo`lib, buning ham tarixi katta. Bundan oldin monetalar yuzaga keladi. Bu metall pullar bo`lagi bo`lib, mis, bronza, kumush, oltin monetalar bosilib chiqarilgan. Moneta so`zi yunonlarning monastir nomidan kelib chiqib, bunda tangalar yasalgan. Moneta tangalar barcha mamlakatlarga tarqalib ketgan. Tanga — monetaning paydo bo`lishi savdoda mayda pul zarurligidan kelib chiqadi. Moneta — og`irligi belgilangan, qadri muhrlangan metall bo`lagidir.
Uzoq vaqtgacha, hatto XX asrgacha, oltin pul vazifasini bajarib, xaqiqiy pul hisoblangan. Bunda oltinning noyobligi, qadrliligi va boshqa ko`p qulayliklar yaratadigan tabiiy xususiyatlarining ta`siri katta. Lekin uning pulga aylanishining asosiy sababi tovar ekanligi, zarur qiymatga ega bo`lishidadir. Ko`p vaqtgacha oltinning vakili sifatida qog`oz pullar kuchga ega bo`lgan. Kog`oz pullar monetalar o`rniga chiqarilgan. qogoz pullar birinchi marta qadamgi Хitoyda 1X asrda muomalada qo`llanilgan. So`ngra boshqa mamlakatlarda ham asta-sekin paydo bo`la boshlagan va hozir barcha mamlakatlarda qog`oz pullar asosiy pul bo`lib qoldi. Muomalada oltin pullar bo`lgan mamlakatning o`zi qolmadi.
Pulning mohiyati. Har bir mamlakat o`zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo`lib xizmat qiladi. Lekin ularning qadri-qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O`zbekiston va Qirg`iziston so`mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo`lganda ma`lum miqdordaga qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o`zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko`p tomonlar, hatto siyosiy o`zgarishlar, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlar kabi ta`sirlar natijasidir.
O`zbekistonning o`z milliy puliga ega bo`lishi davlat mustaqilligi, uning mustahkam iqtisodiyotini yaratishda katta o`rin egallaydi. Milliy pulimiz bo`lgan so`mning qadrini oshirib borish, uning iqtisodiy ta`sirini kuchaytirishga erishish va boshqa mamlakatlar puliga tenglashtirish darajasini ta`minlash juda zarur va muhim vazifadir.
So`mning, avvalo mamlakatimiz ichida, so`ngra xalqaro miqyosdagi tenglashuvi, almashuvchanligi (konvertatsiyasi)ni amalga oshirish talab qilinadi. Bu osonlikcha o`z-o`zidan amalga oshmaydi. Bunga avvalo, ayirboshlashni rivojlantirish, tovar-pul muomalasini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Chunki, pul ayirboshlashdan kelib chiqadi va uning taraqqiyoti tufayli rivojlana oladi. Ayirboshlash esa bozorni tovarlar, xizmatlarga to`ydirish orqali tezlashadi. Bular iqtisodiyotning qudratli bo`lishi, ishlab chiqarishning industrlashtirilgan darajadagi rivoji tufayli amalga oshishi mumkin.
Qog`oz pullarning nominali (qadrliligi)ni xaqiqiy pul o`rniga chiqaradigan hukmron saltanat yoki bankir o`z imzo va muhrlari bilan tasdiqlaydi va zarur vaqtda uning asosidagi pulni qaytarish majburiyatini oladi. Bora-bora bu vazifa markaziy banklar qo`liga o`tadi. Pul emissiyasiga yo`l qo`ymaslik zarur shart hisoblanadi. Chunki, emissiya real qiymatlarga ega bo`lmagan qo`shimcha pul belgilarining chiqarilishini bildiradi. Shuning uchun o`z vaqtida banknotlarning oltinga erkin almashinishi kafolatlangan edi. Hozir unday emas.
Nima uchun bozor iqtisodiyotida pulning ta`siri katta va barcha ishtirokchilar imkoni boricha ko`p pulga ega bo`lishga, tovarlarini tezda pulga aylantirishga urinadilar? Pul ijtimoiy mehnatni ifodalaydi, u qiymat timsoli, ya`ni pul o`zida qiymat miqdorini ifodalaydi. Shunga ko`ra pul maxsus tovar hisoblanadi. Pulga ega bo`linsa, mikdoriga qarab istalgan vaqtda xohlagan tovarga yoki tovarlashgan xizmatga ega bo`lish imkoni mavjud.
Pul muomalasi. Pul o`z xususiyatiga ko`ra, avvalo muomala vositasidir, ya`ni tovarlarni bir-biriga almashtirish pul vositasida amalga oshadi. Chunki, tovar egasi bo`lgan sotuvchi xaridorga tovarni sotib, tovarning qiymatini pul sifatida oladi. Shuning uchun talab bilan taklifni bir-biriga pul ulaydi va ularning uzilishiga barham beruvchi bo`lib hisoblanadi.
Tovarlarning siljishi, harakat tezligi, bir-biriga yaqinlashuvi pul vositasida amalga oshadi, deyish mumkin. Ayirboshlashning eng yuqori pog`onasi bo`lgan muomala mazmunan pul tufayli yuzaga keladi. Tovar-pul mu-omalasi esa bozor sharoitining asosidir. Demak, bundan pul va pul muomalasining bozor iqtisodiyoti rivojidagi o`rnini baholash qiyin emas.
Mamlakat iqtisodiyotining muvozanati, uning muomalasini ta`minlash uchun ma`lum miqdorda pul talab qilinadi. Buni aniqlashda bir necha tomonlarga e`tibor berish zarur. To`lovlar naqd yoki naqd pulsiz bo`lishi mumkin. Agarda tovarning xaqi bevosita pul to`lovi orqali amalga oshsa, buni naqd pul asosidagi oldi-sotdi deyiladi. Basharti bevosita pul to`lovisiz oldi-sotdi yuz bersa, bunday oldi-sotdi pulsiz to`lov deyiladi. Asosan banklar orqali pul o`tkazuv shu usulga kiradi. Shuning uchun ham zaruriy pul miqdorini belgilashda bunday voqelik e`tiborga olinadi. Chunki, u bevosita pul zaruriyati darajasiga ta`sir etadi.
Bundan tashqari zarur pul miqdorini aniqlashda pul harakati tezligi ahamiyatlidir. Bu pul birligining yil ichida necha marta qo`ldan-qo`lga o`tib, tovar egalarining o`zgarishidagi ishtiroki darajasiga bog`liqdir, ya`ni pul qancha ko`p "ishlasa" — tovarlar, xizmatlarning oldi-sotdisida ko`p qatnashsa, shuncha tez harakat qilganligi aniqlanadi. Masalan, bir yilda shartli ravishda 100 mln so`m tovar, xizmatlar sotilishi 10 mln so`m pul tufayli amalga oshgan bo`lsa, har bir so`m yiliga o`rtacha 10 marta aylanib, o`z harakat tezligi darajasini belgilaydi (V).
Shunga asoslangan holda normal muomala uchun zarur pul miqdorini belgilash mumkin bo`ladiki, bu ayirboshlashni tenglashtirishga yordam beradi.
Mamlakat muomalasi uchun zarur pul miqdorini — M, sotiladigan tovar, xizmatlar bahosining o`rtacha darajasini — R, yil ichida sotiladigan tovar, xizmatlar umumiy hajmini Q, pul harakati tezligini — V bilan belgilasak, unda quyidagi tenglikka ega bo`lamiz: Pul miqdori
M = RQV
Demak, mamlakatda qancha pul ko`p bo`lsa mamlakat shuncha boy va yaxshi holatda bo`ladi deyish, noto`g`ridir. Chunki, pul ortiqchaligi ham, etishmovchiligi ham yaxshi emas, ya`ni pul hajmi ixtiyoriy bo`lmaydi. Aytaylik, ishlab chiqarish o`zgarmay, narxlar ko`tarilsa, albatta qo`shimcha pul miqdori talab etiladi yoki pul harakati tezlashib, ishlab chiqarish hajmi va baholar o`zgarmagan holda pul kam miqdorda talab etiladi. Aytish mumkinki, gap pulning umuman, ko`p-ozligida emas, balki u ifoda etadigan boyliklar hajmidadir.
Quyida esa pul muomalasi qonunlari ularning harakati haqidagi bir qancha tafsilotlarni batafsil ko`rib chiqamiz.
I bob. Pul muomalasi qonunlari.
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
Pul uzoq zamonlardan bеri odamlarga ma’lum. Pulning kеlib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holdatushuntiriladi.
Pulning vujudga kеlishi va mohiyatining turli ilmiy kontsеptsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontsеptsiyalar muhim o’rin tutadi.
Ratsionalistik kontsеptsiya pulning kеlib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kеlishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kеlishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kеlib chiqishiga sub’еktiv psixologik yondashuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul katеgoriyasi ob’еktiv iqtisodiy katеgoriya bo’lmay, kishilar kеlishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’еktiv katеgoriyadir.
Pul kеlib chiqishining evolyutsion kontsеptsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mеhnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kеlgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi. Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandеk ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalеnt rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalеnt shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi.1
Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shakllarimavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalеnt rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir mеtallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalеnt rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir mеtallar). Chunki, ekvivalеnt rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga kеldi.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-kеtin oltin valyutaga, ya’ni monomеtall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Gеrmaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.
Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan shaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi.
Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi.
Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari,
ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan:
1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi.
2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi.
3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi.
4. Sifat jihatidan bir xilligi.
5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi.
Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi.
O’zbеkiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan kеyin, 1507 yilda pul islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar yetib kеlgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo’lgan.2
Umumiy ekvivalеnt rolining nodir mеtallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
sifat jihatdan bir xil o’lchamga kеltirish mumkinligi;
zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
bo’linuvchanligi va bo’lgandan kеyin yana yaxlit holga kеltirish mumkinligi;
bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi;
tabiatda nisbatan kamyobligi
ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir mеtallning qiymati ancha yuqoriligi.
Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi maxsus tovardir.
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning mеtallistik, nominalisitik va miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin.
Pulning kеlib chiqishi va muomalada bo’lishi mеtall pullar bilan bog’liq bo’lganligi sababli dastlab pulning mеtallistik nazariyasi vujudga kеlgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir mеtallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo’lgan.
Pulning mеtallistik nazariyasining rivojlanishida mеrkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o’rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida dеb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir mеtallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto’g’ri baho bеrish hamda pul fеtishizmining rivojlanishiga olib kеldi.
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari mеtallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o’zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli bеlgi sifatida qarab, ularning nodir mеtallar bilan aloqadorligini rad qiladilar.
Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o’rta asrlarda to’la qiymatga ega bo’lmagan mеtall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo’ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko’ra faqat davlatgina pullarning qiymatini bеlgilashi mumkin, dеgan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bеkor qilinishi bilan, nominalistik nazariya yanada rivojlandi.
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o’zgarishining dastlabki sababidir, dеgan.
Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko’rib chiqamiz: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi; 4) to’lov vositasi.
Pulning qiymat o’lchovi vazifasini idеal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran idеal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori tеng bo’lgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq kеladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Dеmak, tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga bog’liq.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi pul matеrialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) dеb ataladi. Bir tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi kеrak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.3
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kеrak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari rеal pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning bеvosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lishi muomala vaqtida qiyinchiliklar tug’dirgan: pul mеtallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini bеlgilash zarur bo’lgan. Kеyinchalik mеtall quymalari o’rniga monеta (mеtall tanga)lar ishlatila boshlagan.
Uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar yeyilib kеtishi, o’z vaznining bir qismini yo’qotishi sababli muomalaga to’la qiymatli bo’lmagan qiymat bеlgilari chiqarilgan.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik to’plashning pul jamg’arish shaklini kеltirib chiqaradi.
Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg’arish uni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Kеyinchalik foyda kеtidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan pul foyda kеltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kеchiktirib sotilganda, pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kеlgandan kеyingina to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan chеklanmay, pul qarz bеrilganda, rеnta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog’oz pullar, vеksеl va banknotlar – pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kеlib chiqqan.
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-krеdit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dеkrеt pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali bеlgilaydilar.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydilar. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalеnt sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni istе’mol qiymatiga ega. Uning istе’mol qiymati umumiy ekvivalеnt sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi.
To’la qimmatli pullardan o’z qiymatiga ega bo’lmagan pul bеlgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan xususiyatlar – qiymat va istе’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni – qiymat bеlgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi.
Qog’oz pul umumiy ekvivalеntlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bеvosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat bеlgisiga ega bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi2.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalеnt bo’lib emas, balki o’z egasining qo’lida foyda, daromad olish vositasi bo’lib xizmat qiladi, o’zidan-o’zi o’suvchi qiymatga, bir so’z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog’oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog’oz pul, tanga-chaqalar) va krеdit pullar (chеk, vеksеl, sеrtifikat, to’lov talabnomalari va h.k.). Bundan ko’rinadiki, pul kapital sifatida muomalada bo’ladi, unga qo’shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad kеltiradigan maxsus vositaga aylanadi.
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kеlib chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kеlib chiqishiga sabab bo’ldi va uning rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
Puldan foydalanish g‘oyasi albatta juda ajoyib! Ammo aksariyat kishilar puldan foydalanish fikri ilk bor kimning miyasiga kelganligini va biz pulni nega qadrlashimizni bilishmaydi.
Ming yillar ilgari hali pul muomalaga kiritilmagan edi. Qadimgi odamlar molni almashtirish yo‘li bilan savdo qilishgan. Bu agar unga o‘zida yo‘q narsa kerak bo‘lib qolsa, u shu narsasi mavjud odamni topish kerak deganidir. U o‘ziga kerak narsaning egasiga biror bir narsani tavsiya qilishi, agar uning moli savdolashuvchi sherigiga kerak bo‘lmasa u o‘ziga kerak narsani ololmas edi.
Vaqt o‘tishi bilan ayrim narsalar pul sifatida foydalanila boshlandi, zero hamma ularga ega bo‘lishni xohlardi. Masalan, bir paytlar sigir, tamaki, g‘alla, hayvon terilari, tuz va munchoqlar kabi hammaga birdek kerak narsalar pul o‘rnida muomalada bo‘lgan. Keyinchalik bu narsalarni bir parcha temir siqib chiqardi.
Pul muomalasi va uning amal qilish qonunlari
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir.
Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo’lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muoma-lasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi.
Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan.4
Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori bo’lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini qo’yidagi formula bilan ifodalash mumkin. Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
− naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
− pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha. Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi.
Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.
Ilk tarihiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Yoozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosobatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda.
Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi.Qo’l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi.
Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu davr talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Evropadagi XV asrdagi «pul ocharchiligidan» dan ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi muammolarini echishdagi roli beqiyos bo’ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Quyida biz pul nazariyalarning ba’zi birlariga qisqacha ta’rif berib o’tamiz
Pulning metallik nazariyasi. Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612y.)edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641y.), D.Nors (1641-1691y.), Frantsiyada bu ta’limotni A.Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F.Tamani (1728-1787y.) va boshqalar rivojlantirdi.
Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishiiqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:
ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar;
ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy qadriyatlar yig’indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariyasi targ’ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarimiga kelib sanoat burjuaziyasi manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariyasi o’z mavqesini yo’qotdi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K.Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi.5
Bu paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metal bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir.
Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishini yoqlab chiqdilar.
1. Oltin tanga standarti. Oltin standarti birinchi marta 18-asrda Angliyada va 19-asrning oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko’rinishidir. Bu standart birinchi jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartga xos bo’lgan belgilar qo’yidagilardan iborat bo’lgan:
tovarlarning baholari faqatgina oltinda o’lchanardi; oltin tanganing muomalada bo’lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi;
kredit pullarini ularni nominali bo’yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib kirish yoki olib chiqishning ta’qiqlanmanligi; ichki bozorda oltin moneta va banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni, to’la haqiqiy qiymatga) ega bo’lmagan paytda chaqalar va ma’lum kursga ega bo’lgan davlat qog’oz pullarining muomalada bo’lishi.
Bu pul tizimi mustahkam pul tizimi bo’lib, inflyatsiyani inkor etar edi. Muomala uchun zarur bo’lmagan oltin miqdori yana xazina ko’rinishiga qaytar edi. Ammo kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh dan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishini va oltinni chetga olib chiqishni bekor qilindi. Oltin muomaladan surib chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar muomalada bo’ldi.
2. Oltin quyma standart. Birinchi jahon urushidan keyin 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standart joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro oborotga chiqarildi. Ichki oborotda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo’lib qoldilar xolos.
3. Oltin deviz standart. Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o’z kredit pullarini oltin quyma standartga kiruvchi mamlakatlarning devizlariga (ya’ni valyutalariga) almashtirishini mo’ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga bog’liqlarini keltirib chiqarar edi. Pul sitemasining bu ko’rinishi oltin deviz standart nomini oldi. 1929-33 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o’zida olib qoldi. Bu standartning o’ziga xos xususiyati shunda ediki; birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko’rinishlari o’z kuchini yo’qotdi.
Oltin standarti barbod bo’lishi va iqtisodiyotni davlat ishtirokida boshqarilishiga o’tilishi bilan metall pul nazariyasining o’rni boshqa nazariya bilan almashtiriladi. Neometalizmoimining asosiy kamchiligi shundaki, ular iqtisodni davlat tomonidan boshqarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan kredit pullar orasida ichki bog’lig’ini e’tiborga olmadilar.
II bob. Pul massasini tartibga solish usullari.
Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi bo’lib pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo’jalik oborotidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat tashkilot, muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davr uchun miqdoriy o’zgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi hajmi va o’sish su’ratlarini tartibga solish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pulagregatlari) dan foydalaniladi.6
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati - muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;
M-2 agregati - M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati - o’z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati - M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada - 3ta, Angliya va Frantsiyada - ikkita pul agregatidan foydalaniladi. Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to’g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo’llaniladi.
M-O agregati - naqd pullar;
M-1 agregati - M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo’yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyushmalari jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag’lar tijorat banklariga qo’yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M-2 agregati - M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli qo’yilmalardan iborat;
M-3 agregati - M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo’lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi - bu pul mablag’larining xo’jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism - jamg’armadagi pullar va schyotlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli schyotdagi mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - qariyb pullar deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul massasining turli xil ko’rsatkichlarini ishlatish pul muomalasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi. Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o’zgarishi muomaladagi pul massasining o’zgarishi natijasi va pulning aylanish tezlashganligi natijasi bo’lishi mumkin.
Pulning aylanish tezligi - pul muomala vositasi va to’lov vositasi sifatida amal qilgandagi uning harakat ko’rsatkichidir. Uni miqdorini hisoblash qiyin, shuning uchun uni hisob-kitob qilishda bilvosita ma’lumotlardan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tezligi o’sishining ikki ko’rsatkichi hisoblanadi:
- daromadlar aylanma oborotida pulning muomalada bo’lish tezligi ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning pul massasiga, aniqrog’i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o’zaro aloqadorlikni ko’rsatadi;
- to’lov oborotida pulning aylanuvchanlik ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich joriy bank schyotlari bo’yicha o’tkazilgan mablag’lar yig’indisining pul massasi o’rtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Pulning aylanish tezligining o’zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyotning tsiklik rivojlanishi, iqtisodiy o’sish, narxlar su’ratlari), to’la monetar (to’lov oboroti tarkibi, kredit operatsiyalari va o’zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida foiz stavkalarning darajasi va h.k. lar) omillariga bog’liq.
Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pullar bilan almashtirishishi, o’zaro hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi, banklar ishiga EYoM ning kiritilishi, pullik hisob-kitoblarda elektron vositalarining ishlatilishi yordam beradi.
Pul qadrsizlangan hollarda iste’molchilar pullarining to’lov qobiliyatini saqlab qolish uchun tovarlar ko’proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi. Boshqa ko’rsatkichlar o’zgarmas bo’lganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi.7
Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Inflyatsiya lotincha «inflatio» so’zidan olingan bo’lib «ish», «bo’rtish», «ko’pchish» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan.
Tarix haqiqatda ham bu so’zning har tomonlama xavfli ekanligini ko’rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o’sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so’zining iqtisodiy o’girtmasi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o’sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to’lanishi mumkin bo’lgan talablarning vujudga kelishga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi.
Inflyatsiya so’zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida fuqarola urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln. grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo’llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida namoyon bo’lgan.
Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo’lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko’rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo’lmasdan, tarixan mavjud bo’lgan jarayondir.8
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma’lum xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Yoozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan yoki bu ko’rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo’llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya’ni, xaqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan.
Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda namoyon bo’lgan. Yoozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib xo’jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib, sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi.
Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg’arma va iste’mol o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo’jalik faoliyati bilan bog’liq turlariga bo’linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo’jalikdagi va iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka yo’l qo’yish, iqtisodning tsiklik rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit siyosatining notug’ri olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi krizislar; davlat byudjetning defitsiti, davlat qarzlarining o’sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo’l qo’yish va boshqalar kiradi.
Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zahiralari bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.9
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba’zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o’sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo’lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan.
Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin.
Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur’atlarda bo’lmasdan, sakrab turadigan bo’lishi mumkin. Lekin, ba’zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo’lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to’liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma’lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to’g’risida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini to’g’ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba’zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bo’lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo’lishi mumkin.
Inflyatsiyaning turlari va toifalari. Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o’sib borishiga qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo’lib qaraladi:
-Sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o’rtacha yillik o’sishi 5-10% dan oshmaydi.
Inflyatsiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo’lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o’zgarish sezilmasligi mumkin.
-Shiddatli inflyatsiya. Baholarning o’rta yillik o’sishi 10-100% (ba’zida 200% gacha) bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq uchraydi.
-Giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Yoozirgi davrda XVF baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyatsiya deb qabul qilgan.
Giperinflyatsiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish haqi o’rtasidagi farq juda yuqori bo’ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo’jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashtirish avj oladi.
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko’rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an’naviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o’sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi.
Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat.
a) harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar muomalaga keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi.
b) davlat qarzlarning o’sishi va byudjet defitsitining mavjudligi. Byudjet defitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yo’li bilan qoplanadi. Bu o’z navbatida qo’shimcha muomala vositalari bo’lishiga, qo’shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O’zbekistonda byudjeti defitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda.
v) Xalq xo’jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan bog’liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni oshiradi.
g) Chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el valyutaning qadri oshadi.
d) Xalq xo’jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash ham oborotga qo’shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishiga olib keladi.
Shunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning o’sishi natijasida baholar o’sishi bilan namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiyasi.
Bu inflyatsiyaning sabablari quydagilar bo’lishi mumkin:
a) har xil jarayonlar va tarkibiy o’zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman xalq xo’jaligi bo’yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo’yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo’ladi ishlab chiqarishga nisbatan kam mehnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug’iladi. Natijada tovar va xizmatlarga bo’lgan baho oshib boradi.
v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k. bu zanjir uzluksiz davom qilish mumkin.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G’arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi qilib chakana baholarning o’zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma’lum davrda baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar o’sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baholar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlang’ich nuqtasi qilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar o’zgarishi, o’rtacha yillik o’sishi sur’ati hisoblanishi mumkin.
Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yig’indisi, ya’ni, tovarlar bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy bahosi, ya’ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin.
Baholar indeksini hisoblashda iste’mol tovarlar bahosining indeksi katta axamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis yildagi baholar indeksiga nisbatan oshishi - inflyatsiya - «Baholar darajasining oshishi» dan, baholar indeksining kamayishi-deflyatsiya-«Baholar darajasining kamayishi» dan dalolat beradi.
Aytaylik bazis davr 1990 yil bo’lsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va 1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki 250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 so’m turgan bo’lsa, 1997 yilda shu tovar 350 so’m turadi. joriy (1997) yilda bozor savati = joriy (1997) yilda х 100 bazis yilda aynan bozor savat bahosi (masalan 1990 yil) Baholar indeksini Iste’mol tovarlar bahosi indeksidan tashqari ba’zi guruh tovarlar va xizmatlar masalan, kiyim, oyoq kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va boshqalar bo’yicha baholar indekslarini hisoblash mumkin.
Baholar indeksiga asoslanib inflyatsiya sur’atlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis davr baholar indeksiga bo’lamiz. Masalan, 1990 yilda ist’emol tovarlarning baho indeksi 110, 1997 yilda 140 bo’lsa, 1997 yilda inflyatsiya sur’ati quyidagicha aniqlanadi.Demak, 1997 yilda inflyatsiyaning o’sish sur’atlari taxminan 27,3% teng bo’ladi.
Inflyatsiyaning o’sish sur’atlari to’g’risida gapirganda, uning rivojlanishini son jihatdan aniqlanishning boshqa yo’li ham mavjud. Buning usul «70 lar qoidasi» deb ataladi. Agar har yili inflyatsiya darajasi ma’lum bo’lsa, baholar ikki karra oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun «70» ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo’lish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo’lsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiyasi darajasi 20% bo’lsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra oshishi kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflyatsiyaning o’sishi sur’atlari yuqori, (har kuni, oyda o’zgarib boradigan) bo’lsa, qulay hisoblanmaydi «70 lar qoidasi» aholi jamg’armalarining, real yoki milliy mahsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to’g’ri aniqlab berishga imkon beradi.
Pulning qadrsizlanish darajasi alohida olingan mamlakatda har xil bo’lishi mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va u tez o’tishi, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va «davolash» ham ko’proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 - 1984 yillarda baholar o’sishi sur’atlarni oladigan bo’lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan (Germaniya), 71% (Jazoir) gacha bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan 140 - 110 х 100 = 27,27% 110 = Inflyatsiya sur’ati (Yoindiston), 153% ga (Argentina) etgan. Inflyatsiyaning namoyon bo’lishi har bir mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy xo’jalik faoliyatiga va xususiyatiga, milliy an’nalariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog’liq.
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari - Argentina, Braziliya, Peru kabilar kiradi. Bu davlatlarga surunkali davlat byudjeti defitsiti, iqtisodiy muvozanatning yo’qligi asosiy va oborot fondlar qiymatining doimo indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet defitsitini emissiya yo’li bilan moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga etishi kuzatilgan.
Lotin Amerika mamlakatlarida chakana baholar dinamikasi (yilda o’zgarish, %) Mamlakatlar 1987 1989 1990
Nikaragua 1347,9 3452,4 8500,0
Peru 114,5 2948,8 8291,5
Argentina 174,8 3731,0 1832,5
Braziliya 365,9 1765,0 2359,9
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini emirib tashlashi
natijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur bo’lgan. 1983 yilda iyungacha, ya’ni muomalada eski peso bo’lganda Argentinada bir juft tufli etti million peso, engil mashina sotib olish uchun bir necha milliard peso kerak bo’lgan.
Bu hol hisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik tug’dirgan. Bir necha marta o’tkazilgan denominatsiyalar pul qadrsizlanishini tuxtatishga asos bo’la olmagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo’lgan inflyatsiya darajasini baholar indeksidan ham ko’rish mumkin. Bu mamlakatlarda baholar indekslari bir necha sonlardan iborat bo’lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda baholar indeksi 842162 yoki bu ko’rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming marta oshganini, Argentina uchun shu indeks 436432250, bu baholar 436 ming marta oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari ko’rsatib turibdiki, 1990 yilda
Nikaraguada tovarlar bahosi 8500%, Peruda - 8291,5%, Braziliyada - 2359,9% ga oshgan. Ikkinchi guruh mamlakatlar: Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Eron, Suriya kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo’qligi, moliyaviy siyosatdagi kamchiliklar - defitsitni moliyalashtirish, xalq-xo’jaligiga ko’p kreditlar ajratish inflyatsiyani bo’lishini ta’minlamoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli xarakterga ega bo’lib, baholarning yillik o’sishi 30-40% atrofida, ba’zida undan yuqori bo’ladi. Inflyatsiya sur’atiga qarab jamg’armalar, to’lovlar bo’yicha indeksatsiya o’tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.
Uchinchi guruhga: Yoindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo’lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur’ati 5-20% atrofida va qisman indeksatsiya o’tkazilib turiladi.
To’rtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Baxreyn, Arabistonda - iqtisodiy muvozanatning mavjudligi, inflyatsiya sur’atlarining sustligini ko’rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% tashkil qiladi va uni sudraluvchi inflyatsiya deb qarash mumkin.
Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat olib boriladi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodi rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chet el valyutasi tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda katta rol o’ynaydigan omil hisoblanadi.
O’zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O’zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko’p e’tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’tlari tushib ketdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko’p xarajat qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o’tish natijasida (oziq ovqat va yoqilgi resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli O’zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSR da, jumladan O’zbekistonda 90-yillardagi inflyatsiya-sining asosiy sabablari
- iqtisodiy muvozanatning yo’qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi natijasida rejali iqtiso-diyotdagi inqiroz;
-mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;
-ishlab chiqarishda xarajatlar salmog’ining oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.
Undan tashqari, rivojlangan bozor sharoitiga o’tmasdan turib baholarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo’limlarining yakka hukmronlik o’rnatishi, baholarni xoxlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarini noto’g’ri olib borish, iqtisodning «dollarlashuvi», «rubl zona»sining emirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
1. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:
- ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to’g’onoq bo’ladi.
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o’tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko’ra savdo sohasidagi kapital tezroq va ko’proq foyda keltiradi;
- baholarning o’zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat bo’lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;
- kredit berish jarayonlari cheklangan bo’ladi. Qarz oluvchilar ko’payadi-yu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin;
- davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.q.
2. Aholining kam daromad oluvchi qismining sotsial jihatdan ahvoli yomonlashadi.
Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o’sishidan tushib ketishi natijasida aholining hayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi jamg’armalarininig qadrsizlanishiga olib keladi. Ba’zida inflyatsiya aholi ba’zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.
Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni indeksatsiya qilib boradi.
O’zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O’zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko’p e’tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’tlari tushib ketdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko’p xarajat qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o’tish natijasida (oziq ovqat va yoqilgi resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Naqd va naqdsiz pul mablag’lar hisobi
Kassa muomalalarini yuritish qoidalari yuridik Shaxslarning pul mablag‘larining tashkil topishi, saqlanishi va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat qilinadi. 1998 yil 12 dekabrda ro‘yhatga olingan va 1998 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Yuridik Shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da 10batafsil eritib berilgan.
"Yuridik shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da barcha yuridik Shaxslar quyidagilarga amal qilishi shart:
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart;
yuridik shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar ishtirokidagi hisoblashlar faqat bank muassasalari orqali hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida amalga oshirilishi zarur;
bank muassasasidan olingan naqd pullar qaysi maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarga sarflanishi mumkin;
tashkilot o‘z kassasida faqat bank muassasasi raxbari tomonidan tashkilot raxbari bilan kelishilgan xolda belgilangan limit chegarasida naqd pul saqlashi mumkin;
tashkilot o‘z kassasida limitdan ortiqcha naqd pullarni faqat mexnat haqi, stipendiya, mukofot, nafaqa berish vaqtida 3 kun muddatda saqlaShi mumkin;
savdo va xizmat ko‘rsatish soxalaridan kelib tushgan tushumlarni mexnat haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun sarflash taqiqlangan;
xizmat safarlari uchun beriladigan pul qiymati o‘sha hududda belgilangan sarf-xarajatlar me’yorida bo‘lishi zarur;
sarflanmagan naqd pullar tashkilot kassasiga 3 kun ichida qaytarilishi Shart va naqd pul olgan hisobdor shaxs buxgalteriyaga avans hisoboti topShirishi Shart.
Pul mablag‘larining saqlanishi va ularning to‘gri foydalanish javobgarligi korxona raxbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolari qoidalariga rioya qilishi va ularni belgilangan qat’iy tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishlari zarur.
Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruk chiqkanidan sung korxona rahbari uni o‘pimalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tugilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishini tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) uning tegishili boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga utkazadi. Bunda kayta hisoblashish natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi.
Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan shart sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf o‘rnatilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muxr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, kutichalarda korxona rahbarida turadi.
Kassir nakd pul belgilari va tangalarni kassaga qabul kilib olishda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining to‘lovga yaroklilik alomatlarini aniqlash qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ishonchliligiga shubha tugdirmaydigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri ataylab buzish alomatlari bulmagan, shuningdek bo‘zilish tarzidan qat’iy nazar yuza tomoni (ungi)da qiymatining to‘liq miqdori va tasviri saqlangan harfli seriya va rakamlari to‘liq saqlangan qogoz pullar va tangalar to‘lovga yaroqli hisoblanadi.
Quyidagi kamchiliklarga ega bo‘lgan qogoz pullarni korxonalar tushum sifatida so‘zsiz qabul qilishi va bankka topshirishi shart:
istalgan joyida teshiklar, yirtiqlar, kirilgan joylar, dog’lar, qalam va siyohda yozilgan yozuvlar bo‘lgan qog’oz pullar;
yirtilgan va shu yirtilgan joyidan elimlab yopishtirilgan, lekin ikkala qism ham bir qogoz pulga tegishli bo‘lgan qogoz pullar;
buyoq tegib, o‘z rangini o‘zgartirgan joylari bo‘lgan qogoz pullar;
to‘liq kattaligi saqlanib qolmagan qog’oz pullar.
Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari harajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitantsiya (ung qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergal shaxs tomonidan imzolanadi. Kirim orderini kassaga topshirishdan oldin, albatta, kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnalida (KO-3 yoki KO-4 shakli) qayd qilinishi lozim. Jurnal ikki qismdan iborat: chap qismida kassaga kelib tushgan pul mablag‘lari, o’ng qismida sarflangan pul mablag‘lari qayd qilinadi.
Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar quliga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to’g’ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitantsiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitantsiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat tuldirilgan kunda qabul qilinadi. Bankdagi Hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga nakd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitantsiyasi tuldiriladi. Kvitantsiya Hisob-kitob schyotidan pullarni Hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga kushib kuyiladi.
Nakd pullar kassadan kassa chiqim orderlari (KO-2 shakli) yoki kassa chiqim order-larining urnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to‘lov kayd-nomalari. pul berish uchun ariza, hisobvaraqlar va xokazo) asosida beriladi. Pul berishga doyr barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi kaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas.
Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini kayd qilish daftariga kayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarining pul oluvchi shaxs kuliga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga topshirganda uning shaxsini tasdikdaydigan boshqa jujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va rakami, kim tomonidan va kachon berilganligini kassa chiqim orderiga idi xamda oluvchining tilxatini oladi. Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni tasdikdaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart. Korxonaning ruyxati tarkibida bulmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo‘yicha topiladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.
Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo‘lsa, buxgalteriya orderda pul olish qo‘shib topshirilgan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatadi. Agar pul qaydnoma bo‘yicha berilsa, pulni olganligi haqida imzo chektirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo‘yicha» deb yozib qo‘yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda bo‘ladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga kushib kuyiladi. Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yukotganlik nafakasi, pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to‘lov qaydnomalari bo‘yicha har bir xodimga chiqim orderlarini to‘zib utirmasdan beriladi. To‘lov qaydnomaning titul (birinchi) varagiga pul berishga ruxsat berish haqida yozuv qilinadi, uning tagiga korxona rahbary, bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko‘rsatiladi. Agarda xodimlar ushbu qo‘llarni o‘z vaqtida olmasalar (ya’ni 3 kun ichida), ular deponentga o‘tkaziladi. Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning urnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan sung darhol kassir ularga imzo chekadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To‘langan» (chiqim xhujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so‘zlar kulda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi.
Naqd pul mablag’lari hisobi
Xar bir korxonaga tijorat bankida hisob-kitob schyoti ochiladi. Bu schyotda korxona o‘z pul mablag‘larini saqlaydilar va turli tashkilotlar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boradilar. korxonalarning pul mablag‘lari hisob-kitob schyotida saqlanganiligi uchun bank ma’lum miqdorda foiz to‘laydi. Korxonalar hisob-kitob schyoti ochish uchun quyidagi xujjatlrni topshiradi: belgilangan shaklda mahsus ariza. Bu arizaga korxona raxbari va bosh buxgalteri imzo qo‘yadi: imzolar qo‘yilgan va pechat bosilgan kartochka (ikki nusxada). Korxona raxbari va bosh buxgalterning kartochkada qo‘yilgan imzolari notarius tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g;risida” 11gi nizom bilan tartibga solinadi.
Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmog‘li bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nu.tai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi.
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo‘yilgan talablarni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, pul mablag‘larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari quyidagi xo‘jalik muomalalari natijasida ko‘payishi mumkin: davlatga sotilgan mahsulot uchun pul olinganda; chet tashkilotlarga bajargan ish va xizmatlar uchun pul olinganda; banklardan ssudalar olinganda; kassadagi limitdan ortiqcha pullar o‘tqazilganda; asosiy xo‘jalik faoliyatidan boshqa daromadlar tushganda. Hisob-kitob schyotiga tushadigan pul mablag‘lari bank qoidalariga muvofiq namunaviy xujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Masalan, sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tayyorlov tashkilotlari va boshqa korxonalardan tushadigan pullarni bank ularning o‘z qarzlari uchun pul o‘tqazishi to‘g‘risidagi xujjatlariga asosan o‘tqazadi. korxona kassadagi naqd pulini bankdagi hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish to‘g‘risida yozilgan ma’lumotnomaga asosan topshiradi. Bunda bank pul qabul qilinganligi to‘g‘risida kvitansiya beradi. Ayrim xollarda tovar muammolariga doir pul mol yuboruvchining xujjatlariga asosan ham undirilishi mumkin. Bunday xollarda xo‘jalik o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka mahsus xujjat to‘lov talabnomasi yozib topshiradi. Bank shu xujjatga asosan hisoblangan pullarni to‘lovchi schyotidan mol yuboruvchining schyotiga o‘tqazadi. korxonaning hisob-kitob schyotidagi pul quyidagi to‘lovlar hisobiga kamayishi mumkin: boshqa tashkilot va korxonalardan olingan mol va moddiy boyliklar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘laganda; mexnatga haq to‘lash va turli xo‘jalik extiyojlari uchun kassaga naqd pul olib kelinganda; davlat byudjeti va sug‘urta organlariga majburiyat yuzasidan pul o‘tqazib berilganda; bankdan olingan ssudalar va ularning foizi qaytarilganda; xo‘jalik faoliyatiga doir boshqa to‘lovlar to‘langanda. Naqd pul hisob-kitob schyotidan pul chekiga asosan beriladi. Xo‘jalikning farmoyishi bilan to‘lanadigan boshqa barcha naqd pulsiz to‘lovlar to‘lov topShirigiga asosan rasmiylashtiriladi. Bu xujjat uch nuShada to‘zilib bankka topShiriladi. To‘lov topshirigining 1- 2- nusxasini bank olib qoladi, 3 nusxasiga pul to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yib to‘lovchi korxonaga qaytarib beradi. Bank korxonaning hisob-kitob schyotidan mustaqil ravishda mol yuboruvchining to‘lov talabnomasiga asosan qarzdor tashkilotga o‘tqazadi. Bunday vaqtda to‘lovchi korxonadan hech qanday farmoyish xujjatlari talab qilinmaydi. korxona haq to‘lashini belgilangan tartibda asosli rad etgan vaqtdagina bank pul o‘tqazib bermaydi. Ba’zi xujjatlarga asosan bank korxonaning hisob-kitob schyotidan so‘zsiz (to‘lovchining rozi bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga qaramasdan) pulni o‘tqazadi. Bunday xujjatlarga xalq sudining ijro varaqalari, davlat arbitraji organlarining buyruklari kiradi. Bunday xujjatlarga asosan kreditor tashkilot to‘lov talabnomasi yozib bankka topshiradi. Bank bu pulni so‘zsiz undirib beradi korxonaning hisob-kitob schyotidan sarflanadigan pulni bank tomonidan xujjatlarning kelib tushish ketma-ketligiga qarab to‘laydi.
Boshqa pul mablag’larining hisobi
Boshqa pul mablag‘lariga 5500 "Bankdagi mahsus schyotlar”deb nomlanuvchi bosh schyotdagi pul mablag‘lari kiradi. 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyoti respublika xududida va xorijda akkreditivlar, chek daftari, boshqa to‘lov xujjatlarida (veksellardan tashqari) joriy, alohida va boshqa mahsus schyotlarda O‘zbekiston Respublikasi valyutasida va xorijiy valyutadagi pul mablag‘larining mavjudligi va harakati haqidagi, shuningdek, maqsadli moliyalash mablag‘larining (tushumlarining) alohida tarzda saqlanishi lozim bo‘lgan qismi harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotida quyidagi subschyotlar ochilishi mumkin:
5510 "Akkreditivlar"
5520 "CHek daftarchalari”
5530 “Boshqa mahsus schyotlar”
Birinchi subschyotda akkreditivlarda turgan mablag‘larning harakati hisobga olinadi. Hisob-kitoblarning akkreditivlarda turgan mablag‘larning harakati hisobgna olinadi. Hisob-kitoblarning akkreditivlar shaklida amalga oshirilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tartibga solinadi.
Pul mablag‘larning akkreditivlarga o‘tqazilishi 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotining debeti va 5100 "Hisob-kitob schyoti", 6810 "Banklarning qisqa muddatli kreditlari”va boshqa shu kabi schyotlarning krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Akkreditivlardagi mablag‘lardan foydalanishiga qarab (bank ko‘chirmalariga muvofiq), 6010 "Mol etqazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivlardagi foydalanilmagan mablag‘lar bank tomonidan ular o‘tqazilgandan so‘ng 5100 "Hisob-kitob schyoti”yoki 5200 "Valyuta schyoti”debetlanib, 5500 "Mahsus schyotlar”schyoti kreditlanadi. korxona tomonidan taqdim etilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 5510 "Akkreditivlar”subschyotiga doir analitik hisob olib boriladi.
5520 "CHek daftarchalari”subschyotida chek daftarchalarida bo‘lgan mablag‘lar harakati hisobga olinadi. Hisob-kitoblarni cheklar bilan amalga oshirish tartibi bank qoidalari bilan tartibga solinadi. Chek daftarchalarini berish paytida mablag‘larni deponentga o‘tqazish 55 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyoti debeti va 5100 "Hisob-kitob schyoti", 5200 "Valyuta schyoti", 6810 "Banklardagi qisqa muddatli kreditlar”va shu kabi schyotlar kreditlanadi. Bankdan olingan chek daftarchalari bo‘yicha summalar korxonaga berilgan cheklarning to‘lanishiga qarab yaqin bankning unga taqdim etilgan cheklarga to‘lanadigan summalarida (bankning ko‘chirmalariga binoan) 5500 "Bankning mahsus schyotlar”schyotining kreditidan hisob-kitoblarni hisobga olish schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi. Berilgan, lekin bank haqini to‘lamagan (to‘lashga takdim etilmagan) cheklarga doir summalar 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotida qoladi. 5520 "CHek daftarchalari”subschyoti bo‘yicha saldo bankning ko‘chirmasiga oid saldoga muvofiq bo‘lishi kerak. Bankka qaytarilgan cheklarga doir (foydalanmay qolgan) summalar 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotining krediti bo‘yicha 5100 "Hisob-kitob schyoti”yoki 5200 "Valyuta schyoti"ning debeti bo‘yicha korrespondentlanadi. korxonaning xodimlariga kreditorlar korxonalar bilan hisob-kitoblar uchun ularning hisobotiga berilgan chek daftarlaridagi mablag‘larning xarkati operativ tarzda nazorat qilinadi. 5520 "CHek daftarchalari”subschyoti bo‘yicha analitik hisob xar bir olingan chek daftarchasi bo‘yicha yuritiladi. 5500 "Bankdardagi mahsus schyotlar”schyotiga ochiladigan alohida subschyotlarida bankda alohida tarzda saqlanadigan maqsadli moliyalash mablag‘larning (tushumlarning) harakati, jumladan, ijtimoiy muassasalarni (bolalar bog‘chasi, yaslilar va xokazo) saqlash uchun ota-onalardan, boshqa foydalanuvchilardan va o‘zga manbalardan kelib tushgan mablag‘lar; kapital qo‘yilmalarni moliyalash uchun korxona iltimosiga ko‘ra alohida schyotdan tuplanadigan va sarflanadigan mablag‘lar hukumat organlarining subsidiyalari va xokazolar hisobga olinadi. Joriy xarajatlarni (ish haqi, ayrim xo‘jalik xarajatlari, xizmat safari summalari va xokazo) amalga oshirish uchun bankning mahalliy muassasalarida joriy schyotlar ochiladigan korxona tarkibidagi va alohida balansga ajratilgan filiallar, tarkibiy birliklar yuqorida keltirilgan mablag‘lar harakatini aks ettirish uchun 5500 "Bankdagi mahsus schyotlar”schyotiga alohida subschyot ochiladi. Xorijiy valyutadagi mablag‘larning mavjudligi va harakati 5500 "Bankdagi mahsus schyotlar”schyotida alohida hisobga olinadi. Bu schyot bo‘yicha analitik hisobning tuzilishi respublika hududida va xorijda akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov xujjatlarida pul mablag‘larining mavjudligi va harakati haqidagi ma’lumotni olish imkoniyatini ta’minlash lozim.
5600 "Pul ekvivalentlari xujjatlari”schyoti korxona kassasidagi pul xujjatlari (pochta markalari, davlat boji markalari, veksellar haqi to‘langan aviapattalar, dam olish uylariga va sanatoriyalarga haqi to‘langan yo‘llanmalar va xokazolarning) mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan. Pul xujjatlari 5600 "Pul ekvivalentlari xujjatlari”schyotida nomli qiymati bo‘yicha hisobga olinadi va ularning analitik hisobi pul xujjatlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. 5710 "Yo‘ldagi pul mablag‘lari”schyoti yo‘ldagi milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag‘lari (o‘tqazmalarning) ya’ni korxonaning hisob-kitob schyoti yoki boshqa schyotida qayd etish uchun banklar kassalarida omonat kassalarga yoki pochta bo‘linmalari kassalariga kiritilgan, lekin hozircha belgilangan maqsad bo‘yicha qayd etilmagan pul summalari (asosan savdo tushumi)ning mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bank muassasalari, omonat kassalari pochta bo‘linmalarining kvitansiyalari tushumni bank inkassatorlariga topshirish uchun ilova qilinadigan qaydnomalar nusxalari va shu kabilar summalarni (masalan, tushumni topshirishda) 5710 "Yo‘ldagi pul mablag‘lari “schyoti bo‘yicha hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
Xorijiy valyutalardagi pul mablag‘lari (o‘tqazmalarning) harakati 5710 "Yo‘ldagi o‘tqazmalar”schyotida alohida tarzda hisobga olinadi.
Shunday qilib, pul mablag‘larini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda taftish va nazorat olib borish korxonaning pul mablag‘larining samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish nafaqat ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini va miqdorini oshirish va ularning yuqori baholarga sotish balki mavjud ishlab chiqarish resurslaridagi eng avvalo pul mablag‘laridagi samarali foydalanish hisobiga ham erishish mumkin. Buning uchun esa korxonalardagi pul mablag‘larining harakati ularning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish alohida ahamiyatga egadir. Ushbu vazifa esa eng avvalo pul mablag‘larini hisobga oluvchi buxgalteriya hisobining schyotlari, ularning subschyotlari va analitik schyotlarida shakllanadigan ma’lumotlarni ya’ni korxonani boshqarish uchun zaruriyligi nuqtai-nazaridan yig‘ish qayta ishlash va saqlashni tashkil qilish alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan qaraganda pul mablag‘larining amaldagi hisob tizimini takomillashtirish zaruriyati vujudga kelmoqda. Chunki amaldagi hisob tizimi rejali iqtisodiyot davrida bo‘lib xozirgi bozor munosabatlari talablariga deyarli to‘la javob bermaydi. Bozor munosabatlarining vujudga kelishi faqatgina korxonalarga eskport va import operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 5200 "Valyuta schyoti"ni kiritish bilan ta’minlanmaydi.
Xulosa:
Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya, me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishininazariy jihatdan asoslab berishdir.
Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi.
Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymato’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Internet saytlari
1.1. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti.
1.2. www.ceep.uz – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti.
2. F.T. Abduvohidov. “Banklarda buxgalteriya hisobi”.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti-Darslik. Toshkent-2010.
3. Z.Mamadiyarov. “BANK ISHI”- darslik. Toshketnt-2021.
Do'stlaringiz bilan baham: |