Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari
XVFni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 1944-yilda AQSHning Nyu-Xempshir shtatidagi Bretton - Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada qabul qilingan edi. Konferensiyada 44 davlatdan vakillar ishtirok etgan.
1929-1933-yillarda yuz bergan Buyuk depressiyani takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. XVFning Nizomi ishlab chiqildi. Bunda AQSH Moliya vaziri Garri Uayt va J.M.Keynsning xizmati katta.
XVF o‘z faoliyatini 1945-yil dekabrda boshladi.
XVF faoliyatining maqsadlari:
Valyuta-moliyaviy sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Xalqaro savdoni barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.
Valyutalaming barqarorligini ta’minlashga ko‘mak- lashish, a’zo davlatlar o‘rtasida tartibga solingan valyuta rejimini qo‘llanilishini ta’minlash.
Davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hisob-kitoblar tizimini yaratishga yordam berish.
Davlatlaming barqaror iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish.
Kambag‘allikka qarshi kurashish.
XVFning oliy boshqaruv organi Boshqaruvchilar kenga- shidir. U yiliga 1 marta yig‘ilish o‘tkazadi.
XVFning joriy faoliyatini Ijro Kengashi amalga oshiradi. U 24 a’zodan iborat.
Kengash haftada 3 marta majlis o‘tkazadi.8 ta davlat yirik aksiyador sifatida Kengashda o‘zining doimiy o‘miga ega: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni.
Qolgan 16 direktor 2 yil muddatga tegishli mamlakatlar guruhi tomonidan saylanadi.
Ijro kengashi Ijrochi direktomi saylaydi.
Ijro kengashi a’zolari bir vaqtning o‘zida Jahon banki ijro kengashi a’zolari hisoblanadi. XVF 26 departamentdan iborat. Uning xodimlarining uchdan ikki qismi iqtisodchilardir. XVFning shtab kvartirasi Vashington shahrida. Shuningdek, Nyu-York va Jenevada bo‘linmalari bor.
Xalqaro valyuta tizimida yuzaga kelgan o‘zgarishlami kuzatib boradi va davlatlarga iqtisodiy va moliya siyosatidagi muammolaming echimi bo‘yicha maslahatlar beradi.
A’zo mamlakatlarga kreditlar beradi. Kreditlar asosan to‘lov balansida muammolar mavjud bo‘lgan mamlakatlarga beriladi.
Stend-bay kreditlari. 12-18 oy. Toiov balansida qisqa muddatli muammo.
Kambag‘allikni qisqartirish maqsadiga berilgan kreditlar. To‘lov balansida uzoq muddatli muammo. Foiz stavkalari o‘rtasidagi farq XVFga tegishli oltinni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan va a’zo davlatlar tomonidan ajratilgan qarzlar va grantlar hisbidan subsidiyalanadi.9
Mazkur kreditlar 10 yilgacha muddatga, yillik 0,5% stavkada beriladi.
V. Kompensatsion moliyalashtirish. Oziq-ovqat. Bunda marja bo‘lmaydi.
G. Favqulodda yordam.
Tabiiy ofatlar va harbiy harakatlar tufayli zarar ko‘rgan davlatlarga. 3,25%-5 let.
A’zo mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga texnik yordam ko‘rsatadi.
Xalqaro iqtisodiy forumlami o‘tkazadi.
XVF resurslari quyidagi manbalardan tashkil topadi:
A’zo mamlakatlaming a’zolik badallari, ya’ni kvotalari.
Qarzlar bo‘yicha Bosh bitim (11 ta davlat).
Qarzlar bo‘yicha Bosh bitim (25 ta davlat). ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, AQSH hukumati, Germaniya Markaziy banki, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya hukumatlari XVFning resurs bazasini tashkil etishda katta rol o‘ynaydi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |