Ишлаб чиқариш заҳиралари
Хом ашё ва материаллар
Ёқилғи
Эҳтиёт қисм
Қурилиш материаллари
Идишлар
Инвентар ва хўжалик
анжомлари
53
chiqarish moddiy zahiralar tarkibi dinamikasi orqali kilingan tahlillar orkali ko‗rib
o‗tdik.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, korxona o‗zining asosiy ish faoliyatini
tavsiflovchi hajm va sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash kerak. Korxona ishlab
chiqarish moddiy zahiralar tarkibi bo‗lgan ehtiyot qismlarnining likvidsiz
bo‗lganlarini ombordan chiqarish tashlash kerak. Chunki ehtiyot qismlar ishlab
chiqarish moddiy zahiralarining 80% - 90% ga yaqin ulushini o‗z ichiga oladi.
Shundagina korxona tovar moddiy zahiralarini turib qolmay aylanishiga erishadi
.
Moddiy zahiralar bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‗z kiymatini
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o‗zida to‗la o‗tkazadi.
Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‗i,
ehtiyot qismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi.
Materiallar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida
tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‗lgan, shuningdek
mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish jarayonida
yoxud ma‘muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan moddiy aktivlar;
Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarish zahiralari harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‗z
vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish;
Ishlab chiqarish zahiralarining to‗g‗ri saqlanishi ustidan nazorat olib
borish;
Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarishga to‗g‗ri sarflanishi
hamda ularni sarflash me‘yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib
borish;
Mahsulot
tannarxini
hisoblashda
sarflangan
materiallarni
kalkulyatsiya oby‘ektlari o‗rtasida to‗g‗ri taqsimlash.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda materiallar bo‗yicha analitik hisobni
to‗g‗ri yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
54
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‗ra
quyidagi guruxlarga bo‗linadi:
Xom-ashyo — mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan moddiy
zahiralaridir.
Materiallar — xom-ashyoga ta‘sir etish uchun qo‗llaniladigan va
mahsulotga ma‘lum iste‘mol xususiyatini berishda foydalaniladigan
vositalardir.
Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar
ma‘lum darajada ishlov bosqichidan o‗tgan, lekin hali pirovard mahsulot
darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar;
Yoqilg‗i — kumir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;
Ehtiyot qismlar — mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan
qismlarni almashtirishda qo‗llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal,
agregat va qismlari;
Kurilish materiallari — bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida,
qurilish kismlarini tay-yorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruk-
siya va qurilmaparini ko‗tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi.
Idish va idish materiallari — turli material va mahsulotlarni o‗rash,
joylashtirish, tashish hamda saq-lashda ishlatiladigan buyumlardir.
Inventar va xo‗jalik anjomlari — ushbu guruhga korxona xo‗jalik
faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez
eskiruvchi buyumlar kiradi;
Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar — korxona
balansida turgan, kayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan
materiallar.
Boshqa materiallar — yuqoridagi satrlarda ko‗rsatib o‗tilmagan
boshqa materiallar kiradi.
―O‗zbekiston lokomotiv deposi‖da moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar
kiradi:
55
- xom ashyo va materiallar-bularga, elektrod, har xil turdagi trubalar,
oltiburchaklar, otvodlar, salniklar, troslar, samorezlar, babbitlar, kabellar,
izolentalar, kruglar, stallar, vintillar, metizlar, mixlar va boshqalar;
- yoqilg‗i-bularga, benzin, teplovozlarni harakati uchun ketadigan moy,
elektrovozlarni ta‘mirlash uchun moy, dizel yoqilg‗i, mazut, avitsiya moyi, smazka
grafit, ferganol SAYE-140 va boshqalar kiradi;
- ehtiyot qismlar- turli xil vkladishlar, akkumulyator KL 125, bosim
ko‗rsatgichlari, bosim qabul qiluvchi asboblar, klapanlar, deshifratorlar, komplekt
porshenlar, silindr bloklari, elektro shetkalar, rele R-101, silindrli D50 vtulka,
kolodkalar va boshqalar;
- qurilish materiallar - shifer, kafel, plastik, sheben, qum, shlakoblok, smesitel,
shpatlevka, har turdagi emal bo‗yoqlari, koller, razbovitel, vodoemulsiyalar
hisobga oli yuritiladi;
- idish va idish materiallar - kislorod baloni, elektrovoz akkumlyatori uchun
suyuqliklarni olib kelish uchun shisha idishlar;
- inventar va xo‗jalik anjomlariga-ishchi va xodimlarning maxsus kiyimlari,
shablon, sharf, bluzka, ko‗ylak, kostyum, pogonlar, galstuk, furashka, pilotka.
Materiallar harakati bilan bog‗liq muomalalarni o‗z vaqtida hujjatlarda
rasmiylashtirish ularning hisobini to‗g‗ri yuritishni ta‘minlaydi. Korxonalarga
materiallarning o‗z vaqtida keltirilishini ta‘minot bo‗limi nazorat qilib boradi.
Korxona o‗zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilardan
kelgan materiallar uchun hisob-kitob, yuklash va boshqa yo‗llanma hujjatlar
(to‗lov talabnomasi, schyot-faktura, tovar-transport harajatlari) oladi.
Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan materiallarni
qayd qilish uchun ochilgan M-1 shaklidagi maxsus daftarda ro‗yxatga olinadi
hamda shartnomada ko‗zda tutilgan talablarga moye ke-lishi nazoratdan
o‗tkaziladi.
56
Korxonaga mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti om-boridan
materiallarni olish uchun buxgalter ta‘minotchiga M-2, M-2a shakldagi
ishonchnoma yozib beradi.
Moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnoma — korxona mol yetkazib
beruvchilaridan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun o‗z vakiliga beradigan
hujjatidir.
Korxona moddiy boyliklarni ommaviy tarzda ishonchnoma bilan oladigan
hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. Berilgan ishonchnoma esa
maxsus daftarda ro‗yxatdan o‗tkaziladi.
Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muxrlangan holda
beriladi, so‗ngra u M-26 shaklidagi maxsus daftarga qayd qilinadi. Ta‘minotchi
esa ishonchnomani olishda daftarga imzo chekadi.
Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Keltirilgan
materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo‗lsa, omborchi
M-4 shaklidagi kirim orderi schet faktura tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam
bo‗lganida, mol yetkazib beruvchining hujjatiga muhr qo‗yishga ruxsat etiladi.
Korxonada har bir kirim qilingan moddiy zahiralar uchun alohida kartochkalar
ochiladi.
Lokomotiv deposida elektrovoz, teplovoz, motorvagonlarni ta‘mirlash
bo‗yicha bir nechta sexlar mavjud bo‗lib, sexlarga materiallar talabnoma orqali
beriladi. Talabnoma sex ustasi tomonidan rasmiylashtiriladi va ombor mudiriga
taqdim etiladi.
Korxonada materiallar sarfi FIFO usuli yordamida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi
hisobvaraqlardan foydalanish mumkin:
1010—"Xom-ashyo va materiallar";
1020—"Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar";
1030 -- "Yoqilg‗i";
1040—"Ehtiyot qismlar";
57
1050—"Qurilish mollari";
1060—"Idish va idish materiallari";
1070—"Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar";
1080—"Inventar va xo‗jalik anjomlari";
1090—"Boshqa materiallar".
Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‗payishi,
kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks
ettiriladi. Yuqorida sanab o‗tilgan hisobvarakdar aktiv hisoblanib, ularning
debetidagi qoldiq hisobot davri boshidagi materiallar qoldig‗ini aks ettiradi.
Lokomotiv deposida meteriallarni hisobga olishda quyidagi schotlar
yordamida amalga oshiriladi:
1010-xom ashyo va materiallar, shu jumladan
1013-elektr uskunalar, ya‘ni lampochka, avtomat, rozetka, patron,
predoxranitel , vklyuchatel va boshqalar;
1017-kimyoviy materiallar, ya‘ni kislorod, siqilgan gaz, gidroxlorit natriya,
trinatriy fosfor, karbit kalsiy, kaliy va boshqalar;
1025 - sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar. Bularga
pryaja, krug shlifovalniy 400 va boshqalar.
1030 - Yoqilg‗i. Bularga benzin, teplovozlarni harakati uchun ketadigan moy,
elektrovozlarni ta‘mirlash uchun moy, dizel yoqilg‗i, mazut, avitsiya moyi, smazka
grafit, ferganol SAYE-140.
1040 —Ehtiyot qismlar. Bularga esa turli xil vkladishlar, akkumulyator KL
125, bosim ko‗rsatkichi, bosim qabul qiluvchi asbob, klapan, deshifrator, porshen
komplekt, silindr blok, elektro shetka EG-61, rele R-101, vtulka silindr D50,
kolodkalar va boshqalar kiradi.
1050—Qurilish mollari, shu jumladan
1051 – qurilish mollari: piloles 50mm, fanera 18mm, cherepitsa, har xil turdagi
oynalar, kafel, plastik, sheben, pesok, vodoprovod, shlakoblok, smesitel, rakovina,
shpatlevka va boshqalar kiradi.
58
1052 – bo‗yoq mahsulotlari: kizil, sariq, qora, yashil, jigarrang, oq va yana bair
qancha turdagi bo‗yoqlar, razbovitel, koler, vodoemulsiya va boshqalar kiradi.
1060—Idish va idish materiallariga: PET kanistra (28l), para (konistor),
baraban, katushkalar kiradi.
1080—Inventar va xo‗jalik anjomlariga esa: har xal turdagi idish tovoqlar, har
xil turdagi shablonlar, ishchi botinkalar, shim, erkaklar pidjak, kerza etiklar,
polubotinka, ayollar tuflisi, jilet, araliash qo‗lqoplar, texnik qo‗lqoplar va
boshqalar kiradi.
Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muxim
xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli omfordan
chiqib ketishi mumkin:
♦ ishlab chiqarishga sarflanganida;
♦ ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.
Hisob-kitobning jurnal-order shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarish uchun
sarflangan materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi bo‗iicha 10-
jurnal-order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1 -jurnal-
orderga yoziladi.
9-jadval
Korxona bo‗yicha ishlab chiqarish zahiralari harakatini buxgalteriya hisob
varaqlarida aks ettirilishi (2013 yil)
Operatsiyalar nomi
Debet
Kredit
Summa, so‗m
1. MTUdan korxonaga material kelib tushdi
1010
4110
214 324 231
2. Elektrovozlarni ta‘mirlash uchun ehtiyot
qismlar ishlab chiqarishga berildi
2014
1040
1 521 645 521
3. Teplovozlarni moylash ishlari uchun yoqilg‗i
sarflandi
2014
1030
321 514 528
4. Mol etkazab beruvchilardan qurilish mollari
1050
6010
41 235 612
59
kirim qilindi
5. O‗z ehtiyozlari uchun omborga tayyor
mahsulot sifatida kirim qilindi
1010
9010
2 564 211
6. Asosiy vosita chikib ketishidan ombotga
material kirim qilindi
1090
9210
851 200
7. Begaraz olingan material omborga kirim
qilindi
1010
8530
325 500
9. Inventarizatsiya natijasida ortikcha material
omborga kirim kilindi
1010
9390
1 256 215
10. Xizmat kursatishga material berildi
2710
1010
856 500
11. Boshka tashkilotlarga berilgan mahsulot
tannarxi hisobdan chikarildi
9220
1010
600 412
12. Inventarizvsiya natija yokilgi kamomati
9220
1030
321 945
13. Ishlab chiqarishga inventar buyumlar berildi
2014
1080
55 632 964
14. Qayta ishlash uchun material berildi
1070
1010
4 254 531
Moddiy boyliklardan to‗g‗ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur
bo‗lmagan materiallarning bor yo‗kligini tekshirib ko‗rishi lozim. Agarda
korxonada keraksiz yoki ortiqcha material borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga
sotishi mumkin.
Kurs ishimning ob‘yekti bo‗lgan korxonada moddiy zahiralarining
buxgalteriya hisobi, O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga va 4-sonli O‗zbekiston
Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti bo‗yicha hisobga olib boriladi.
10-jadvalda 2013 yil uchun korxonadagi bazi bulgalteriya namunalari berilgan.
60
Korxona o‗zining ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, korxona asosan
ta‘mirlash shug‗ullangani uchun asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi
schetlarda o‗ziga mos ravishda 2014 schoti bilan hisobga olib boradi.
Lekin korxonada moddiy zahiralarining sintetik hisobini olib borishda bir
necha kamchiliklar mavjud. Bularga misol qilib shuni aytish mumkinki, korxonada
harakatlanuvchi tarkibni ta‘mirlash uchun ishlatiladigan oynalar ham 1040 scher
orqali, ham 1010 schet orqali hisobga olib borilmoqda. Yana elektr lampalar ham
1040 schotida va 1013 schetida hisobga olinib borilmoqda.
Taklif o‗rnida shuni aytishim mumkinki, u kamchiliklarni tuzatib korxona
o‗zining moddiy zahiralarining buxgalteriya hisobi olib borsa, korxona moddiy
zahiralarining analitik hisobi va sintetik hisobi yanayam aniqlashgan bo‗lardi.
Bundan tashqari, rivojlanib borayotgan davrda korxona raqobatbardoshliligini
ta‘minlash maqsadida buxgalteriya hisobi tizimini albatta avtomatlashtirish lozim.
Korxonada esa haligacha buxgalteriya tizimi birlamchi hujjatlar va hisobotlar
orqali hisobga olinib kelinmoqda. Avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimini bir
qancha qulayliklarga ega ekanligi hech birimizga sir emas.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |