/ guruh - Ish haqi va unga tenglashtirilgan to 'lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi:
"Ishhaqi";
"Ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirish Direktor fondi mablag`lari" (umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda); - Stipendiyalar.
Umuman olganda, budjet taslikilotlari xodimlari ish haqini hisoblashda ular mehnatiga haq to`lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo`llaniladi. YaTS Oczbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o`rnatiladi. U 22 ta razraddan va har bir razrad uchun o`rnatilgan tegishli tarif koeffitsiyentlaridan iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o`rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va budjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qoilaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to`lashning tarmoq setkasi qoilaniladi. Masalan, oliy taiim muassasalari, xalq ta`limi muassasalari, sogiiqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to`lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
// guruh ~ "Ish haqiga ustamalar" (Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to`lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi summasiga nisbatan o`rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2014-yil uchun yagona ijtimoiy to`lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib belgilangan1.
III guruh - "Kapital qo`yilmalar" guruhi bo`yicha xarajatlar Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro`yhatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida budjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.
IVguruh - "Boshqa xarajatlar" tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi:
"Xizmat safar xarajatlari"
"Kommunal xizmatiarni to`lash xarajatlari"
"Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari"
"Joriy ta'mirlash xarajatlari"
"Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to`lash xarajatlari"
"Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlami va oziq-ovqat mahsulotlarmi sotib olish xarajatlari" - "Boshqajoriy xarajatlar".
IV guruh moddalari bo`yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilishning eng umumiy boigan o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;
natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;
hisoblagichlarning ko`rsatkichlan bo`yicha o`tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;
har bir birlik uchun o`rnatilgan xarajat me`yorlariga rioya etiladi;
energoyoqilgi va boshqa resurslami iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda budjet amaliyotidagi o^zgarishlar, "Davlat budjetining g’azna ijrosi to`g;risida"gi Qonun-ning qabul qilinishi va budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o`zgarishi munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007-yil, 19-iyul 148-son Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan qator o`zgartirishlar kiritilishi, 2007-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari"ning qabul qilinishi, 2157-son "O`zbekistoRespublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi to’g’risida Nizom"ning kuchga kirishi, 2013-yilda O`zbekistoRespublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi bilan budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va to`lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o`zgardi. Ushbu hujjatlarga muvofiq, g’azna ijrosiga o`tgan budjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining g`aznachiligiva uning hududiy bo`linmalari tomonidan yagona g’azna hisob raqamidan, shuningdek, smetada ko`rsatilgan xarajatlar guruhiarining har bir moddasi bo`yicha g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar budjet tashkilotlari xarajatlarini to`lovlari va oqilona rejalashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, mablag`larni iqtisod qilish, budjetdan tashqari mablag`larni jalb qilishga yangicha talablarni qo'ymoqdaki, ushbu talablar budjetdan moliyalashtirish, budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar smetasini tuzish hamda ijro etish jarayonlarini chuqurroq o4rganishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |