Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

O‘RQ-339-
sonli
, 2015 yil 20 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik 
sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirish, ularni jadal 
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ-391-son
Qonunlari, 2015 yil 24 
aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida 
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
PF-4720-sonli
, 2015 yil 15 mayda “Xususiy mulk, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal 
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-
4725-
sonli Farmoni, 2014 yil 7 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya 
iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4609-sonli kabi Farmonlari, 2013 yil 17 aprelda 


229 
“2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal 
rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
PQ-1957-
sonli, 
2015 yil 28 aprelda “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
PQ-2340
-sonli Qarorlari e’lon qilinishi, xususiy 
banklar va boshqa moliyaviy institutlar faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Mikromoliyalash tashkilotlarini tashkil etishning asosiy talablaridan biri 
ustav kapitalini yetarli ravishda shakllantirish hisoblanadi.
Mikromoliyalash tashkilotlarining 
ustav 
fondi pul 
mablag‘laridan, 
shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan 
oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va 
garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan 
mikromoliyalash tashkilotining ustav fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi.
Mikromoliyalash tashkilotlari ustav fondini shakllantrishda boshqa kredit 
tashkilotlari, davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy 
tashkilotlar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin emas. Mikromoliyalash 
tashkilotlar ustav fondini shakllantirishda norezident jismoniy va yuridik shaxslar 
ishtirok etishlari mumkin, Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlariga ko‘ra, 
faqat ular offshor hududlarda ro‘yxatga olinmagan bo‘lishlari va jismongiy 
shaxslar esa aynan shu offshor hududlarda istiqomat qilmasliklari talab etiladi. 
Mikrokredit tashkilotlar litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganidan 
so‘ng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki hududiy boshqarmasiga 
litsenziya berish to‘g‘risida ariza, mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari, 
mikrokredit 
tashkiloti 
davlat 
ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi 
to‘g‘risida 
guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, mikrokredit tashkiloti boshqaruv 
organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mikrokredit tashkilotining ustav 
fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjatilarini taqdim etishlari lozim 
bo‘ladi.
Mikromoliyalash tashkilotlari litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy 
muddat ichida o‘z faoliyatini amalga oshirishi lozim, agar shu muddatda 
mikrmoliyalash tashkilotlari o‘z faoliyatini boshlamasa litsenziya o‘z kuchini 
yo‘qotgan hisoblanadi.
Markaziy bank mikromoliyalash tashkilotlariga litsenziya berishni rad etishi 
ham mumkin, agar rad javobi berilganda talabgoriga yozma shaklda xabar beriladi, 
talabgor litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan 
kamchiliklarni to‘liq bartaraf etgandan so‘ng hujjatlarni Markaziy bankka qayta 
taqdim etishi mumkin. 
Mikromoliyalash tashkilotlari to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda, hisobot 
ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda, mikrokreditlar berish 
bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan 
ortiq muddatga kechikkanda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ularga 
berilgan litsenziya Markaziy bank tomonidan qaytarib olinadi.
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish 
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi 
Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs 


230 
mikrokredit tashkilotidir. Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi 
hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli. Mikrokredit 
tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda 
tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas. Mikrokredit 
tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga 
muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. 
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba 
uyushmalari diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 
tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. 
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi 
yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha 
ravishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: 
- mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi; 
- boshqaruv organlarining tuzilishi va vaqolatlari to‘g‘risidagi; 
- mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi; 
- mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi. 
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek 
mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa 
mol-mulkdan shakllantiriladi. 
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga 
olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish 
uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan 
bo‘lishi kerak. 
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilishi kerak. Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish 
faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga 
litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad 
etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va 
litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz 
kalendar kun ichida qabul qilinadi. 
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim 
etishi kerak: 
- litsenziya berish haqidagi ariza; 
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 
- mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnomaning nusxasi; 
- mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 


231 
- mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank 
hujjati. 
Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq 
bo‘lmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud 
bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit 
tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror 
buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur 
sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi 
mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda 
litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat 
kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni 
takroran ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan 
e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda 
ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb 
hisoblanadi. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza takroran ko‘rib 
chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari 
ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror 
ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti: 
- qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini 
ta’minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatishga; 
- buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatishni asoslantirilgan 
holda rad etishga; 
- mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatish va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni 
bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so‘rab olishga; 
- maqsadli mikrokredit o‘z vaqtida to‘lanmagan yoki belgilangan maqsadda 
foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari 
bajarilishini talab qilishga; 
- maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishga; 
- mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar 
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq 
neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga; 
- mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun Mikrokredit tashkilotlari 
to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq mablag‘lar jalb etishga haqli. 
Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham 
ega bo‘lishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti: 


232 
- buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu 
jumladan, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim 
darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan 
bog‘liq barcha harajatlar to‘g‘risida, shuningdek ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy 
xizmat bo‘yicha foiz stavkasi haqida to‘g‘ri hamda to‘liq axborotni yozma shaklda 
xabar qilishi; 
- shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatishi; 
- shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada 
bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi; 
- belgilangan eng kam miqdordan past bo‘lmagan ustav fondiga ega bo‘lishi; 
- moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish qoidalariga, shuningdek 
belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi; 
- qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa 
hujjatlarni yuritishi; 
- hisobotni belgilangan tartibda o‘z vaqtida taqdim etishi; 
- tekshirish o‘tkazish uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati to‘g‘risidagi boshqa 
axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi shart. 
Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatishi mumkin: 
- mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish; 
- qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring); 
- mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing 
(moliya ijarasi); 
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish. 
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va 
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq maslahat va axborot 
xizmatlari ko‘rsatishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti: 
- qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan 
omonatlar (depozitlar) qabul qilishga; 
- jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilishga, bundan o‘z 
muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno; 
- o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari 
bo‘yicha kafil bo‘lishga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z 
majburiyatlari bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli 
emas. 
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatadi: 
- o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari; 


233 
- investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya 
shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar; 
- banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari; 
- xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu 
jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari; 
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
moliyaviy 
tizimning 
barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya 
qilinishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit 
tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda: 
- mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va 
kassa operatsiyalari o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish 
qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi; 
- ko‘rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash 
tartibini tasdiqlaydi; 
- mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida 
aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining 
buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; 
- mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o‘tkazishga doir talablarni 
belgilaydi; 
- mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir 
talablarni belgilaydi; 
- mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, 
ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi; 
- mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni 
uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi; 
- mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi yoki 
tugatadi yohud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish