Bank ishi va investitsiyalar


  17.4. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 


218 
17.4. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan 
investitsion operatsiyalari. 
Tijorat banklari, Markaziy bank tomonidan beriladigan bank faoliyatini 
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida qonun hujjatlariga muvofiq 
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish (davlat qimmatli 
qog‘ozlari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli 
ishtirok etishda quyidagilarga rioya etishlari shart:
a) bankning muayyan yuridik shaxs ustav kapitaliga, shuningdek ushbu 
yuridik shaxsning boshqa qimmatli qog‘ozlariga kiritgan investitsiyalari miqdori 
birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
b) bankning yuridik shaxslar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ 
kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak;
v) oldi-sotdi uchun qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan bank investitsiyalari 
miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Tijorat bankining boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirok etishi (chet el 
kapitali ishtirokidagi banklar va sho‘‘ba banklarini tashkil etish hollari bundan 
mustasno), shuningdek tijorat bankining o‘z ustav kapitalining o‘n yoki undan 
ortiq foiz ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etishi 
taqiqlanadi.
Tijorat banki bevosita yoki bilvosita (sho‘‘ba korxonalar orqali) boshqa 
yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq qismiga egalik qila olmaydi, 
biroq quyidagi holatlar bundan mustasno:
a) banklarning sug‘urta va lizing tashkilotlari ustav kapitalidagi ishtiroki;
b) banklarning nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalida, shuningdek 
moliyaviy bozor infratuzilmasining bir qismi bo‘lgan yoki banklarga axborot va 
maslahat xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki;
v) banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat yuritadigan 
yuridik shaxslar (tijorat banklarining ustav kapitalidagi ishtiroki bundan mustasno) 
ustav kapitalidagi ishtiroki;
g) xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining 50 foizgacha miqdorini 
o‘rnatilgan tartibda birlamchi bozordan xarid qilishdagi ishtiroki.
5. Tijorat banklari muayyan yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan 
ortiq ulushini sotib olishda yoki bankning bevosita yoki bilvosita mazkur yuridik 
shaxs faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkonini beruvchi shartnoma tuzishda, 
Markaziy bankka yozma xabar berishlari shart.
6. Tijorat banklariga, emitent - aksiyadorlik jamiyatlari bilan ushbu jamiyat 
aksiyalari bo‘yicha "repo" bitimlarini amalga oshirish ta’qiqlanadi.
Agar tijorat bankining investitsiya qilingan yoki investitsiya qilinishi 
rejalashtirilayotgan mablag‘lari miqdori yoki emitent faoliyati tijorat banki 
omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari manfaatlariga zarar yetkazishi 
mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda tijorat bankining tajribasi yetarli 
emasligi aniqlansa, Markaziy bank har qanday yuridik shaxsning ustav kapitali 


219 
yoki qimmatli qog‘ozlariga tijorat banki tomonidan kiritiladigan investitsiyalar 
miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.
Oxirgi yillarda Respublikaning ko‘pgina tijorat banklari yuqori foyda olish 
maqsadida, davlatning xazina
 
majburiyatlarini ko‘p miqdorda sotib olishdi. Chunki 
qimmatli qog‘ozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad keltiradi. Hozirgi 
kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida 
ko‘chmas mulk, boshqa bank yoki sug‘urta tashkilotining sug‘urta kafolati ham 
qabul qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kreditlash 
jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko‘rib chiqish;
- qarz oluvchining to‘lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan 
o‘rganib chiqilishi;
- kredit qo‘mitasining qarori;
- kredit bitimini rasmiylashtirish; 
- kredit berilishi; 
- ssuda va u bo‘yicha foiz to‘lashning bank tomonidan nazorat qilinishi. 
Kredit va uni to‘lash jarayoni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, kredit 
va qarz oluvchi o‘rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda 
kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to‘lash 
muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar 
ko‘rsatiladi. Ssudani to‘lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam 
tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish