Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

17.1-chizma. 
Bank resurslarining shakllanish jihatdan tarkibiy tasnifi 
 
Banklar resurslari 
O’z mablag’lari 
Jalb qilingan mablag’lar 
Ustav kapital 
Qo’shimcha va rezerv kapital 
Taqsimlanmagan foyda 
Kelgusi davr daromadlari 
Hisob-kitoblar tizimidagi o’z 
mablag’lari 
Depozitlar 
Olingan banklararo kreditlar 
Boshqa kreditorlar 
Qimmatli qog’ozlar
emissiyasi 
Hisob-kitoblar tizimidan jalb 
qilingan mablag’lar 
Talab qilguncha depozit 
raqamlaridagi mablag’lar 
NAU depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Super NAU depozit 
raqamlaridagi mablag’lar 
Kontokorrent depozit 
raqamlaridagi mablag’lar 
Overdraft depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
ATS depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Pul bozori depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Muddatli depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Jamg’arma depozit 
raqamlaridagi mablag’lar 
Yutuqli depozit raqamlaridagi 
mablag’lar 
Depozit sertifikati yozilishi mumkin bo’lgan depozit 
raqamlaridagi mablag’lar 


209 
Ishonchlilik darajasi bo’yicha bankning o’z mablag’lari va ularga 
tenglashtirilgan mablag’laridan keyingi o’rinda turuvchi jalb qilingan va qarz 
mablag’lari bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siriga bog’liqdir: 
-fuqarolarning omonatlari va yuridik shaxslarning depozitlari foiz stavkalari 
miqdori; 
-omonat va depozitlarni qabul qilish, hisob-kitob va boshqa hisob 
raqamlarini ochish va ularni yuritish shartlari. 
17.1-jadval
Bank resurslarining belgisi va manbasi bo’yicha tasniflanishi 
Tasnif 
Resurslar turlari 
Izoh 
Manbai 
O’z mablag’lari 
Nizom, qo’shimcha kapital, zaxiralar, foyda va zararlar hisob 
raqamidagi qoldiq. 
Jalb qilingan va 
qarz mablag’lari 
Mijozlarning hamda vakil - banklarning joriy, depozit, 
jamg’arma va boshqa hisob raqamlaridagi mablag’lar; 
yuridik shaxslar tomonidan olingan kreditlar 
Mablag’lar-
ning kimga 
tegishliligi 
bo’yicha 
Bankka tegishli 
O’z mablag’lari: jamg’armalar, taqsimlanmagan foyda, 
taqsimotdan 
keyingi 
joriy 
davrning 
foydasi, 
o’z 
mablag’larini ko’payishiga ta’sir qiluvchi xarajatlarni 
hisobga olmagan holda emission daromad. 
Bankka 
tegishli 
bo’lmagan 
Banklararo kredit, jalb qilingan depozitlar, maxsus 
jamg’armalar, korxonalarning hisob raqamlardagi bo’sh pul 
mablag’lari, bankning kreditorlik qarzlari, debitorlar bilan 
hisoblashishlar bo’yicha zaxiralar. 
Muddatiga 
ko’ra 
Uzoq muddatli 
O’z mablag’lari, o’z mablag’lariga tenglashtirilgan 
mablag’lar (talab qilib olinguncha hisobraqamlaridagi 
minimal qoldiqlar), uzoq muddatli depozitlar. 
Qiska muddatli 
Qisqa muddatli depozitlar, korxona va tashkilotlarning talab 
qilib olinguncha hisob raqamlaridagi minimal qoldiqdan 
ortgan mablag’lar. 
Ishonchliligi 
bo’yicha 
Ishonchli 
O’z mablag’lari, uzoq muddatli depozitlar, moliyaviy 
yordam 
Ishonchsiz 
Talab 
qilib 
olinguncha 
depozitlar, 
korxona 
va 
tashkilotlarning hisob raqamlari. 
Ko’payish 
manbai 
O’z 
ichki 
va 
tashqi 
mablag’lari
Taqsimlanmagan foyda. 
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish (aktsiya, obligatsiya, 
veksellar) shu jumladan, konvertirlanadigan, bank aktivlarini 
sotish, ko’chmas mulkni ijaraga berish. 
Jalb 
qilingan 
ichki va tashki 
qarz mablag’lari 
Qimmatli qog’ozlarni konvertatsiya qilish. 
Yuridik shaxslarni hisob raqamlarini ochish, fuqarolarning 
omonatlari, yuridik shaxslarning depozitlari, banklararo 
kreditlar. 
Yuqoridagi tasnif iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan qisqacha tasnifdan farqli 
o’laroq bank resurslarining manbasi, turlari, kimga tegishli ekanligi, muddati, 
ishonchlilik va risk darajasi, ko’rsatish imkoniyatlarini o’zida mujasamlashtirilgan 
holda ishlab chiqilgan. 


210 
Banklarning barcha resurs bazasidagi elementlarni turli belgilar bo’yicha 
guruhlarga ajratdik. Tahlil maqsadida va klassifikatsiyaning asosini boshqarishda 
(17.1-jadvalda keltirilgan), quyidagi belgilar inobatga olindi.
Bular resurslarni: 
manbalari bo’yicha; 
mablag’lar kimga tegishliligi bo’yicha; 
muddatiga ko’ra;
ishonchlilik darajasiga ko’ra;
ko’payish manbaiga ko’ra va boshqalar bo’yicha tasniflash mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to’g’risida", 
"O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida", "Aktsiyadorlik 
jamiyatlari va aktsiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi qonunlariga 
hamda boshqa qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 
maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada 
oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 
qaroriga hamda 2015 yil 6 iyuldagi 2693-son “Tijorat banklari kapitalining 
monandligiga 
qo’yiladigan 
talablar 
to’g’risidagi 
nizom”lar 
asosida 
mamlakatimizda tijorat banklarining kapitali shakllantiriladi va boshqariladi. 
“O’zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga 
oshirish tartibi to’g’risida”gi 2015 yil 26 avgustdagi 2711-sonli yo’riqnomasiga 
binoan tijorat banklari o’z depozit operatsiyalarini amalga oshiradilar. 
Banklar tomonidan pul mablag’larini yig’ish, boshqa depozitlarni jalb qilish 
strategiyasini amalga oshirish bankning kredit-investitsion faoliyatini amalga 
oshirish uchun ham zarur. 
Depozit operatsiyalari yordamida banklarning 70 foizdan ortiq passivlari 
tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini banklar o’zlarining depozit 
siyosatlari asosida olib boradilar. Bankning depozit siyosati uning kredit siyosati, 
foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bog’liq bo’lib, 
banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga 
qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining 
ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim. 
Depozit operatsiyalarining obekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag’lari 
(qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo’lib 
balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi.
Bank depozit sertifikatlari – bank resurslar manbaasiga qo’shimcha pul 
mablag’larini jalb qilishning bozor mexanizmiga xos bo’lgan usullaridan biri 
bo’lib, bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishda va resurs bazasining 
mustaxkamlanishida o’ziga xos muxim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda depozit sertifikatlar amalda bo’lish qoidalari va bozori 
shartlarini tashkil etish va ularning muomalasini tartibga solish maqsadida, 
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan «Banklarning depozit 
sertifikatlarini chiqarish, ro’yxatga olish va muomalada bo’lish qoidalari» ishlab 
chiqilgan bo’lib, mazkur tartibga asosan Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 
banklar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga mo’ljallangan o’z depozit 
sertifikatlarini chiqarib kelinmoqda. Bank tomonidan chiqarilayotgan sertifikatlar 


211 
xalqaro amaliyotda va bizning qonunchilikda belgilangan shartlar bo’yicha ikki 
turda chiqarilishi mumkin:
34
Yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan – depozit sertifikatlari. 
Jismoniy shasxlar uchun mo’ljallangan - jamg’arma sertifikatlari 
Mamlakatda moliya bozorlarining keng ko’lamda ishlashining ta’minlanishi 
ulardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. 
Bank o’z mablag’lari tarkibi,
1) Aksiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli) 
2) qo’shimcha kapital, 
3) zahira kapitali (Zahiralar va maxsus fondlar, devalvatsiya) 
4) Taqsimlanmagan foyda
5) qayta baholash ortiqchasidan iborat. 
Tijorat banklari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’z mablag’lari ustav 
kapital, rezerv kapital, maxsus fondlar, o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydalar, 
rezervlar, qayta baholash natijalaridan iborat. 
Bugungi kunda bank kapitaliga nisbatan nazorat va uni o’rganish ikki asosiy 
guruhlash asosida olib boriladi va ular quyidagi turlarga bo’linadi, shundan:
1 darajali kapitalga: 
- Muomaladagi aksiyalar
- qo’shimcha kapital 
- Zahiralar 
- Taqsimlanmagan foyda 
2 darajasi kapital 
- Joriy yil sof foydasi 
- Subordinar qarzlar
Bu yerda II darajali kapital ja’mi kapitalning 50% dan ko’p bo’lishi talab 
qo’yilgan.
Yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan hamma funksiyalar bank faoliyatida xatar 
darajasini kamaytirishga qaratilgan bo’lib, bankni samarali boshqarish sharoitini 
yuzaga keltiradi.
Bank resurslarining depozit va nodepozit manbaalar xam o’z o’rnida bozor 
tizimidagi bank faoliyatining bir necha iqtisodiy unsurlardan tashkil topganligini 
ko’rishimiz mumkin.
Depozit – lotincha so’zdan olingan bo’lib, lug’aviy ma’nosidan kelib 
chiqgan xolda saqlash uchun topshirilgan buyum ma’nosini bildiradi. Iqtisodiyotda 
esa mijozning o’z mablag’ini vaqtincha foydalanish uchun bankga topshirish 
natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatni tushuniladi. 
Depozit - bu mijozning banklarga vaqtincha ishlatish uchun o’z 
mablag’larini berishi bo’yicha iqtisodiy munosabatidir. 
Bankning depozit operatsiyalari 4 guruxga bo’linadi: 
1 Talab qilib olinguncha (muddatsiz) depozitlar; 
2 Muddatli depozitlar; 
34
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo’lish tartibi to’јrisida” NIZOM. 2008 yil 
24 sentyabr №1859.


212 
3 Aholi jamg’armalari;
4 Qimmatli qog’ozlar chiqarish yo’li bilan mablag’larni jalb qilish. 
Muddatsiz depozitlar – bu mijoz tomonidan o’z mablag’ini xoxlagan paytda 
xech qanday oldindan ogoxlantirmay olinishi mumkin bo’lgan mablag’lar 
tushuniladi. 
Muddatli depozitlar – bu bank tomonidan ma’lum bir muddatga jalb 
qilinadigan mablag’lardir. Muddatli depozitlarda mablag’ shartnomada keltirilgan 
muddatga bankka foydalanishga topshiriladi. Bu muddat tugashi bilan uning egasi 
mablag’ni qaytarib olishi mumkin. Jalb qilingan mablag’lar ichida muddatli 
depozitlar asosiy o’rinni egallaydi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish