va
moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Davlat banklari davlat ixtiyorida bo‘lgan kredit muassasa bo‘lib, o‘zining
birinchi kurtaklari qadimiy Rimda, Yegipetda, keyinchilik XVI-XVII asrlarda
Yevropada vujudga kelgan.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya, jamg‘arma,
rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tizimining yana bir
qismi nobank kredit muassasalari bo‘lib, davlat va korxonalarni moliyalashtirish,
uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi.
12.3. Bank tizimi va uning shakllarini kengayishi.
Kredit - bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi - iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirilishining ajralmas belgilaridan (xususiyatlaridan) biridir. Bu shu bilan
ta’kidlanadiki, bank tizimi har qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini
tashkil qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaqtinchalik bo‘sh turgan
pul mablag‘larini akkumulyatsiya qilish funksiyasini amalga oshiradi. Bank
tizimining muvoffaqiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat ko‘rsatishi,
umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish bog‘liq bo‘ladi. Bank deb pul
mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har-xil
vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Agar mamlakatda yetarli darajadi bank faoliyatini ko‘rsatayotgan banklar,
kredit tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo‘lsa u holda bank tizimi
mavjudligi to‘g‘risida gap yuritsa bo‘ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit
tashkilotlari turli shakllarida hamda doimo o‘z mijozlari-iqtisodiyot sub’ektlari,
Markaziy bank, boshqa organlar, davlat xokimiyatlari va davlat boshqaruv
143
organlari, o‘zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda (munosabatda)
bo‘lib turadilar.
Bank tizimi - tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo‘lib – mamlakatning
iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va
rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, muomala va
iste’mol qilish bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqish zarurdir. O‘zining amaliy
faoliyatida banklar xo‘jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan uzviy ravishda
bog‘liq.
Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin.
Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga,
kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka
bo‘linadi. Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochik turdagi yoki yopiq
turdagi aksiyador banklar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni
sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning
aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo‘lishi mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin.
Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham xuquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi
mumkin.
Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag‘lari hisobidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy,
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus
banklarga bo‘linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga
oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat
ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuklarga, samaradorlikka erishishga
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin
banklari kirishi mumkin.
Segmentlangan bank tuzilmasi tijorat va nobank kredit tashkilotlariga
faoliyat muhitini (operatsiyalarini) qat’iy qonuniy tomonidan chegaralab
qo‘yilishini bildiradi. Bunday holat hozirda AQSh, Yaponiya, Kanada kabi
davlatlarda mavjud bo‘lib ularda korparativ mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni
chiqarish va joylashtirish operatsiyalari bilan shug‘ullanishlari taqiqlanadi. Biroq,
bugungi kunda AQSh 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stegal qonuni bekor
qilinishi kutilmoqda.
Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog‘onali bank tizimi
xosdir.
Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali
mavjud bo‘lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo‘lsagina real (haqiqatda)
mavjud bo‘lishi mumkin.
Ammo sivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog‘onali
bank tizimi xos. Bunda birinchi pog‘ona banklari - bu Markaziy bank, ikkinchi
quyi pog‘ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir.
144
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo‘lgan barcha davlatlar pul-kredit
tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o‘rni
mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga
bog‘liq.
Bu esa o‘z navbatida ikki pog‘onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil
bo‘lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo‘ladi.
Ikki pog‘onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-
qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag‘laridan
erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog‘ona banklar-tijorat banklari
orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda
tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo‘naltirish zarur. Bunday maxsus institut
sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Biz aytganimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bank
tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat olib boradilar. 2017 yildan
boshlab esa ularga qo‘shimcha litsenziyalar zarur emas.
Bozor iqtisodiyoti va jahon xo‘jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham
rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko‘proq faqat sof bank
operatsiyalarini bajaradigan emas.
Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
- passiv operatsiyalar;
- aktiv ssuda operatsiyalari;
- bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;
- bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va
boshqalar.
Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan moliyaviy
muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta
daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-
brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi
oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda
yirik tijorat banklari qariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat ko‘rsatmokda.
Ular orasida eng ko‘p tarqalgani veksellarni hisobga olish usulidir. Bank
veksel saqlovchidan naqd hisob-kitob qilish yo‘li bilan veksel sotib oladi. Unda
qayd etilgan summadan hisobga olish foizini - ko‘rsatilgan xizmat uchun xaq
ushlab qoladi. Veksel bo‘yicha to‘lov muddati kelganida bank uni vekselni sotgan
veksel saqlovchiga emas, balki vekselni bergan shaxsga taqdim etadi.
Qimmatli qog‘oz garovga olinib, beriladigan ssudalar, shuningdek mana
shunday qog‘ozlarni harid qilish bo‘yicha operatsiyalar fond operatsiyalari deb
yuritiladi.
Tovar evasiga beriladigan ssudalar omborlar yo‘ldagi va savdo
aylanmasidagi bo‘lgan tovarlarni garovga olib takdim etildi. Ssudalar o‘z muddati
to‘lanmagan hamma hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar va tovar
moddiy boyliklari bank ixtiyoriga mulk bo‘lib o‘tadi. To‘lov qobiliyatiga shubha
yo‘q yirik mijozlarga bank hech qanday ta’minotsiz ssudalar yoki bank kreditlari
deb ataladigan qarzlar beradi.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |