Bank ishi va investitsiyalar


 Markaziy bank faoliyatining vazifalari va funksiyalari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
14.2 Markaziy bank faoliyatining vazifalari va funksiyalari 
Markaziy bank quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 
- banknotalar (naqd pullar) emissiyasi; 
- davlatning oltin - valyuta zahiralarini saklash; 
- pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish; 


167 
- kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 
- davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish; 
- to‘lov-hisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish; 
- valyuta kursini muvofiqlashtirish. 
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish 
funksiyasi Markaziy banklarning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi va u bu 
sohada monopol xuquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda 
belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan 
pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. 
Markaziy bank banknotalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha monopol 
mavqeiga ega. Bu “banknota yakka hokimligi”, deb ham ataladi. Banknotalar 
mamlakat hududidagi hisob-kitoblarda cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi 
yagona to‘lov vositasidir.
Markaziy bankning naqd pullarni berish jarayonidagi monopol mavqei, 
uning barcha pul massasining hajmini, shu jumladan, tijorat banklarining hisob-
raqamlaridagi pul mablag‘larini ham nazorat qilishiga imkon beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki haqidagi qonunning tegishli 
moddalarida Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul chiqarish huquqiga ega 
bo‘lgan monopol bank ekanligi qayd etilgan. Shu nuqtai nazardan, u muomaladagi 
pul massasining barqaror ravishda aylanishiga javobgardir. 
Markaziy bank uchun banknotalarning harid qobiliyatini barqaror darajada 
saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, eng avvalo, muomaladagi 
banknotalar miqdorining o‘zgarishiga bog‘liq.
Bu holatni hisobga olgan bir qator markaziy banklar, xususan, Germaniya 
Markaziy banki rahbariyati muomaladagi naqd pul massasini tartibga solishni, 
kreditlash hajmini nazorat qilish bilan bir qatorda, milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlashning muhim sharti, deb hisoblaydi. 
Davlatning oltin - valyuta zahiralarini boshqarish funksiyasi. Markaziy Bank 
davlatning oltin, qimmatbaho metal va kamyob toshlarni valyuta zahiralarini 
boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zahiralari xalqaro hisob-kitoblarda 
aktivlar zahirai, hisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli sug‘urta fondi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Odatda mamlakat oltin zahiralarining asosiy qismi Markaziy 
bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zahiralar moliya vazirligi 
ixtiyorida bo‘lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi. 
Markaziy banklar mamlakat valyuta zahiralarini o‘zida yig‘adi va bu 
zahiralar xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi defitsitini qoplash 
va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatiladi. 
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog‘i 
davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati 
davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul 
massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda 
kapitali bozori ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar 
yig‘indisidan tashkil topadi. 
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini 
ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflyatsiya 


168 
sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va 
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat. 
Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish 
- kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag‘batlantirish yo‘li 
bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketgan holda, 
kon’yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish - kredit 
restriksiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasining 
qisqarishiga asoslanadi. 
Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul-kredat siyosatini olib borishi 
mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, hisob stavkasi va qisqa 
muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar 
yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda 
muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib 
borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jihatlari valyuta kursi, valyuta 
zahiralari va to‘lov balansi kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo‘ladi. 
Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib 
boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
- minimal majburiy zahira normalarini o‘rnatish; 
- foiz (diskont) siyosati; 
- tijorat banklarini qayta moliyalashtirish; 
- ochiq bozor siyosati; 
- targetlash

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish