O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK ISHI VA AUDITI” FAKULTETI
“Bank ishi” kafedrasi
MOLIYA FANI BO’YICHA
JORIY NAZORAT
ISHI
Bajardi: 2-kurs, BIA–82 guruh
talabasi Ozodov SH
Toshkent – 2021
14-variant - J.M.Keynsning yetmayotgan talabni to’ldirish formulasi.
"Kapitalning eng yuqori samaradorligi", qo`shimcha kapital birligi tomonidan vujudga keltiriladigan bo`lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday). Uningcha, kapital noyobligi, ya'ni cheklanganligi tufayli foyda keltiradi. Kapitalning ko`payishi borasida uning samaradorligi yoki foydaliligi kamayib boradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida va kapitalning tez jamlanishi tufayli bir avlod umri davomida "kapitalning eng yuqori samaradorligi" nolga tenglashishi mumkin, deydi u. Kapitalning samaradorligi psixologik omillarga bog`liq ekan, endi kapitalistning o`z korxonasining kelajagiga beradigan bahosi uning qayfiyatiga qarab o`zgaradi.
Keyns foizga alohida e'tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va "likvidlilik afzalligi"ga bog`liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori "likvidlilik afzalligi"ga to`g`ri va muomaladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma'lum davrga likvidlilikdan, ya'ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o`z boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan "likvidlilik afzalligi" deb ataladi. Bu kapitalist likvid shaklda saqlamoqchi bo`lgan resurslarning miqdori bilan o`lchanadi.
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalarning umumiy bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to`g`risidagi tezis muhimdir. Ular iste'mol talabining yetarli emasligini to`ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi iste'mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investitsiyalarning ko`payishi ishlab chiqarishga qo`shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste'mol o`suvini ta'minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning dastlabki o`suvi yana qo`shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo`shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug`iladi. qo`shimcha bandlikning o`sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o`sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o`sishi o`rtasidagi nisbatni ko`rsatadi. Multiplikatorning formulasi
Do'stlaringiz bilan baham: |