Bank faoliyatini tashkil qilish va bank tarkibi
Banklarning bajaradigan vazifalari va ko‘rsatadigan xizmatlari hajmi ularning katta-kichikligiga hamda ustav kapitalining hajmiga bog‘liq. Ular uch xil bo‘ladi: mayda, o‘rta va yirik banklar (ustav kapitalining hajmiga qarab bo‘lishi mumkin).
Kichik va o‘rta banklar asosan mayda va o‘rta hajmdagi xo‘jalik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatib, bu banklarning asosiy vazifasi xususiy shaxslardan depozitlarga mablag‘larni qabul qilib olish, mayda korxonalarga turli kreditlar va qarzlar berishdan iborat. Bunday banklar quyidagi tashkiliy chizmaga ega.
Kichik va o‘rta banklar faoliyatini rahbarlar (direktorlar) Kengashi nazorat qiladi va bank rahbari muntazam ravishda rahbarlar (direktorlar) Kengashi oldida hisobot berib boradi. Mayda va o‘rta banklar faoliyatining yaxshi-yomon bo‘lishi ular joylashgan hududga hamda mijozlar sifatiga bog‘liqdir. Bunday banklar asosan juda yuqori bo‘lmagan tavakkalchilik bilan ishlaydilar.
Yirik banklarning tuzilishi mayda banklar tuzilishidan umuman farq qiladi.
Ular odatda bank-xolding kompaniyalariga, ya’ni bir nechta yirik banklar va moliya institutlari uyushmasiga bo‘ysinadi. Ularning aksiyadorlari aksiyadorlar Kengashini saylaydilar va bu Kengash bank-xolding kompaniyalariga qarashli moliya institutlari ustidan nazorat olib boradi. Bank-xolding kompaniyasi Kengashining bir nechta a’zolari bu kompaniyaga qarashli banklar Kengashlarining a’zolari ham bo‘lishlari mumkin.
Yirik banklarning eng katta muammosi - boshqarish muammosidir: rahbariyat o‘zining banki faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladi, lekin bo‘limlar faoliyatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmaydilar. Bank xizmatlari keng qamrovli bo‘lganligi tufayli mavjud jiddiy muammolar haftalar, hatto oylar davomida sezilmasligi mumkin. Yirik banklarning mayda banklardan ustunligi shundaki, ular turli va ko‘p sonli mijozlarga, bozorlarga xizmat qiladilar.
«Holding» so‘zi ingliz tilidan kirib kelgan bo‘lib, «egalik qilish» ma’nosini anglatadi. Holding kompaniyalari turli moliyaviy sub’ektlarni birlashtirish maqsadida tuziladi. Ushbu sub’ektlarni boshqarish huquqini olish, shu sub’ektlar aksiyalarining nazorat paketini sotib olish orqali amalga oshiriladi.
Bank xoldingining ikki turi bor: sof xolding - faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi; aralash xolding - nazorat va boshqaruv vazifalari bilan birga sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, ta’sischilar yangi bank ochish uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin, ta’sis shartnomasini tasdiqlaydilar. SHundan so‘ng, bir oy muddat ichida bank ochishga ruxsat so‘rab Markaziy bankka quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim qiladilar:
muassislar tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan uch nusxadagi ta’sis shartnomasi (asli va ikki nusxasi). Muassislar imzosi va ta’sis shartnomasi notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
muassislar majlisida tasdiqlanib, ular tomonidan imzolangan bank Ustavi-uch nusxada;
bankni tashkil etish to‘g‘risida, Ustav sarmoyasi hajmi haqida, bank Ustavini tasdiqlash haqida hamda bank kengashi, taftish komissiyasi va bank Boshqaruvini saylash to‘g‘risidagi qaror qayd etilgan muassislar majlisi bayonnomasi. Bu hujjat nusxalari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Muassislar haqida quyidagi ma’lumotlar keltiradi:
muassislar ro‘yxati; ularning to‘liq nomi, manzili, telefon raqami, to‘lov rekvizitlari, ustav kapitaliga ulushi, shu jumladan, foiz hisobida.
Bankni tashkil qilishda ovoz berish huquqiga ega aksiyalarning 5 foiziga ega muassislardan quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |