3-mavzu: Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
Tijorat banklarini tashkil etish, qo‘shish, vasiylik va tugatishning huquqiy asoslari.
Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi.
Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati.
Ustav fondini shakllantirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari.
Jahon moliyaviy inqirozi oqibatida AQSH va Evropa davlatlari tijorat banklari faoliyati tugatilishi va ularning asosiy sabablari.
1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etish, qo‘shish, qayta tashkil etish, bo‘linish, vasiylik va tugatishning huquqiy asoslari.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi .
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib borilar edi. Bu konunga 2009 yil 15 avgustda №703 son bilan uzgartirish kiritilgan va xozirda banklar ushbu konun asosida tashkil etilmokda.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagilar asosiy omil bo‘lib hisoblanadi:
bankni tashkil etish bo‘yicha biznes rejaning maqbulligi;
bank ustav kapitalining etarliligi va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilganligi;
daromadlilikning istiqbollari;
tashkil etilayotgan bank rahbarining malakasi va obro‘si;
bankni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligi;
monopoliyaga qarshi choralarning mavjudligi
Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
bankni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi;
bank ustav kapitali miqdori;
muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati, ularni to‘lash miqdori va tartibi;
muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari.
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |