Valyuta opsionlarining turlari
Opsion huquqi qaysi sub’ektga tegishligiga qarab ikki turga bo‘linadi:
Koll opsion – bu huquq, ammo majburiyat emas, u asosiy valyutani sotib olishni bildiradi. YA’ni, huquq sotib oluvchida bo‘ladi.
Put opsion – bu asosiy valyutani sotish huquqini beradi, ammo bu majburiyat emas. YA’ni, huquq sotuvchida bo‘ladi. Bu ikkala bitim bir-biridan farq qiladi, ular bir-biriga qarama-qarshi bitim shakli emasdir.
Opsionni sotib oluvchi tomon – bu opsion egasi (xaridor), opsionni tashqil etuvchi tomon – anderayter (sotuvchi) deb yuritiladi. Asosiy valyutaning sotish yoki sotib olish – bu opsion amalga oshiriladigan narx, ya’ni strayk baho deb yuritiladi. Opsion premiyasi bu xaridor anderayterga to‘laydigan summa tushuniladi. Ayirboshlashda to‘langan premiya evaziga xaridor spot kursining o‘zgarishidan ko‘radigan zararini sug‘urtalaydi. Anderayter esa cheklanmagan miqdordagi riskka boradi va bundan himoyalanish uchun xedjirlash va kompensatsion bitim tuzadi.
Opsionlar qanday vaqtda qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
Evropa opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtda amalga oshiriladi;
Amerika opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin.
Amerika opsionining foydaliligi Evropa opsioninikidan kam emas, ammo ular analitik qiyin amalga oshiriladi. Birjadan tashqari bozorda samarali tarzda evropa koll-opsioni amalga oshiriladi, lekin ayrim valyutalarga nisbatan an’anaviy tarzda amerika opsionlari qo‘llanib kelmoqda.
Birjadan tashqari valyuta ayirboshlash opsioni – bu ikki tomonlama bitim bo‘lib, u ikki qatnashchi tomondan tuziladi. Birjadagi va birjadan tashqari opsion bozorining farqi birjadan tashqari opsion bozorida kliring palatasi bo‘lmaydi va nazorat qiluvchi organlar hamda savdo qoidalarini o‘rnatuvchilar bo‘lmaydi. Agar tashqillashtirilgan birjadagi opsionlar standart opsionli bitim tuzilsa, birjadan tashqari opsion bozorida ular investorning ehtiyoji, investitsiyasi hamda xedjirlashiga bog‘liq tarzda tuziladi. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, birjadan tashqari opsion bozorining miqdori tashqillashtirilgan birjadagi opsionlarning miqdoridan 5 marta ko‘proqdir. Bu ikki opsion bozori bir-biri bilan raqobatlashadi hamda bir-birini to‘ldirib turadi.
Professional treyderlar birjadan tashqari bozorda o‘z daromadalarini oshirish, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni oldini olish uchun kombinatsion opsionlardan foydalanishadi. Hozirgi vaqtda birjadan tashqari valyuta opsioni bozorlarida quyidagi turdagi kombinatsion opsionlar qo‘llaniladi:
Streddl (yoki stellaj yoki ikkita opsion (straddle)), u ikki opsiondan biri put opsion va boshqa biri koll-opsion bo‘ladi hamda ularning nominali, narxi va muddati bir xil bo‘ladi. Narxi odatda forvard kursi atrofida bo‘ladi va foyda keltirmaydi, ular bo‘yicha delta taxminan 0.5 ga teng bo‘ladi. Agar joriy volatillik kutilganidan yuqori bo‘lsa, uzun streddl daromad keltiradi. Agar joriy volatillik kutilganidan past bo‘lsa, qisqa streddl daromad keltiradi.
Stregl (strangle) – opsion strategiyasi bo‘lib, u qachonki investorda koll va put opsion pozitsiyasi turli xil narxda bo‘lsa ishlatiladi. Bunda strayk baho forvard kursidan yomonroq, shuning uchun ular daromadsiz yoki zararlidir. Odatda strayk baho 0.25 deltada topiladi.
Risk riversiyasi bu o‘zida ko‘proq narxga yo‘naltirilgan o‘yin bo‘lib, u volatillikka unchalik xos emas. Dilerlar daromadsiz put-opsionni daromadsiz koll-opsionga ayirboshlaydilar yoki aksincha. Ushbu daromadsiz put va koll opsionlar narxlari bilan farq qiladi va dilerlar ayirboshlashda ular orasidagi farqni premiya sifatida to‘lab berishadi yoki unga ega bo‘lishadi.
Birjadan tashqari bozorda opsionlarning turli xil ko‘rinishlari amal qiladi:
Multivalyutali opsion – biror valyutani boshqa bir valyutaga biror bir valyuta orqali maxsus ayirboshlash kursi orqali ayirboshlash huquqidir.
Bar’erli opsion (barrier option) – opsion tugash muddati qisqaradigan yoki uzaytiriladigan opsion bo‘lib, unda belgilangan kurs etib kelishi kutiladi.
Bermud opsionlari (Bermuda options) – amerika va evropa opsionlarining birlashmasidir.
Osiyo opsionlari – yoki o‘rtacha kurs opsionlari (average rate options).
Har bir opsion narxining uch elementi mavjud:
Strayk yoki amalga oshirilish bahosi, ya’ni xorijiy valyutaning sotilish yoki sotib olinish bahosi;
Premiya, ya’ni opsionning narxi;
Bozordagi spot kurs.
SHuningdek, opsionlar keltiradigan daromadiga qarab ham turlarga bo‘linadi:
Daromadsiz (at-the-money - ATM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi spot kurs bilan teng bo‘ladi.
Daromadli (in-the-money - ITM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi premiyadan tashqari ham daromad keltiradi.
Zararli (out-the-money - OTM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi premiya bilan ham daromadsiz bo‘ladi.
Opsionlar ham birjadan tashqari bozorda ham birjada samarali tarzda savdo qilinib kelmoqda. Birjadan tashqari bozorda ular asosan bir tomondan AQSH dollari va ikkinchi tomondan funt sterling, shvetsiya franki, yaponiya ienasi, kanada dollari va evroga nisbatan tuziladi. Birjadan tashqari bozor opsionlari xaridorlarning ehtiyojiga qarab tuziladi. SHuningdek, ularda kontragent riski mavjud bo‘ladi va u asosan banklar hamda individual kontragentlar tomonidan foydalaniladi. Birjadagi opsionlar esa xuddi fyucherslar kabi savdo qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |