Bank inqirozlarini vujudga keltiruvchi omillarning ta’sir darajasi
№
Bank inqirozi omillari
Ta’sir darajasi, %
1
Nazorat va tartibga solishga oid kamchiliklar
90
2
Bank menejmentiga oid kamchiliklar
69
3
Savdo qoidalarining buzilishi
69
4
Iqtisodiy turg‘unlik(tanglik)
55
5
Siyosiy aralashuv
40
6
Afillangan shaxslarga kreditlar
31
7
Spekulyativ “po‘fak(ko‘pik)lar”
24
8
Firibgarlik
21
9
Davlat korxonalarini kreditlash
21
10
“Golland kasalligi”
14
11
Kapitalning chiqib ketishi
7
12
Sud tizimida mavjud muammolar
7
13
Omonatchilar tomonidan banklardan depozitlarni olishning faollashuvi
7
K.V.Rudiy tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:
K.V.Rudiy tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:
- qadrsiz milliy valyuta;
- dollarizatsiya darajasining yuqoriligi;
- katta miqdordagi tashqi qarz;
- yuqori byudjet defitsiti;
- YaIM o‘sish sur’atining pastligi;
- banklarni tartibga solishning zaifligi;
- moliyaviy bozorlarning rivojlanmaganligi va ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari.
Bank inqirozlarining salbiy oqibatlari
Oqibatlariga ko‘ra, bank inqirozlarini uch guruhga ajratish mumkin: mikroiqtisodiy darajada ta’sir etuvchi, makroiqtisodiy darajada tarqaluvchi, iqtisodiyotning demonetizatsiyasi va inflyatsiya darajalarining oshishiga olib keluvchi byudjet-moliya tizimining masshtabli nobarqarorligiga olib keladi.
Iqtisodiyotda bank inqirozlarining salbiy oqibatlari Kaminskiy va Reynxartlar tomonidan empirik tadqiq etilib, ularning fikricha bank inqirozlarining oqibatlari quyidagilardan iborat
- depozitlarning olinishi;
- pulga bo‘lgan talabning pasayishi;
- depozitlarga nisbatan pul oqimlarining o‘sishi;
- kreditlash hajmining pasayishi;
- foiz stavkalarining o‘sishi;
- M2 agregatining o‘sishi va iqtisodiy faollikning tushib ketishi.
Bank inqirozlarining quyidagi turlari mavjud:
Bank inqirozining birinchi turini byudjet xarajatlarining miqdoridan qat’iy nazar mikroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Bunday holatda cheklangan miqdordagi banklarning bankrot bo‘lishi butun moliyaviy tizimga keskin ta’sir ko‘rsatmaydi hamda yirik miqyosdagi makroiqtisodiy pasayish kuzatilmaydi. Bunga misol sifatida AQSh (1984-1991 yy.), Shvetsiya (1990-1993 yy.), Finlandiya (1991-1994 yy.) va Fransiya(1991-1998 yy.)dagi bank inqirozlarini keltirish mumkin.
Bank inqirozining ikkinchi turini o‘ta salbiy oqibatlarga olib keluvchi makroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Misol uchun, Chilida (1981-1984 yy.) yuz bergan bank inqirozi YaIMning 13 % pasayishiga olib keldi. Bank sektorining aksariyat qismi milliylashtirilib, hanuzga qadar davlat xarajatlari to‘la kompensatsiya qilinmagan. Mazkur turdagi inqirozlarni bartaraf etish uchun sarflanadigan mablag‘lar YaIMning 15-20%ini tashkil etishi mumkin.

Bank inqirozining uchinchi turi moliya-byudjet tizimining nobarqarorligi, yuqori inflyatsiya va iqtisodiyotni demonetizatsiya qilish kabi xususiyatlar bilan harakterlanadi
Yuqorida keltirib o‘tilgan bank inqirozlarining turlari bilan bir qatorda ularning quyidagi namoyon bo‘lish shakllari ham mavjuddir:
Yashirin inqiroz (bank distress). Bunday sharoitda banklarning ko‘pchilik qismi to‘lovga layoqatsiz bo‘lsalarda faoliyatlarini davom ettiraveradilar.
Inqirozning ochiq shakli (bank runs). Bunga Buyuk Depressiya vaqtidagi bank vahimasi, banklardan yoppasiga omonatlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni aytish mumkin.
Tizimli bank inqirozi (Systemic Banking Crises). Bu esa, o‘z navbatida bank tizimining aksariyat qismini to‘lovga layoqatsizligini anglatadi. Shuningdek, K.V.Rudiy xorijiy tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda bank inqirozlarining quyidagi turlarini keltirib o‘tadi

- kredit jarayoni funtsional holatining buzilishi natijasida yuzaga keladi bank inqirozlari;
- qarz va valyuta muammolari bilan bog‘liq bank inqirozlari;
- bank epidemiyasi (har xil kanallar orqali tarqaluvchi, misol uchun, xorijiy kapital harakati).