MDHga a’zo mamlakatlari tomonidan milliy
valyutalarining joriy etilishi26
2-жадвал
Mamlakatlar
|
Rubl hududidan chiqish sanasi
(asosiy (oraliq) valyutaning
joriy etilishi)
|
Belarus
|
1992 yil may (belorus rubli)
|
Estoniya
|
1992 yil iyun (krona)
|
Latviya
|
1992 yil iyul (latviya rubli)
|
Ozarbayjon
|
1992 yil avgust (manat)
|
Litva
|
1992 yil oktyabr (litva taloni)
|
Ukraina
|
1992 yil noyabr (karbovanets) grivina
|
Qirg’iziston
|
1993 yil may (som)
|
Gruziya
|
1993 yil avgust (kupon)
|
O’zbekiston
|
1993 yil noyabr (so’m – kupon) so’m
|
Armaniston
|
1993 yil noyabr (dram)
|
Qozog’iston
|
1993 yil noyabr (tenge)
|
Moldova
|
1993 yil noyabr (ley)
|
Turkmaniston
|
1993 yil noyabr (manat)
|
Tojikiston
|
1995 yil may (tojik rubli) somoni
|
Buning natijasida, o’z milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda sobiq Ittifoqning 1961 – 1992 yillar namunasidagi rubllar qadrini yo’qotgan “oddiy qog’oz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, bu jarayon mamlakatimiz iste’mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda katta hajmda chetga oqib ketishi ro’y berdi.
Albatta, bunday sharoitda iste’mol bozorini himoya qilishning yagona va eng to’g’ri yo’li zudlik bilan muomalaga milliy valyutani kiritish edi. Lekin, jahon tarixidan ma’lumki milliy pul birligini kiritish uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy shart – sharoit mavjud bo’lishini taqozo etardi, to’g’rirog’i esa ularni yaratish lozim edi. Bu esa o’z o’rnida ma’lum vaqt talab qilardi.
Ammo, bu vaqt ichida iste’mol bozorini qog’ozga aylanib borayotgan rubllardan himoya qilib borish ham zurur edi. Aks holda, mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqib ketish xavfini oldini olib bo’lmasdi. Shuning uchun, dastlabki vaqtlarda iste’mol bozorini himoya qilish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 15 mayda “Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoyalashni kuchaytirish to’g’risida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorga ko’ra aholining tovar sotib olishi va depozit operatsiyalarining bajarilishida pasport va kupon tizimi joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari 1993 yil 10 maydan boshlab, banklarga qo’yiladigan omonatlar pasport asosida qabul qilinishi joriy etildi, qiymati 25 ming rubldan yuqori bo’lgan tovarlarni kuponlar asosida sotilishi belgilab qo’yildi, 25 ming rubldan yuqori qiymatdagi tovarlar bank omonatchilarning topshirig’iga ko’ra, pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilishi joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |