Bank hisobi va audit


To’lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar



Download 11,58 Mb.
bet137/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

To’lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar

To’lov talabnoma xo’jalik sub’ektlari o’rtasida to’lovlarni amalga oshirishda qo’llaniladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli hisoblanadi. O’zbekiston tijorat banklari o’rtasida to’lov talabnomalar hisob – kitoblarning qo’llanilishi juda keng tarqalmagan. Buning asosiy sabablaridan biri to’lov talabnomalari bilan hisob – kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda ko’p vaqt oladi va ortiqcha sarf xarajatlar talab qiladi.

To’lov talabnomasi – mol sotuvchi tomonidan belgilangan summani bank orqali olish haqidagi talabini o’z ichiga olgan hisob – kitob hujjatidir. Talabnomalar asosan aktseptli va aktseptsiz bo’lishi mumkin.

Aktseptli to’lov talabnomalarda bank avval to’lovchining mablag’ni to’lash haqidagi roziligini oladi, so’ngra to’lovni amalga oshiradi. Aktseptsizda esa avval to’lov amalga oshirilib, so’ngra mijozga to’lov hujjatlarini beradi.

Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvaraqlariga o’tishi to’lov talabnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni rasmiylashtirish va hujjatlarning aylanish jarayonlarini bir qadar engillashtirdi.

Aktseptli to’lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar. Ta’kidlaganimizdek, aktseptli to’lov talabnomalari sotib oluvchining bankiga kelib tushgandan so’ng, bank dastlab to’lovni amalga oshirish yuzasidan to’lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan to’lovchilarga talabnomalarni quyidagicha aktseptlash muddati o’rnatiladi:

– bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni;

– boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni;

– to’lovchining asosli iltimosiga ko’ra 10 kungacha.

Aktseptlash tartibida to’lanadigan aktseptli to’lov talabnomalar muddatini kutayotgan davr davomida to’lovni kutayotgan hujjatlar kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.

To’lovchi belgilangan muddatda yozma ravishda unga xizmat qiluvchi bank bo’limiga aktseptlashni qisman yoki to’liq rad qilish huquqiga ega (tovar – material qimmatliklarini jo’natishda, xizmatlar ko’rsatishda va boshqa holatlarda shartnoma shartlariga amal qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan).

Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda aktseptlashni rad etmasa, talabnoma aktseptlangan hisoblanadi. Talabnomani aktseptlashdan qisman bosh tortganda, to’lovchi tomonidan aktseptlangan summa bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi. Agar to’lovchining hisobvarag’ida mablag’lar bo’lmaganda aktseptli to’lov talabnomalar 2 – kartotekaga joylashtiriladi.

Bunda bank to’lovchi tomonidan aktseptlashni qisman rad qilinganligi to’g’risida mahsulot etkazib beruvchining (mablag’ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi.

Bank, 2 – kartotekadagi hisob – kitob hujjatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishda to’lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o’tkazish huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa amalga oshiradi.

Bank to’lovchilardan mablag’larni oluvchilar foydasiga muddati o’tkazib yuborilgan to’lovlar bo’yicha har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi.

Agar ushbu holat bank va mijoz o’rtasida hisob – kitob va bank xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha sharotnomada belgilab qo’yilgan bo’lsa.

Quyidagi shartli rasmda aktsiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo’limi mijozlarining aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini shartli misolda ko’rib chiqamiz.






Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish