Internet saytlari
www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari va ma’lumotlari milliy bazasi.
www.norma.uz – Axborot – huquqiy portal
www.tfi.uz – Toshkent moliya instituti rasmiy sayti
www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
www.sciencedirest.com – ommabop ilmiy jurnallar sayti.
www.elsevier.com – ommabop ilmiy jurnallar sayti.
www.scopus.com – Xalqaro maqola va anjumanlar sayti
Kirish
Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish banklarning raqamli xizmat turlari va ular sifatini oshishi, ular tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash negizida taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini oshiradi.
Pul va banklar uzoq muddatli tadrijiy rivojlanishi davomida zamonaviy sivilizatsiyaning muhim ajralmas qismiga aylandi.
Shu bois, ushbu fan pul va bank kategoriyalarining paydo bo’lishi va ularning rivojlanishi, pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, pul aylanmasiing talqini, pul muomalasi va pul tizimining mazmuni va tashkil qilish asoslari, inflyatsiya va uning yuzaga kelish sabablari, kredit kategoriyasi va uning zarurligi, kredit tizimi va uning tarkibi, kredit munosabatlari yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlari, banklarning dastlabki operatsiyalari, Markaziy bankning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi, tijorat banklari faoliyati asoslari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, nobank moliya-kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi, valyuta munosabatlari asoslari va xalqaro moliya institutlari faoliyatiga doir g’oyalar, atama va tushunchalar, nazariy qarashlar, konseptsiya va modellar, tamoyillar, yondashuv, usul, uslub, yo’sinlar va boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-nazariy va metodologik asoslar yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan.
“Pul va banklar” fani “iqtisod” ta’lim sohasi yo’nalishlari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fani sanaladi. Mazkur fanni o’rganish jarayonida pul munosabatlarini iqtisodiy asoslash, kredit va to’lov tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, bank faoliyatiga daxldor qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o’rganishning shakllari va usullarini ishlab chiqish, bank faoliyatini tartibga soluvchi normativlar asosida hisob-kitobni amalga oshirish, baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank faoliyatida ish yuritadigan kadrlarga alohida talablar qo’yiladi. Bu fan iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblangan bank tizimiga, shuningdek moliya-iqtisod sohalariga raqobatbardosh kadrlar etkazib berishda muhim o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |