Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan birgalikda Bretton – Vudseda 1944 yil 1 – 22 iyulda bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada tashkil topgan bo’lib, faoliyatini 1946 yil iyuldan boshlagan.
XTTBning resurslari ikkita manba:
birinchisi, aktsiyadorlarning kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan;
ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida aktsiyalarni joylashtirish orqali (95 foizga yaqini) shakllantiriladi.
Tashkiliy jihatdan XTTB aktsiyadorlik jamiyati tamoyili asosida tashkil etilgan. XTTBda aktsiyadorlarni ovoz berish soni ularning ustav kapitalidagi ulushi doirasida aniqlanadi. XTTBda asosiy ovoz berish huquqi AQShga (16,8%) tegishli, bu AQShga bankda qabul qilinayotgan qarorlarga veto qo’yish huquqini ta’minlaydi, qarorlarni qabul qilinishi uchun umumiy aktsiyadorlarning 85 foizi ovoz berishi lozim bo’ladi. Ovozlar soni bo’yicha ikkinchi o’rinda Yaponiya (8%) turadi, shuningdek Germaniya (4,6%), Buyuk Britaniya va Frantsiya (4,4% dan) mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega.
XTTBning boshqaruv organi Boshqaruv kengashi va Direktor (ijrochi organ)dan iborat bo’lib, Boshqaruv kengashi tarkibi unga a’zo mamlakatlar moliya vaziri yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. Boshqaruv kengashi har yili bir marta yig’ilib tegishli qarorlarni Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan kelishgan holda qabul qiladi. Bank siyosiy o’yinlardan holi emas, u tashkil topgandan buyon amerika fuqarosi bo’lgan shaxslar tomonidan boshqarib kelinmoqda.
XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a’zo bo’lgan bo’lsa, 2004 yil iyun oyida ularning soni 184 taga etgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion loyihalarni kreditlashga qaratilgan.
XTTBning 1950 – 60 yillarga qadar asosiy maqsadi a’zo – mamlakatlarning xalq xo’jaligini tiklashga qaratilgan bo’lib, 1960 yillardan so’ng ijtimoiy loyihalarni kreditlash masalasi birinchi darajaga ko’tarildi. Buning asosiy sababi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sura’tlari barqaror ko’rsatikichga ega bo’lsada, boy va kambag’allar o’rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud bo’lib, bu esa o’z navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo’lar edi. Shu bois, XTTB o’z kreditining asosiy qismini aynan shu muammolarni hal qilishga yo’naltira boshladi.
XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda takomillashtirib o’zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 1990 yillardan keyin yuz bergan moliyaviy – iqtisodiy inqirozlarni bo’lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid ostiga olindi.
Quyidagi rasmda XTTBning kreditlarini tarmoqlar kesimidagi tarkibi keltirilgan. Rasmdan 1998 yilda bank tomonidan berilgan kreditlarning deyarli 30 foizi moliya sohasiga berilganligi, 2008 yilda kreditlarning asosiy qismi davlat boshqaruvi hissasiga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Bu XTTBning kredit siyosatini unga a’zo – mamlakatlarda yuz berayotgan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar natijasida o’zgarib boaryotganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |