3. Tizimli bank inqirozlari va ularni
boshqarish yo’nalishlari
Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining Argentina, Sharqiy Osiyo, Ekvador, Meksika, Turkiya va Venesueladagi tizimli bank inqirozlari asosida keltirib o’tiladi. Ushbu mamlakatlarda bank inqirozlari makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy omillar ta’siri ostida kelib chiqqan. Shuningdek, mazkur inqirozlar 1990 yillar oxirida Osiyo mamlakatlari banklarida ro’y bergan inqirozlarda uchramaydigan yangi ko’rinishdagi muammolarni namoyon qildi.
Tizimli bank inqirozlari bank tizimining sezilarli qismiga bo’lgan ishonchning yo’qolishi, real iqtisodiyot uchun sezilarli darajada salbiy ta’sir etuvchi jiddiy xavf hamda to’lov tizimi va kreditlar oqimidagi xatoliklar, shuningdek aktivlar qiymatining o’zgarishidir.
Tizimli bank inqirozlarining kelib chiqish omillari quyidagilardan iborat:
- kelib chiqishidan qat’iy nazar bir, bir nechta yoki barcha banklarda inqiroz likvidlilik muammosi tarzida shakllanadi;
- likvidlilik va depozitlarni olish asosiy muammolarning belgilari sifatida namoyon bo’ladi;
- sabab sifatida makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy yoki ularning ikkalasi ham ko’rsatilishi mumkin.
Shuningdek, tizimli bank inqirozlarining mikroiqtisodiy omillari banklar faoliyatini nazorat qilish amaliyoti va normativ me’yorlarning talab darajasida bo’lmaganligida namoyon bo’ladi. Ularda bo’sh kreditlash amaliyoti, risklarni nazorat qilish tizimining zaifligi va balans defitsitini keltirib chiqarish (muvozanatsizlik, aktivlar nazorati talab darajasida bo’lmaganligi) kabi holatlar kuzatiladi.
Makroiqtisodiy disbalans bank tizimiga bo’lgan bosimni ko’chaytiradi. Uning ta’siri banklar balansi tuzilishiga bog’liq, ya’ni:
- davlatga katta ta’sir qilish;
- yuqori dollarizatsiya;
- xedjirlanmagan qarzdorlar;
- yuqori va nobarqaror foiz stavkalari.
Inqirozlarni boshqarishning “Standart modellari” quyidagilardan iborat:
1-bosqich. Inqirozni o’z ichiga oladi.
2-bosqich. Bankni restrukturizatsiyalash.
3-bosqich. Yo’qotilgan aktivlarni boshqarish.
1-bosqichning asosiy yo’nalishi vaziyatni stabillashtirish va jamoatchilik ishonchini tiklashdan iborat. Bunda bank likvidliligini ta’minlashga bo’lgan ehtiyojni qondirishda tezkor ravishda likvidlilikni ta’minlashga yordam ko’rsatish va ortiqcha likvidlilik sterilizatsiya qilinishi kerak. Shuningdek, inqiroz sabablarini aniqlash va ularni hal etish kerak. 1-bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
- omonatchilar manfaatlarini himoya qilish;
- ishonchli makroiqtisodiy siyosatni tashkil etish;
- kapital chiqib ketishini cheklash bo’yicha choralarni belgilab olish;
- faoliyatini qayt tiklash imkoniyatiga ega bo’lmagan muassasalarni tugatish;
- o’rta muddatli restrukturizatsiya dasturini qabul qilish;
- ishonchni tiklash uchun siyosat yuritishda shaffof bo’lish;
- agarda yuqorida ko’rsatilgan choralarning barchasi samarasiz yakun topsa, oxirgi chora sifatida administrativ(ma’muriy) choralarni qo’llash kerak.
2-bosqichning asosiy yo’nalishi byudjet xarajatlarini minimallashtirish orqali sektorlar davomiyligi va samaradorligini tiklashdan iborat. Bunda instituttsional va huquqiy tuzilmalar banklar ustuvorligini ta’minlaydigan qonunchilik hujjatlari, aktivlar transferi va ularni baholashni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar hamda buxgalteriya hisobi va audit qoidalarini qabul qilishlari kerak. 2-bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat. Banklar diagnostikasida: - bir xil mezonlarni qo’llash; - o’rta muddatli maqsadlarni ko’zlash(foyda olish imkoni bo’lgan); - maxsus auditorlar rolini ko’chaytirish kerak.
Barqaror va etarli darajada kapitallashuv darajasiga ega bo’lmagan banklar:
- vaqtinchalik restrukturizatsiya rejasini ishlab chiqish, xususiy kapitalni jalb qilish;
- intensiv hisobot va monitoring yuritishni nazorat qilish kerak.
Nobarqaror va to’lov layoqatliligiga ega bo’lmagan banklar:
- tugatilishi yuzasidan qisqa muddatda bir qarorga kelish;
- tugatilishi yuzasidan rozilik beruvchi yuqori tashkilotga murojaat qilish;
- depozitlar ishonchli bankka o’tkazib berilishi kerak.
Shuningdek, banklar kapitallashuvida davlat mablag’laridan foydalanishni amalga oshirish kerak.
3-bosqichning asosiy yo’nalishi harakatsiz (taqdim etilmagan) kreditlarga ruxsat berishdan iborat.
Inqirozdan keyingi davrda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
- yoppasiga kafolatlar berishdan voz kechish;
- administrativ(ma’muriy) choralardan voz kechish;
- davlat(hukumat) mulkidan chiqish;
- inqirozning ikkinchi to’lqinidan himoyalanish maqsadida korporativ restrukturizatsiyalashni davom ettirish lozim.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlar bilan bir qatorda, banklar uchun yuqori qarzdorlik va ular vakolatlarining ortishi ayrim siyosiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |