18-MAVZU. NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI
Reja:
1.Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish
2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari
3.Mikrokredit tashkilotlari
4. Lombardlar va ularning tashkil topishi
1.Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish
Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo’lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Xususan:
yuridik va jismoniy shaxslariga hisob-kitob xizmatlarini ko’rsatish va pul o’tkazmalarini amalga oshirish;
hisob –raqam ochish va yuritish
vakillik hisob varaqlarini ochish va pul mablag’larini o’z nomiga joylashtirish va boshqa shu kabi operatsiyalar shular jumlasidandir.
Nobank kredit tashkilotlarining vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri tez va kichik miqdordagi kreditlarni berish, nisbatan yuqori foiz to’lovlarni to’lash hisoblanadi. Chunki, tijorat banklari kredit summasi qancha bo’lishidan qat’iy nazar barchasiga bir xil talabni qo’yadi va bunga ko’pchilik hollarda ma’lum kun talab etiladi.
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga:
kredit uyushmalari;
mikrokredit tashkilotlari;
lombardlar;
lizing kompaniyalari;
faktoring kompaniyalari kiradi.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to’la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.
Moliyaviy lizing
Operativ lizing
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega. Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshirdi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo’ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:
ustav kapitali;
boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam;
o’z a’zolaridan jalb qilingan pul mablag’lari;
tijorat banklarining kreditlari;
sof foyda;
foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar;
o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi.
O’zbekiston Respublikasida faktoring komponyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas.
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat faydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradi. Lizing shartnomalarining o’rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bo’lib ularda resurslar etishmaydi. Ular faoliyatini asosan o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirishga majbur. Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko’lamda jalb qiladilar.
O’zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug’illanadi. Asosiy muammo shundaki, to lizing obekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinmagunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchiga bankda schyot ochadi. Bu schyotlar mazmuniga ko’ra aktiv-passiv schyotlar hisoblanadi, ya’ni bu schyotlar debit yoki kredit qoldiqqa ega bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, Germaniya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda nazorat funktsiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining rugulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |