6-rasm. Bank kassasidan naqd pullarni berishda
hujjatlarning aylanish tartibi
Bankdan tashqari aylanmalarning hajmini qisqartirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish kerak:
a). Banklarning o’z majburiyatlarini to’liq bajarishiga erishish lozim. Bunda asosiy e’tibor mijozlarning hisobvaraqlaridagi mablag’larni ular istagan paytda va miqdorda tegishli manzilga o’tkazib berishi, naqd pul va kreditga bo’lgan talabini to’liq qondirish lozim.
b). Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchini to’liq qozonishi lozim. Ishonchining pasayishi quyidagilar bilan izohlanadi:
–banklarning o’z vaqtida mijozlarning oldidagi majburiyatlarini bajarmasligi;
–aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa, naqd pulga bo’lgan talabining to’liq va o’z vaqtida qondirilmasligi;
–mijozlarning pul o’tkazmalarini istalgan paytda va miqdorda tegishli manzilga o’tkazilmasligi;
–bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligini pasayib ketishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |