Bank hisobi va audit


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki



Download 11,58 Mb.
bet271/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda Evropa parlamentining yig’ilishida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (YYTB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so’ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan YYTB ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.

1991 yil 15 – 17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi va unda bank ta’sischilari bo’lgan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot, ya’ni Evropa ittifoqi (YI) va Yevropa investitsiya banki (YIB) ishtirok etdi.

YTTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin. 1991 yilning noyabrida YTTBning Varshava vakolatxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga a’zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda YTTBning aktsiyadorlari 60 mamlakat, YI va YIB xalqaro tashkilotlar xisoblanadi. Umumiy imzolangan kapital – 1964 mlrd yevro, to’langan kapital – 5,2 mlrd yevro.

YTTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor munosabatlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan YTTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. Bugungi kunda YTTB loyixalari Yevropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o’laroq, bank nizomiga asosan loyixa amalga oshirilayotgan davlatlarda ko’p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart.

YTTB ning investitsiya loyihalari orqali:

sanoatda tarkibiy islohatlar o’tkazish;

raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish;

moliyaviy tashkilotlar faoliyati va xuquqiy tizimni barqarorlashtirish;

xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo’llab quvvatlash;

korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi.

YTTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi YTTBning yuqori organi bo’lib, bankning har bir a’zosidan ikkitadan shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o’z ichiga oladi. YTTBga a’zo mamlakatlar hoxishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o’zgartirilishi mumkin.

Direktorlar kengashining 23 a’zosi bo’lib, uning ikkitasi YI va YIB tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to’g’ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 tasi istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko’ra saylanadi. YTTBni yig’ilishlarida ovoz berish tartibi aktsiyalar ulushiga qarab belgilanadi.

YTTB ustav kapitali tarkibida YI va YIBning kvotalari 51 % ni, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlariniki – 13%, boshqa Yevropa mamlakatlariniki – 11% , boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga – 24 % kvota to’g’ri keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya (8,5 % dan) mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi.

YTTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, asosan a’zo – mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli qog’ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrstrukturasini rivojlantirish va eksport – import operatsiyalari bo’yicha dasturlarni qo’llab – quvvatlash masalalari alohida o’rin tutadi.


Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish