58
Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib
berishni talab qilish niyatida bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni
olishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Muddatli omonatlar quyidagi muddatlar bo’yicha tasniflanadi:
muddati 30 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 90 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 180 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 365 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 365 kundan ortiq bo’lgan omonatlar.
Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin
muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar
vujudga kelganidan
keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnoma omonatni
talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb
hisoblanadi.
Bank tomonidan jalb qilingan omonatlar bo’yicha foizlar hisoblanadi va
omonatchiga to’lab beriladi. Omonatlar bo’yicha foizlar 2004 yil 30 yanvardagi
№-1306-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to’g’risida”gi Nizom asosida
amalga oshiriladi.
Omonatlarga to’lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari
talablari doirasida belgilanadi.
Bank omonati shartnomasida to’lanadigan foizlar miqdori haqida shart
bo’lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga
to’lanadigan miqdorda foizlar to’lashi shart.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo’lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to’lanadigan
foizlar miqdorini o’zgartirish huquqiga ega.
Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori
foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo’yilgan
omonatlarga nisbatan qo’llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa
muddat nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu xabarga qadar qo’yilgan omonatlarga
nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy
o’tganidan keyin qo’llanadi.
Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir
omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim.
Jamg’arma va muddatli omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasida
belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan
bo’lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu
omonatlar bo’yicha mablag’lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan
hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, omonat
bo’yicha foizlar to’lanmaydi.
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan
boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining
hisobvarag’idan o’chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining
59
hisobvarag’i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag’lardan
foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo’lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o’tganidan keyin
omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to’lanadi, bu muddatda
talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo’shilib
boradi.
Omonatga topshirilgan mablag’ qo’yilgan kunning o’zida to’liq yoki qisman
qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi.
Qo’shimcha mablag’lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya
amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan
yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining hisobvarag’idan o’chirilgan kundan
oldingi kungacha yoziladi.
Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo’yicha foizlarni
oldindan to’lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan
oldin olish niyati bo’lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga
hisoblangan foizlar summasi avans tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan
kam bo’lsa, o’rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan,
shuningdek, muddatli va jamg’arma omonatlar muddati tugashi bilan
qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to’lanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil
qiladi. Har bir tijorat banki o’z faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari asosan bankni
tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb kilingan
mablag’lar esa bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi.
SHuning uchun ham xar bir tijorat bankining jalb kilingan mablag’larini doimiy
taxlil kilib borish bankning barkarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat
banklarida puxta uylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi,
banklarda ushbu siyosatlarning to’g’ri tashkil etilganligi ular orasidagi bog’liqlik
va nisbatning optimal tanlanganligini banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi
uchun asos bo’lishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul
mablag’larini bankga jalb kilish bilan bog’liq operatsiyalar depozit operatsiyalari
deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 90 foizdan ortiq
passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari
o’zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit
siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshka faoliyat turlari bilan
chambarchars bog’lik bo’lib, banklarning resurs bazasini mustaxkamlash va uning
barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga
oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: