Bank hisobi va audit



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   232
Boshqaruvchi 
O’rinbosar 
Yordamchi 
bo’limlar 
kassirlar 
Moliyaviy-operatsion 
bo’limlar 
Pul mablag’larini 
saqlash va qabul qilish 
guruhlari 


 
169 
 
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar 
bajarishda  qabul  qilingan  meyorlarga  amal  qilinishini  doimiy  monitoring  qiladi. 
Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga to’laqonli amal qilishi ham 
nazorat ostiga olinadi.  
So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish 
imkoniyati,  ya’ni  xodimning  ma’lumotlar  bazasiga  kirish  yoki  kirmasligi  to’la 
nazorat qilinadi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida 
xodimlarning  bank  amaliyotlarini  mavjud  meyoriy  asoslarga  tayanib  bajarishiga 
ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini 
to’g’ri  bajarishi  keyingi  nazorat  tomonidan  muntazam  kuzatib  boriladi.  Bugungi 
kunda  bank  operatsiyalarining  murakkablashib  borayotganini  inobatga  olib  
xodimlarni  murakkab  amaliyotlar  bo’yicha  muntazam  malakasini  oshirib  borish 
eng asosiy vazifalardan biridir.  
O’zbekiston  Respublikasidagi  mavjud  qonunchilikka  asosan  moliyaviy 
nazorat  tizimida  buxgalteriya  operatsiyalarining  dastlabki  nazorati  front  ofis 
xodimlari  yoki  mas’ul  ijrochi  buxgalter  tomonidan  operatsiyalar  samaradorligi, 
ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini ta’minlash 
maqsadida  amalga  oshiriladi.  Agar  operatsiyalar  xalqaro  shartnomalar  asosida 
xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi 
ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari qabul qilinayotganda quyidagi 
jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak: 
- Ularning  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankning  normativ-huquqiy 
hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi; 
- Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi; 
- Ushbu  pul  hisob-kitob  hujjatlarida  bo’yash,  chizish  va  tuzatishga  yo’l 
qo’yilmaganligi; 
- Hisobvaraqni  tasarruf  etuvchilarning  imzolari  va  muhr  izi  taqdim  etilgan 
namunalarga mosligi va boshqalar. 
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob 
hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi: 
- Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa; 
- Hujjatda  summa,  mijozlar  nomi  va  ularning  hisobvaraqlari  raqami 
o’zgartirilgan bo’lsa ; 
- Hujjat  mijozlar  tomonidan  o’zaro  kelishilgan  tartibda  o’zgartirish  kirtilgan 
bo’lsa; 
- To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri 
mavjud bo’lmagan holda; 
- Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli 
mablag’lar  mavjud  bo’lmaganda  (budjetga  va  budjetdan  tashqari  jamg’armalarga 
to’lovlar  bo’yicha  taqdim  qilingan  to’lov  topshiriqnomalari  mijozning 
hisobvarag’ida  to’lov  uchun  yetarli  mablag’lar  mavjud  bo’lmaganda  2-son 
kartatekaga qabul qilinadi); 
- To’lov  topshiriqnomalari  va  naqd  pulni  qo’yish  uchun  foydalaniladigan 
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa.  


 
170 
 
Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob-
kitob  hujjatlarining  asl  va  elektron  nushalarini  qabul  qilgandan  so’ng  amalga 
oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi; 
- Dastlabki 
nazoratdan 
o’tkazilgan 
to’lov 
hujjatlarining 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi 
va 
ularning 
electron 
nushalarining 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi; 
- Hujjatlardagi  muhr  izi  va  imzolarni  o’zlarida  mavjud  muhr  izi  va  imzo 
namunalari bilan solishtiradi; 
- To’lov  hujjatlarinig  asl  nushasida  front  ofis  xodimi  yoki  mas’ul  ijrochi 
buxgalterning imzolari va shtampi borligini  tekshiradi; 
- Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to’lov 
hujjatlarining  asl  va  elektron  nushalari  hamda  ushbu  operatsiyalarni  amalga 
oshirish  uchun  asos  bo’lgan  bank  tegishli  bo’linmalari  Xizmat  farmoyishlarining 
nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi. 
Yakuniy  nazorat  banklarda  amaliyot  kuni  tugaganidan  so’ng,  kunlik 
operatsiyalar  uchun  asos  bo’lgan  hujjatlar  o’rnatilgan  tartibda    tikilib  va 
rasmiylashtirilib  bo’lingandan  keyin  amalga  oshiriladi.  Bunda  yakuniy  nazorat 
xodimlari  bankning  electron  ma’lumotlar  bazasiga  kirib  hujjatlarning  asl  va 
elektron  nushalarini  nazoratdan  o’tkazadi.  Yakuniy  nazorat  xodimi  bank 
operatsiyalarini  bajarish  uchun  asos  bo’lgan  barcha  hujjatlarni  talab  qilishga  va 
ular  asosida  operatsiyalar  qanchalik  darajada  to’g’ri  va  maqsadga  muvofiq 
bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.  
Bank  ichki  nazorati  quyidagilarni  tashkil  etish  maqsadida  tuzilgan  tashkilot 
rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak: 
    1) o’z aktivlari butligini ta'minlash; 
    2) hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish; 
    3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish; 
    4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish. 
Maskur  qo’yilgan  vazifalarni  to’laqonli  amalga  oshirishda  tijorat  bankining 
har  bir  tarkibiy  tuzilmasi  o’zi  amalga  oshirayotgan  operatsiyalar  ustidan  ichki 
nazoratni  olib  borishi  shart  bo’lib,  bunday  nazorat  mas’ul  ijrochilardan  tortib 
tuzilma  boshlig’igacha  barcha  xodimlarning  lavozim  majburiyatlariga  kirishi 
lozim.  Aksiyadorlar  ham  Bank  kengashi  va  Taftish  komissiyasi  orqali  o’z  ichki 
nazoratini  amalga  oshiradilar.    Ichki  nazoratga  nisbatan  bunday  kompleks 
yondashuv  banklar  faoliyatida  uchraydigan  barcha  risklarni  aniqlash,  tahlil  qilish 
va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni 
taminlaydi.  OATB  “Hamkorbankda”  Bank  Kengashi,  Bank  boshqaruvi,  ichki  va 
tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida 
ma’lum vazifalarni bajaradi: 
 
 
 
 
 
 


 
171 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish