Bank hisobi va audit


Bank kafolatlari va ularning hisobi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   232
 
2.Bank kafolatlari va ularning hisobi.
 
Iqtisodiyotni  rivojlantirishning  eng  muhim  omillaridan  biri  pul  aylanishini 
to’g’ri  va  aniq  tashkil  qilishdan  iborat,  chunki  bozor  iqtisodiyoti  tovar  pul 
munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va 
tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada 
bo’ladilar.  Ular  o’rtasida  tovar  ayirboshlash  jarayoni  pul  va  pulli  hisob-kitoblar 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Tovar  ayirboshlashning  o’zi  esa  pul  aylanishining 
moddiy  asosi  hisoblanadi,  uning  asosida  boshqa  pulli  munosabatlar,  jumladan, 


 
138 
 
pensiya  fondi,  sug’urta  fondi,  soliq  idoralari,  bank  muassasalari  bilan  bo’ladigan 
pulli munosabatlar vujudga keladi.  
 Iqtisodiyotda  yuzaga  keladigan  puli  munosabatlarda  pul  shakillaridan 
foydalanish  xususiyatlari  va  to’lov  usullariga  ko’ra  pul  aylanishi  naqd  pulsiz 
aylanishga  va  nakd  puli  aylanishga  bulinadi.  Chakana  savdo  va  axoliga  pullik 
xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshriladi. Bundan tashqari, naqd puli 
aylanishga  komunal  xizmatlar  uchun  to’lovlar,  ishchi  xizmatchilarga  ish  xaqi  va 
shunga tenglashtirgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga baddalar to’lash, 
uy-joy  qurulishi  va  boshqa  maqsadlar  uchun  axolii  tomonidan  olingan  kreditni 
naqd pul ko’rinishida qaytarish bilan bog’liq, to’lovlarning to’lanishi kiradi. 
Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pulsiz aylanishi 
tashkil etadi. Naqd pulsiz aylanishi naqd pulsiz hisob- kitob shakllari asosida olib 
boriladi. 
Naqd  pulsiz  hisob-kitoblarning  keng  ishlatilishiga  ko’p  tarmoqli  bank 
tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan mikroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va 
uni  tartibga  solish  nuqtai-nazaridan  davlatlarning  qiziqishi,  mulkchilik 
shakillarining  ko’payishi  va  turli  mulkchilik  munosabatlarining  kengayib  borishi 
asos bo’ladi. 
Avvalombor  to’lovlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  operatsiyalarning  balansdan 
tashqari  operatsiyalarni  o’rganishda  naqd  pullar,  ya’ni  banknota  va  tangalar  bilan 
bog’liq bo’lgan operatsiyalarni ko’rib chiqsak. 
O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  O’zbekiston  Respublikasi 
hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul 
belgilarini  muomalaga  chiqarishda  mutlaq  huquqqa  ega  bo’lib,  ularning 
muomalada  bo’lish  qoidalarini  belgilaydi.  Shu  sababli  tegishli  tartib-qoidalarni 
ishlab chiqadi va joriy qiladi. 
Xozirgi  kunda  naqd  pul  bilan  bog’liq  bo’lgan  operatsiyalar  banklarda 
“Tijorat  banklarida  kassa  ishini  tashkil  etish,inkassatsiya  va  qimmatliklarni 
tashishga doir” 1831-sonli yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi. 
Bank kassirlari muomaladagi pullarning tozaligi va ularning sifatini har kuni 
nazorat  qilishlari  shart.  Pul  va  metall  tangalarni  qabul  qilish  hamda  ular  bilan 
ishlashda  eskirgan,  shikastlangan,  shuningdek  nuqsonli  metall  tangalar 
O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  belgilangan  pul  va  metall 
tangalarning  to’lovga  yaroqlilik  belgilarini  aniqlash  Qoidalariga  binoan 
muomaladan chiqariladi.  
Kassirlar,  pul  sanash  mashinalarida  qayta  sanalgan  pul  va  tangalarni, 
shuningdek  bevosita  pul  tushumini  topshiruvchilar  tomonidan  saralangan  pul  va 
tangalarning  haqiqiyligi,  to’lovga  yaroqliligi  va  eskirganligini  aniqlash 
mas’uliyatidan ozod etilmaydi. 
To’lov  yoki  almashtirib  berish  uchun  qabul  qilingan  qalbaki  yoki  to’lovga 
yaroqsiz  pullarni  qabul  qilib  olgan  bank  kassirlari,  o’zlari  qabul  qilgan  qalbaki 
yoki  to’lovga  yaroqsiz  pul  va  metall  tangalarning  umumiy  summasi  bo’yicha 
moddiy javobgar hisoblanadi. 
To’lov qobiliyatini yo’qotgan pullar almashtirib berilmaydi. 


 
139 
 
Banklar  va  ularning  filiallari  yong’inlar  yoki  boshqa  baxtsiz  hodisalar 
oqibatida  yaroqsiz  holga  kelgan  pullarni  (Davlat  yong’in  nazorati  organi 
tomonidan  berilgan  ma’lumotnoma  taqdim  etilganda),  ularning  haqiqiyligiga 
ishonch  hosil  qilgach,  bank  (filial)  rahbari  ruxsati  bilan  almashtirib  berish 
huquqiga egadirlar. 
Shikastlangan  pullarni  almashtirib  berish,  mijozlar  ularni  bank  kassasiga 
taqdim  etganlaridan  so’ng,  buxgalteriya  o’tkazmalarisiz  amalga  oshiriladi. 
Shikastlangan pullarga "Almashtirilgan" degan to’rtburchak muhr bosiladi va unda 
bank  nomi,  sanasi,  pulning  haqiqiyligini  ko’zdan  kechirgan  shaxsning  lavozimi 
ko’rsatilib,  uning  imzosi  qo’yiladi.  Ko’rsatib  o’tilgan  pullar  eskirgan  pullar 
toifasiga o’tkaziladi. 
Kelgusida  pullarning  butligini  vaqtincha  saqlash  maqsadida,  kassirlarga 
shikastlangan  pullarni  butun  holda  kalkaga  yoki  yupqa  qog’ozga  yopishtirish, 
tabiiy eskirish natijasida yaroqsiz holga kelgan pullarni esa alohida o’rab bog’lash 
tavsiya etiladi. 
Bank kassirlari tomonidan shikastlangan pullarni polimer materiallar (skotch, 
tsellofan va hokazolar) bilan elimlash qat’iyan man etiladi.  
Agarda  kassir  uchun  pul  va  tangalarning  to’lovga  yaroqliligini  aniqlashda 
qiyinchilik tug’ilsa, bunday holda yakuniy qarorni kassa operatsiyalari bo’limining 
boshlig’i (kassa mudiri), zarur hollarda esa - bank rahbari qabul qiladi. 
Almashtirib  berishga  ruxsat  etilmagan  pullarga  "Almashtirib  berish  rad 
etildi" degan to’rtburchak muhr bosilib, bank nomi, sanasi, shunday qarorga kelgan 
xodimning lavozimi ko’rsatiladi va imzosi qo’yiladi. 
Agar bank xodimlari pullarning to’lovga yaroqliligini aniqlashda qiynalsalar, 
ushbu  pullar  mijozning  xohishiga  binoan  ariza  shakliga  muvofiq,  ekspertizaga 
qabul qilinishi mumkin. 
Pullarni  ekspertizaga  qabul  qilinganligi  haqida  mijozga  004-shakldagi 
kvitantsiya beriladi. 
Ekspertizaga qabul qilingan  pullar  ko’zda  tutilmagan  holatlar hisobvaraqlari 
orderlari  asosida  90141  "Ekspertizaga  qabul  qilingan  banknot  va  tangalar" 
hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha kirim qilinadi. Inkassatsiya qilingan 
pul  tushumini  qayta  sanash  vaqtida  yoki  taftish,  tekshiruv  va  boshqa  hollarda 
ularning  to’lovga  yaroqliligiga  shubha  tug’diradigan  pul  va  tangalar  ham  aynan 
shu hisobvaraqqa kirim qilinadi. 
Debet 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar 
Kredit  96303  —  Banknot,  tanga  va  boshqa  qiymatliklar  xarakati  bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 
Keyinchalik  ekspertizaga  olingan  pullar  bank  mijozlarining  arizalari  bilan 
birgalikda, ekspertizaga olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirilmagan holda 
joylardagi  Markaziy  bank  Bosh  boshqarmasining  Hisob-kitob  kassa  markazlari 
(HKKM)ga ro’yxat asosida inkassatorlarning navbatdagi tashrifi orqali jo’natiladi. 
Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  to’lovga  yaroqsiz  va  ularning  to’lovga 
yaroqliligini aniqlashda shubha tug’diruvchi pullar keyinchalik Markaziy bankning 
hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh 
boshqarmasiga yuboriladi. 


 
140 
 
Bank  filiallari  tomonidan  jo’natilayotgan  pullar  90143  "Ekspertizaga  qabul 
qilingan  yo’ldagi  banknot  va  tangalar"  hisobvarag’ining  alohida  ochilgan  shaxsiy 
hisobvarag’ida o’z nominal qiymatida hisobga olinadi.  
Debet 90143 - Ekspertizaga qabul qilingan yo’ldagi banknot va tangalar 
Kredit  96303  —  Banknot,  tanga  va  boshqa  qiymatliklar  xarakati  bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 
Pul joylangan jo’natmalar qoplarga joylanib, filial rahbari, bosh buxgalteri va 
kassa mudirining surg’uchli muhrlari bilan muhrlanadi. Ushbu banknot va tangalar 
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga kirim 
qilinib,  kirim  qilinganligi  haqidagi  yozma  tasdiqnomani  bank  filiali  olganidan 
so’ng,  ushbu  pullar  ekspertizadan  o’tkaziladi.  To’lovga  yaroqsiz  deb  topilgan 
summalarni hisobdan chiqarish qimmatliklar kirim qilinganligi to’g’risida olingan 
tasdiqnomadan so’ng, amalga oshiriladi. 
To’lovga  yaroqli  deb  topilgan  pul  va  tangalar  eskirgan  pullar  toifasiga 
o’tkaziladi hamda bir vaqtning o’zida 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot 
va tangalar" hisobvarag’idan chiqim qilinadi. 
Debet  96303  —  Banknot,  tanga  va  boshqa  qiymatliklar  xarakati  bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 
Kredit 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar 
Ekspertizaga  yuborilgan  pul  va  tangalarni  almashtirib  berish  rad  etilgan 
taqdirda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa 
markazi  Markaziy  bankning  hududiy  Bosh  boshqarmalari  Hisob-kitob-kassa 
markazlariga rad etish sabablarini yozma ravishda ma’lum qiladi. 
Shikastlangan  pul  va  tangalarni  ko’rib  chiqish  natijalari  bo’yicha  ularni 
ekspertizaga topshirgan shaxslar xabardor qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh ekspertining xulosasi tegishli 
bankka xabar qilinadi va u mazkur bank uchun majburiydir. 
Qalbaki  pullar  90141  "Ekspertizaga  qabul  qilingan  banknot  va  tangalar" 
hisobvarag’iga  o’z  nominal  qiymati  bo’yicha  kirim  qilinadi  va  bu  haqda  bank 
rahbariga  xabar  qilinadi  va  u  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 
maxsus  ko’rsatmalariga  binoan  belgilangan  tartibda  Ichki  ishlarning  tuman 
(shahar)  organlariga  qalbaki  pulning  qanday  holatda  aniqlanganligi,  uning  seriya 
va  raqamini  ko’rsatgan  holda  xabar  qiladi.  Qalbaki  pullar  ushbu  hisobvaraqdan 
chiqim  kassa  orderi  bo’yicha  tilxat  asosida  huquqni  muhofaza  qilish  organiga, 
uning  yozma  so’rovnomasiga  asosan  beriladi.  Qo’shimcha  axborot  Markaziy 
bankning  tegishli  hududiy  Bosh  boshqarmasi  va  Emissiya-kassa  operatsiyalari 
departamentiga ma’lumot uchun yuboriladi. 
Qayta  sanash  vaqtida  aniqlangan  to’lovga  yaroqsiz  va  qalbaki  pullar  hamda 
tangalar  uchun  o’sha  xaltaga  tegishli  bo’lgan  ilova  qaydnomasi  va  xaltadagi  yuk 
xatiga  dalolatnoma  tuzilib,  unda  har  bir  pulning  seriya  va  raqamlari,  qiymati 
hamda  tangalar  summasi  ko’rsatiladi.  To’lovga  yaroqsiz  pullarga  "Almashtirib 
berish rad etildi" degan muhr bosilib, unda bank nomi, sana va ushbu qarorni qabul 
qilgan shaxsning imzosi ko’rsatiladi. 
Dalolatnomada  qayd  etilgan  pul  va  tangalar  qayta  sanash  kassasiga 
boshchilik qiluvchi xodimga beriladi. Ushbu xodim xo’jalik yurituvchi sub’ektning 


 
141 
 
xaltalarida aniqlangan to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullarning qiymati va ularning 
raqami  yoki  tangalar  summasi  bo’yicha  qabul  qilinganligi  yuzasidan 
ma’lumotnoma  tuzadi.  Ma’lumotnoma  003-shakldagi  kirim  orderlarini  tuzish  va 
ko’rsatib  o’tilgan  pullarning  90145  "To’lovga  yaroqsiz  banknot  va  tangalar" 
hisobvarag’iga kirim qilinishi uchun bankning bosh buxgalteriga yuboriladi. 
Debet 90145 - To’lovga yaroqsiz banknot va tangalar 
Kredit  96303  —  Banknot,  tanga  va  boshqa  qiymatliklar  xarakati  bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 
Kirim  orderlari  uch  nusxada  tuzilib  -  birinchi  nusxasi  kunlik  kassa 
hujjatlariga, ikkinchisi - buxgalteriyaning kunlik hujjatlarida qolish uchun va uning 
uchinchi  nusxasi  -  to’lovga  yaroqsiz  (qalbaki)  pullar  bilan  birga  saqlanadi. 
Shundan  so’ng,  orderlar,  to’lovga  yaroqsiz  pul  va  tangalar  kassa  mudiriga 
topshiriladi.  
To’lovga  yaroqsiz  pul  va  tangalar  aniqlangan  vaqtdan  boshlab  10  kun 
mobaynida  mijozning  talabiga  ko’ra  bankdan  tashqariga  olib  chiqmaslik  sharti 
bilan,  unga  ko’rsatilishi  mumkin.  Kelgusida  ushbu  to’lovga  yaroqsiz  pullar 
inkassotorlar orqali Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob-
kitob-kassa  markaziga  ro’yxatlarbilan  birga  90143  "Ekspertizaga  qabul  qilingan 
yo’ldagi  banknot  va  tangalar"  hisobvarag’iga  o’z  nominal  qiymati  bo’yicha 
yuboriladi.  Ushbu  to’lovga  yaroqsiz  pul  va  tangalar  tegishli  mutaxassislar 
tomonidan  ekspertiza  qilinganidan  so’ng,  belgilangan  tartibda  yo’q  qilinadi  yoki 
almashtirib berish uchun tegishli bankka yuboriladi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish