Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan


Kreditning funktsiyalari va tamoyillari



Download 7,38 Mb.
bet71/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

2. Kreditning funktsiyalari va tamoyillari
Kreditning mohiyati uning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo’ladi. Kreditning funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda keltiriladi. Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning funktsiyalarini beshta ekanligigini ta’kidlashsa17, ayrimlarida uning funktsiyalari ikkitadan iboratligiga da’vogarlik qiladi18.
Iqtisodchi – olimlarning kredit funktsiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek, kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokiga tayangan holda, uning qayta taqsimlash (1), muomala jarayonini tezlashtirish (2), pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish (3) hamda pul kapitalini jamg’arish va markazlashuvini jadallashtirish (4) funktsiyalarini bajarishini ta’kidlash mumkin.
Kreditning funktsiyalari ichida qayta taqsimlash funktsiyasi asosiy funktsiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funktsiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag’lar iqtisodiyotning qo’shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi.
Kredit ushbu funktsiyasi orqali vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larining sohiblariga qo’shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo’shimcha mablag’larga ehtiyoji mavjud shaxslarga tegishli foizlar berish asosida daromad olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash natijasida qo’shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi.
Demak, kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi orqali ssuda kapitali iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit munosabatlarida bevosita ishtirok etayotgan tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash bilan birga, vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini kreditor ixtiyoriga yo’naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi.
Kreditning qayta taqsimlash funktsiyasini amal qilishida pulning jamg’arma funktsiyasining bevosita va bilvosita ta’siri mavjud. Ushbu masalaga klassik va neoklassik maktab vakillari alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, A.Marshall «odamlar sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishiga qaramasdan, ular uni (pulni) ishlatmasliklari mumkin», deydi. Ko’rinib turibdiki, ushbu e’tirof Sey qonunini to’lig’icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik – iqtisodchilar shunday to’xtamga kelishdiki, Sey qonuni bir shart bilan bajariladi, bu vaqtda faqat jamg’arma (S) investitsiya (I) ko’rinishini oladi. Ularning ta’kidlashicha, bu vaqtda kapital bozoridagi talab va taklifning muvozanati foiz stavkasining barqarorligi hisobiga yuz beradi. Agar jamg’arma (kapitalning taklifi) hajmi mo’ljallangan investitsiya qilish hajmidan kam bo’lsa, natijada foiz stavkasi oshadi, buning oqibatida investitsiyaga bo’lgan talab kamayadi, jamg’armaga nisbatan taklif esa ortadi.19 Ushbu holat o’rtasidagi o’zaro muvozanat jamg’arma va kreditning foiz stavkasi asosida tartibga solinadi.
Agar klassik maktab vakillari investitsiya va jamg’armaning hajmiga foiz stavkasining ta’sirini asosiy omil qilib ko’rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga uy xo’jaligi a’zolari tomonidan olayotgan daromadlar miqdori ta’sir qiladi, deb ta’kidlaydilar. Albatta, bu jarayon kreditning qayta taqsimlash funktsiyasiga bilvosita ta’siri mavjud.
Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funktsiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Bu jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli fondlarga jalb etish orqali ularni pul aylanmasiga kiritadi.
Ma’lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo’shimcha mablag’larga bo’lgan ehtiyojni ta’minlaydi.
Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqlarga o’tkaziladi. Bu o’z navbatida muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kredit paydo bo’lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo’lgan veksellarni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Albatta, veksellar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning vaqtinchalik pul mablag’lari bilan bog’liq muammolarni hal etishda, kredit munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga chiqadi.
Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish funktsiyasi asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solish maqsadida qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi, berilgan kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank tomonidan kreditlar ko’rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki bu yo’l bilan naqdlashtiradi.
Kredit pul kapitalini jamg’arish va markazlashuvini jadallashtirish funktsiyasi yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg’aradi. Jamg’armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit’alar yoki ayrim kompaniyalarda mablag’larning markazlashuvi ro’y beradi. Kredit mablag’larining markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan joylarda yuz beradi.
Kreditning funktsiyalarini to’laqonli amal qilishida uning tamoyillari alohida o’rin tutadi. Kredit quyidagi tamoyillarni bajaradi:
muddatlilik tamoyili (kreditlar kredit shartnomasiga asosan ma’lum muddatga beriladi. Mamlakatimiz bank tizimida kreditlar muddatiga qarab, qisqa yoki uzoq muddatli kreditlarga guruhlanadi);
to’lovlilik tamoyili (kreditor barcha kreditlar uchun tegishli to’lovlarni foiz ko’rinishida kredit oluvchidan undiradi);
ta’minlanganlik tamoyili (berilgan kreditlarning barchasi u yoki bu darajada tegishli risk bilan bog’liq bo’ladi, kreditor ushbu riskni pasaytirish maqsadida kredit oluvchidan uning ta’minlanganligini talab etadi. Odatda, kreditlar mol – mulklarni garovga qo’yish, sug’urta polisi va uchinchi shaxslarning kafolat xatlari bilan ta’minlanadi);
qaytarishlik tamoyili (kreditor tomonidan vaqtincha foydalanishga berilgan mablag’lar tegishli muddatlardan so’ng to’liq qaytaralishi lozim bo’ladi);
maqsadlilik tamoyili (kreditor berayotgan kredit bo’yicha tuzilgan shartnomada kreditni yo’naltirilishi lozim bo’lgan aniq maqsadlarni qayd etadi va olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi belgilab qo’yiladi).
Xulosa qilib aytganda, kreditning funktsiyalari va tamoyillarini to’laqonli amal qilishiga qator omillar ta’sir etadi. Mazkur omillar mamlakat bank tizimining holati, milliy iqtisodiyotdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlari, davlatning ichki va tashqi siyosati natijalari sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan shu munosabat va siyosatlarni samarali jarayonlarini ta’minlanganligi kredit funktsiyalari va tamoyillarida o’z aksini topadi.



Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish