Xalqaro kredit – bu mamlakatlar, banklar, yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlarga, banklarga, kompaniya va tashkilotlarga beriladigan kreditdir. Bu – xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida pul kapitalining valyuta va tovar moddiy qimmatliklari ko’rinishida qaytarishlik, muddatlilik va to’lovlilik asosida beriladigan harakatidir. Xalqaro kreditning sub’ektlari sifatida ikkita mamlakat, turli davlatlarning yuridik yoki jismoniy shaxslari maydonga chiqadi.
Xalqaro kreditning sub’ektlari mulkiy shakliga qarab davlat, aralash mulk va shaxsiy mulklarga guruhlanadi. Xalqaro kreditlar kreditor mamlakatning milliy valyutasida yoki uchinchi mamlakatning valyutasi (AQSh dollari, yevro)da berilishi mumkin.
Xalqaro kredit, ob’ekti jihatidan pul ko’rinishida yoki natura shaklida berilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida kreditor mamlakatlarning ko’pchiligi asosan xalqaro kreditni natura ko’rinishida berishdan manfaatdor bo’lib, bu orqali ular o’z mamlakatlarining ishlab chiqaruvchilarini iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
11-MAVZU. KREDIT BO’YICHA FOIZ STAVKALAR VA ULARGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Reja:
1. Kredit bahosi va uning funktsiyalari
2. Bank krediti bahosi shakllanishi bo’yicha xorij tajribasi va undan O’zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlari
1. Kredit bahosi va uning funktsiyalari
Kredit bahosi kreditorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan oladigan foiz to’lovi yoki foiz stavkasi bo’lib, moliya-pul bozoridagi talab va taklif asosida bank tomonidan o’rnatiladi34. Kredit foiz stavkasining quyi va yuqori chegarasi bo’lib, uning yuqori chegarasi kreditdan foydalanish natijasida olinadigan o’rtacha foyda miqdoridir. Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kredit berishdan olishi mumkin bo’lgan minimal foydasi hisoblanadi. Chunki foiz stavkasi quyi chegarasining bo’lmasligi mablag’ egalarining mablag’larni joylashtirishidan manfaatdor bo’lmasligini anglatadi.
Banklarda kredit bahosi darajasiga jalb qilingan mablag’lar bahosi, kredit amaliyoti bo’yicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski bo’yicha ustama va bankning marjasi ta’sir ko’rsatadi. Banklar faoliyatida kredit marjasini ko’p uchratish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit marjasi bankdan yoki kredit muassasidan olgan kredit summasi va uni qaytaradigan summasi o’rtasidagi farqi sifatida ifodalanadi. Marja quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Banklarda kredit marjasi ham yuqoridagi formula asosida aniqlanadi. Kredit marjasining darajasi – bu mamlakat bank industriyasi va milliy iqtisodiyotining holatini belgilovchi o’ziga xos indekator hisoblanadi. Chunki bank kredit marjasi qator omillar ta’sirida bo’ladi, xususan:
- inflyatsiya ideksi;
- qayta moliyalash stavkasi;
- likvidlilik;
- ishsizlik ko’rsatkichi va boshqalar.
Kredit marjasining darajasi bank krediti bahosining arzon yoki qimmat bo’lishiga bevosita ta’sir qiladi. Kredit bahosi kredit xizmatlarini ko’rsatishda bank va mijoz o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq, bank tomonidan belgilangan qo’shimcha to’lovlarni ham o’z ichiga oladi. Mazkur yondashuv bo’yicha kredit bahosi hisoblanishini quyidagi formulada ifoda etamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |