Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan



Download 7,38 Mb.
bet74/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Bank krediti – kreditning eng rivojlangan shakli bo’lib, ushbu kredit tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo’sh pul mablag’larni jalb qilish hisobiga, qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug’ilgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning shakllari tarkibida bank krediti asosiy ulushga ega bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida, banklar ushbu mablag’lar hisobidan foyda topish maqsadida, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga bank krediti shaklida joylashtiradi.
Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda afzalliklari juda ko’p bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt istagan paytda va miqdorda kredit olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bank krediti pul shaklida namoyon bo’ladi, shu bois bu sharoitda kreditning ob’ekti bo’lib pul kapitali hisoblanadi. Bank krediti qarz oluvchiga pul shaklida berilishi tufayli tijorat kreditining hajmini chegaralashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Pul shaklida olingan kredit qarz oluvchi tomonidan korxona ishlab chiqarish faoliyatining istagan jarayoniga yo’naltirish imkoniyatini beradi.
Bank kreditini yo’naltirish va qarz oluvchi tomonidan foydalanish maqsadiga qarab turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, bank krediti ishlab chiqarishni kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga yo’naltirilsa, bank krediti ssuda kapitali bo’ladi. Agar bank krediti xo’jalik yurituvchi sub’ektning kassadagi mablag’larning etishmasligiga yo’naltirilsa bank krediti pul ssudasi deyiladi. Pul ssudasi faqat xo’jalik faoliyatining oborot kapitalini to’xtovsiz davom etishini ta’minlaydi, lekin uning miqdorini ko’paytirishga olib kelmaydi. Ssuda kapitali esa qarz oluvchining kapitali miqdorini ko’paytiradi.
Banklar turli toifadagi kredit oluvchilarga bank kreditini beradi. Xususan, korxonalar, korporatsiyalar, aholi, kredit muassasalari, mahalliy xokimiyatlar shular jumlasidandir. Kredit oluvchilar faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, banklar bilan kredit munosabatlarini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat ular o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hisoblanadi.
Bank kreditlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning takror ishlab chiqarish jarayonini to’xtovsizligini ta’minlashga va oborot mablag’larining hajmini oshirishga yo’naltiriladi. Bank kreditlari muddati jihatidan qisqa va uzoq muddatlarga guruhlanadi.
Qisqa muddatli kreditlar bir yilgacha muddatga berilib, korxona aylanma kapitalining xarakatini ta’minlash, joriy hisob – kitoblarni amalga oshirish, to’lov qobiliyatini mustahkamlash moliyaviy faoliyatining barqarorligini ta’minlash kabi masalalarga yo’naltiriladi. Qisqa muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma kapitalini shakllantirishning ideal manbasi bo’lib hisoblanadi.
Uzoq muddatli kreditlar korxona asosiy kapitali harakatini ta’minlashga yo’naltiradi. Xususan, korxonada amalga oshirilayotgan qurilish va faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning rekonstruktsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish bilan bog’liq sohalarga sarflanadi. Qisqa muddatli kreditlar bir kundan bir yilgacha, uzoq muddatlilari esa bir yil va undan yuqori muddatlarga beriladi.
Bank kreditining asosiy turlaridan biri banklararo kredit hisoblanadi, ushbu kreditni banklar bir – biriga berishadi. Banklararo kreditlar bankning vaqtinchalik bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanish, o’zaro likvidlikni ta’minlash maqsadida beriladi. Banklar vaqtinchalik bo’sh turgan yoki yuqori daromadlarga quyilma sifatida yo’naltirilayotgan mablag’larini banklararo bozorga taklif etadi.
Halqaro bank amaliyotida banklararo kredit qisqa muddatli xarajatlarga ega bo’lib, bir necha soatdan, bir necha oygacha berilishi mumkin. O’zaro bitimlar telefon yoki faks orqali tuzilib, so’ngra tasdiqlovchi hujjatlar bilan ta’minlanishi ham mumkin.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish