Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan


-rasm. Aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob –



Download 7,38 Mb.
bet41/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

8-rasm. Aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob –
kitoblarni amalga oshirish tartibi

Mol sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasida tovarlar sotish va xizmatlar ko’rsatish haqida shartnoma tuziladi, ushbu shartnomada to’lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi tovarlarni jo’natgandan yoki xizmatlarni ko’rsatgandan keyin (2) aktseptli to’lov talabnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalteri to’lov talabnomalari belgilangan tartibga javob berishini nazoratdan o’tkazgandan keyin pochta orqali sotib oluvchining bankiga jo’natadi (4), sotuvchining banki to’lov talabnomani aktseptlash uchun sotib oluvchiga jo’natadi (5), sotib oluvchi yozma ravishda to’lovni rad etmasa uning hisobidan mablag’ni sotuvchi hisobiga o’tkazish haqidagi elektron to’lov talabnomani respublika bankiga jo’natadi (6).


Agrobankning Koson bo’limi sotuvchining hisobvarag’idan mablag’ni ko’chirgandan so’ng bu haqda unga xabar qiladi (7), o’z navbatida respublika Agrobanki elektron to’lov talabnoma bilan Koson bo’limining vakillik hisobvarag’idan mablag’ni Oqtosh bo’limiga o’tkazadi (8), Agrobankning Oqtosh bo’limi mablag’ni sotuvchining hisobvarag’iga o’tkazadi va bu haqda sotuvchiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi (9).
Aktseptli to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda to’lovchining hisobvarag’ida mablag’ bo’lmaganda to’lov hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim qilinadi.
Aktseptsiz to’lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar. Aktseptsiz to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda bank to’lovchining roziligisiz uning hisobvarag’idagi mablag’ni oluvchining hisobiga o’tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to’lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim sub’ektlarga ruxsat beradi. Xususan, ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu holda talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To’lov talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o’lchov asboblari yoki ta’rif asosida foydalanilgan miqdori yozuvda ko’rsatilgan bo’lishi lozim;
qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinganda aktseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi;
qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari bo’yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham qo’yiladi.
Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan aktseptsiz talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo’yiladi va ular keyingi ish kuni to’lanadi yoki to’lovchining hisobraqamida mablag’ bo’lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi.
To’lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarning amaliyotda nisbatan kam qo’llanilishining asosiy sababi, uning kamchiliklari afzalliklariga nisbatan ko’pligidadir. Jumladan, uning asosiy kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq:
– mablag’ oluvchi tovar jo’natgandan va xizmatlarni ko’rsatgandan so’ng to’lov talabnomasini bankka taqdim etishi natijasida, mablag’ni to’lovchiga tovar va xizmatlarning sifati to’liq qoniqtirmagan hollarda to’lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib chiqaradi;
– to’lovchining hisobvarag’ida mablag’ning bo’lmasligi yoki etarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining ortib ketishiga olib keladi;
– to’lov hujjatlarining aylanishi va rasmiylashtirish jarayoni to’lov topshiriqnomalariga nisabatan qo’shimcha vaqt va ortiqcha mehnatni talab etadi.
Afzallik jihatlari shundan iboratki, to’lovchining hisobraqamida mablag’ bo’lmagan hollarda ham jo’natilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Umuman olganda, to’lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish mablag’ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank uchun ham qo’shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. Shu bois bo’lsa kerak, hisob – kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo’llaniladi.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish