66
Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida YOrdamchi
kitoblarga
Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari
menejmenti (boshqarishi) uchun zarur bo‘lgan batafsil axborotlar bilan
ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq
belgilab qo‘yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hissbvaraqlar
bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga "Aktivlar", "Xarajatlar" va "Ko‘zda
tutilmagan holatlar" bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari,
passiv hisobvaraqlarga
"Majburiyatlar", "Kapital" va "Daromadlar" bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari
taalluqlidir.(1-Ilovaga qarang).
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida "Aktivlar" bo‘limiga
kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida
esa "Majburiyatlar" bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
"Ko‘zda tutilmagan holatlar" bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv
uslubi bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini
qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari "Aktivlar" likvidlilik, "Majburiyatlar" esa
muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag‘i
uchun hisobvaraq ta’rifi berilgan bo‘lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti
bo‘yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish
ko‘rsatilgan. Batafsil analitik hisob yuritish
uchun banklarda shaxsiy
hisobvaraqlardan tashqari qo‘shimcha jurnal hisobi va reestrlar yuritilishi mumkin.
"Daromadlar" va "Xarajatlar" bo‘limi uchun analitik hisob ko‘rsatilmagan bo‘lib,
ushbu bo‘limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat
banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda
ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o‘zlari belgilaydilar.
(20210 000 8003 93443 001 6-ilovaga qarang).
Buxgalteriya hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalter kitobiga kiruvchi barcha
hisobvaraqlarni o‘zida aks ettirgan bo‘lib, ular buxgalteriya hisobini amalga
67
oshirishda,
tahlilda, guruhlarga ajratishda va bank operatsiyalari bo‘yicha
hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobvaraqlar rejasida ayni paytda banklar tomonidan amalga
oshiriladigan barcha operatsiyalarning turlari mujassamlashgan bo‘lib, ular
hisobvaraqalar orqali bank balansida o‘z aksini topadi.
Hisobvaraqlar rejasi ko‘p valyutali buxgalteriya hisobiga asoslangan bo‘lib,
barcha hisobvaraqalar belgilangan tartibda chet el valyutalarini turlari bo‘yicha
hisobga olish va balans tuzish imkoniyatini beradi. Valyutalarning har bir turi
bo‘yicha alohida sintetik hisobni yuritish uchun Bosh kitob ochiladi, analitik hisob
Yordamchi kitobda yuritiladi.
Yordamchi kitobda hisobga olingan summalarning yig‘indisi Bosh kitob
summasiga albatta mos kelishi lozim. Bank tomonidan
amalga oshirilayotgan
valyutalarning turi bo‘yicha har bir operatsiya YOrdamchi va Bosh kitobda mos
ravishda qayd etilishi lozim bo‘ladi. Bosh kitob summasining yig‘indisi asosida
tuzilgan chet el valyutalaridagi balanslar kunning oxirida Markaziy bank
tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha milliy valyutada umumlashtirilgan
(konsolidirovanniy) balansga o‘tkaziladi.
Aktiv hisob–varaqlarda mablag‘larning ko‘payishi debetda,
kamayishi esa
kreditda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlarda qoldiq summalar debetda vujudga
keladi, kontr aktiv hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarda hisobga
olingan summalar bank tomonidan mablag‘larni ma’lum maqsadlarga
joylashtirganligini anglatadi.
Passiv hisob–varaqlarda mablag‘larning ko‘payishi kreditda, kamayishi esa
debetda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlarda qoldiq
summalar kreditda vujudga
keladi, kontr passiv hisobvaraqlar bundan mustasno. Passiv hisobvaraqlarda
hisobga olingan summalar bankning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan
mablag‘alarning manbalarini anglatadi.
Shu bilan birga, hisobvaraqlar rejasining 9 bo‘limida ko‘zda tutilmagan
holatlar mavjud bo‘lib, ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha
buxgalteriya yozuvlari
amalga oshirilsada, kunlik balansga bevosita ta’sir etmaydi. Ammo ular bo‘yicha
68
amalga oshirilgan buxgalteriya yozuvlarining haqqoniyligini tekshirib borish
maqsadida ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha kunning oxirida balans tuziladi.
“Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv
uslubi bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini
qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr–aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasida ro’yxatga olingan
mijozlar va ularga ochilgan hisobvaraqlar to’g’risida ma’lumotlar
mavjud bo’lib, unda mijozlarga ochilgan hisobvaraqlar soni 7 263 621
Do'stlaringiz bilan baham: