beshinchidan, bank aktivlarini tarkibini va sifatini to‘liq nazorat qilib borish.
Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daro- madliligi va rikslilik darajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisob- landi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib bo- rishning davr talabi bo‘lib qoladi.
Bank faoliyati tahlili bank aksionerlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bankning Kuzatuv kengashi tomonidan ham Boshqaruv faoli- yatini muvofiqlashtirishda tahlil natijalaridan keng foydalaniladi.
Oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’minlanishiga erishish.
Bankning likvidligi deganda uning majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank omonatchi- lari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis bajarilishi uchun doimiy darajada likvid mablag‘larga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan ishonchini mustahkamlaydi.
Bankning to‘lov qobiliyati, uning mijozlari tomonidan berilgan topshiriq- larni tezkor ravishda ta’minlash, imkoniyatlari tushuniladi. Shunday ekan, bank aktivlarini likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtayi nazaridan tahlil etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Yettinchidan, bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotlari kabi banklar faoliyatining maqsadi ham maksimal miqdorda foyda olishdan iboratdir. Shuning uchun ham bank daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof rentabellik dara- jasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad olish uchun olinadigan daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi ak- tivlar hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish va yuqori daromad keltiruv- chi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan birga bank xarajatlari tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham faoliyat samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlash, bank faoliyati tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, daromadlilik va bankning likvidliligi bir-birlari bilan qarama-qarshi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shun- day ekan, daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash ham faoliyat tahliliga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |